APLning bir yo'la 8 klubi "Siti"ning CHempionlar Ligasida qatnashishiga qarshi chiqmoqda
25 mar 2020 10:20
Yangiliklar


APLning bir yo'la 8 klubi "Siti"ning CHempionlar Ligasida qatnashishiga qarshi chiqmoqda
Jamoalar allaqachon Sport arbitraj sudiga murojaat qilishgan.
"Manchester Siti"ga Angliyaning o'zida ham qarshi chiqadiganlar topildi. Ular orasida "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Arsenal" va "CHelsi" jamoalari bor. Jamoa evrokuboklardagi diskvalifikaciya bo'yicha appelyaciya bergan. Angliyada esa "Siti"ning 8 raqibi jazoni darhol adolatli deb hisoblashgan.
"SHaharliklar"ning murojaatlari hozircha ko'rib chiqilmagan. SHu bilan birga, ingliz klublari "Siti"ning kelasi mavsum CHempionlar Ligasida ishtirok etishini noto'g'ri deb hisoblashadi.
"Manchester Siti" esa kelasi mavsum evrokubokda ishtirok etishlariga ishonmoqdalar, sababi Sport arbitraj sudining rasmiy qarori hali chiqqanicha yo'q.
Eslatib o'tamiz, Pep Gvardiola shogirdlari APLning so'nggi ikki mavsumida chempion bo'lishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar