APLning bir qator klublari Benzemaga xaridor

Khoja
18 yanv 2024, 09:48
“Al Ittihod” futbolchisi Karim Benzema Yevropaga qaytishni istamoqda.

Uni Angliyaning bir nechta klubi o'z safiga qo'shib olishga tayyor. 35 yoshli futbolchiga “Chelsi”, “Everton”, “Aston Villa” kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Bu jamoalar orasida “Chelsi” Benzema uchun favorit deb hisoblanmoqda.

Ma'lumot uchun, Benzema joriy mavsum 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 15 ta gol urishga erishgan. Shuningdek uning hisobida 5 ta golli uzatma ham bor. 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com