So’nggi yangiliklar

11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  2 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  5 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  8 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  2 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  8 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  5 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  13 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  98 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  7 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  11

APLdagi musulmon futbolchilar haqida Yangiliklar

APLdagi musulmon futbolchilar haqida

APL jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Sekin asta ular birinchi mashg'ulotlarini boshlash, turli davlatlarda bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish va yana o'z maydonlariga qaytishni boshlaydilar. Taxminan 40 talarga yaqin futbolchilarni safga qaytarish qiyinroq kechadigan ko'rinadi. CHunki ular uchun kechadan musulmonlar uchun muqaddas oy sanalgan Ramazon oyi boshlangan. Bugun biz keltirib o'tadigan maqolada APLdagi musulmon futbolchilari mazkur bir oy davomida diniy amallar bilan birgalikda futbol qonunlarini birgalikda qanday olib borishi haqida fikr yuritamiz.

APL shakllanganida, bu erda faqat bitta musulmon futbolchi haqida bilishar edi. Bu “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Naim bo'lgan. Oradan 20 yil o'tgan ko'pgina narsalar o'zgargani malum bo'lib qoldi. Hozirda bir narsani aniq ayta olish mumkin: - musulmon futbolchilari asta sekin angliya futbolini o'zgartirib borishayapti. Murabbiylar bu narsani tushinishga harakat qilayaptilar. Ularning aytishicha klublar futbolchilarni ajratishlari kerak emas. Balki ularning dinini urf-odatlarini huramat qilgan holda ularni tushinishlari kerak.

Sem Ellardeys “Vest Xem” bosh murabbiyi: Bazi futbolchilarga o'yindan oldin ibodat qilib olishlariga ko'proq vaqt kerak bo'ladi. Ularga maxsus yuvinish xonasi va ibodat uchun alohida xona ajratiladi. Klublar o'z futbolchilarini maksimal darajada qulay sezishlarini istaydilar. Al-Xabsi, Demba Ba yoki Yaya Ture kabi o'yinchilarga ibodat qilish juda ham zarur.

Ko'plab qulayliklarga qaramay musulmon futbolchilari bazida (asosan Ramazon oyida)qiyinchiliklarga duch keladilar.

Bazi futbolchilar ibodan qilishga qatiy talab qo'yadilar. Ular uchun bu oy amalarini bajarish shart buladi va ular 18 soatgacha ovqatlanmay yuradilar. Lekin bu narsa ularning yuqori divizionda o'ynashiga qanday tasir ko'rsatmasin axir!

Demba Baning “Nyukasl”dagi birinchi o'yinlari Ramazon oyiga to'g'ri kelib qolgan. Klubning yangi o'yinchisi o'sha paytlari, klub muxlislarini o'z gollari va yaxshi sport formasi bilan xursand qila olmayotgan edi. Lekin Pardyu buni mantiqiy tushuna bildi: “Fikrimcha u Ramazon uchun mavsumga juda sekinlik bilan kirib kelayapti. U maydonga kam tushar edi va maydonda unchalik tezkor va shiddatli o'yin namoyish eta olmas edi”.

Bu borada Ba ham o'z fikrlarini bildirib o'tgan: “Mening o'yinimdan qoniqmayotgan barcha murabbiylarga qarata bir narsani qatiy aytaman – men ibodat qilishda davom etaveraman.Agar sizlarga mening o'yinim yoqgudek bo'lsa, unda maydonga tushishda davom etaman. Agar manashuni aksi bo'ladigan bo'lsa unda meni zaxidara qoldiraveringlar. Men “Nyukasl”ga kelgan paytimda, bazilar Ramazon tufayli gol ura olmayapti yoki o'yinga kirishib keta olmayapti deb tanqid qilishar edi. Lekin men bunday deb o'ylamayman. Bunga birgina sababni keltirish mumkin, bu sabab esa menga faqat klubga tezroq moslashib ketishim uchun juda ko'p vaqt kerak bo'lgani edi. O'shanda Ramazon oyidan keyin men klubga kirishib ketdim va gol ura boshladim”.

Abu Diabi ham bu masalaga juda jiddiy qarar edi: “Albatta “Arsenal” meni ibodatga qattiq kirishishimni xoxolamaydi. Lekin ular bu narsani men uchun juda muhim ekanligini bilishadi va menga ibodan qilishim uchun barcha qulayliklarni yaratib berishadi”.

Bazi o'yinchilar o'yin paytida ibodat qilishmaydi. “Stok”ning sobiq hujumchisi Mamadu Sidibening so'zlariga ko'ra, yomon o'yinga hech qanday oqlnish bo'lmasligi kerak.

Nikolya Anelka keltirib o'tgan fikrlar: “Ilgari men Ramazon amallarini qatiy bajarardim. Lekin keyinchalik bu oy o'tganidan keyin tez-tez jarohatlar olib turganligim sababli, hozirda ibodatga qatiy kirishmayapman”.

Maruan SHamaxning fikrlari: “Ibodat men uchun oddatiy holat. Lekin men o'yindan oldin yoki o'yin paytlarida ibodat qilmayman. Biroq o'tkazib yuborgan har bir kunimni keyinchalik to'ldirib boraman”.

Bazida angliya futboli va islom dini o'rtasida tushunmovchiliklar ham bo'lib turadi. Bu esa pul bilan bog'liq muammolardan kelib chiqishi mumkin. Mana masalan yaqinda bo'lib o'tgan voqeaga nazar tashlasak: “Nyukasl” klubi o'yinchisi Papiss Sisse, klubning yangi sportformasiga foiz evaziga katta kreditlar beradigan “Wonga” kompaniyasi logotipi tushirilganligi sababli, yangi formani kiyib chiqishdan bosh tortgan (shariat qonunlariga binoan musulmon dinida sudxo'rlik va spekulyaciya (olib sotarlik) taqiqlangan). SHunga o'xshash hodisa “Sevilya” o'yinchisi Frederik Kanut bilan ham sodir bo'lgan. U klubning sport formasida qimor o'yinlari saytining ramzi tushirilgan 888.som. logotipi tushirilgan formani kiyib chiqishdan bosh tortgan. O'shanda Kanutga bir necha o'yinni o'sha logotip tushirilmagan futbolkada o'ynashga ruxsat berilgan. Lekin keyinchalik ushbu sayt bir islom tashkilotiga homiylik qila boshlaganidan keyin, u bu futbolkani kiyishni boshlagan.

Yaqindagina bo'lib o'tgan tadbirda, premer-liga tashkilotchilari yon berishga rozi bo'lishgan. Barcha, o'yinning eng yaxshi o'yinchisiga bir shisha shampan vinosi berilishini yaxshi bilsa kerak. SHu kungacha musulmon futbolchilariga shutday vino tutqazilsa ular keyinchalik uni tashlab yuborishardi. 2011-2012 yil mavsumi oxirida esa Yaya turi tashkilotchilarni bu narsani qayta o'ylab ko'rishni majbur qila oldi. U “Men musulmonman va men ichmayman” deya takidlagan. SHundan so'ng barcha bu so'zlar haqida qatiy o'ylashni boshladi va keyinchalik “MOM”ga alkogol ichimlik o'rniga unchalik katta bo'lmagan maxsus sovg'a toprishirni boshlashgan.

“Liverpul” klubi Liga Kubogida g'olib chiqqanidan so'ng, klub direktori Zafar Iqbalga klub o'yinchilari hurmat bildirgan holda, uning kiyinish xonasidan chiqib ketganin so'ng, shanpan vinosi bilan bir-birovlarini tabriklay boshladilar.

“Uigan”, “VBA” va “Ipsvich” klubining sobiq hujumchisi Natan Ellington bundan 8 yil oldin musulmon dinini qabul qilgan edi. Bungungi kunda umusulmon-futbolchilar Associaciyasini boshqarib keladi. “Bizlarnning vazifamiz futbol rahbariyatiga islom asoslarini o'rgatishdan iborat bo'ladi. Bunga sabab esa kelajakda turli xildagi adolatsizliklarga chek qo'yishdan iborat bo'ladi”.

sports.ru saytidan Miraziz Murodov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика