So’nggi yangiliklar

11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  1 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  2 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  32 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  18 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  128

APL. "Yo'lbarslar" bu safar "xo'rak" bo'lishadimi, SHekspir qalamini sindirish kimga nasib qiladi? 32-tur prevyusi Yangiliklar

APL. "Yo'lbarslar" bu safar "xo'rak" bo'lishadimi, SHekspir qalamini sindirish kimga nasib qiladi? 32-tur prevyusi

Teglar :  APLPrevyu
Bugun Angliya Premer-ligasida 32-tur bellashuvlariga start beriladi.

Quyida ana shu turga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 32-tur
"Tottenxem" – "Uotford"

08.04.2017, 16:30
"Uayt Xart Leyn"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)

"Tottenxem" o'tgan turda "Suonsi"ni so'nggi daqiqalarda taslim etgan edi. Bu Pochettino shogirdlarining ketma-ket beshinchi g'alabalari bo'ldi. Hozircha, ular "CHelsi"ga biroz bo'lsada, raqobat qilib turgan yagona jamoa bo'lib turishibdi. Bu mavsum "shporlar" uyda yutqazishmagan.

"Uotford" esa ikkita o'yindan beri g'alaba nashidasini surmoqda. Lekin, mezbonlarning hozirgi formasi va uydagi statistikasidan kelib chiqilsa, bu uchrashuvda yaqqol ustunlik "Tottenxem" tarafida bo'ladi.

Qiziq:

- "Tottenxem" Premer-ligada "Uotford"ga hech qachon yutqazmagan (5 g'alaba, 2 durang);
- "SHporlar" APLda ketma-ket 15ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilishmayapti (13 g'alaba, 2 durang, 0 mag'lubiyat);
- Troy Dini "Uotford" tarkibida 41ta turli klublar darvozasini ishg'ol qilgan, lekin "Tottenxem"ga to'rtta o'yinda ham gol ura olmagan.



"Manchester Siti" – "Xall Siti"
08.04.2017, 19:00
"Etixad Stedium"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir)

"Manchester Siti" oxirgi haftalarda og'ir taqvimdan aziyat chekdi. ECHLda "Monako", APLda "Liverpul", "Arsenal" va "CHelsi" bilan o'ynadi. Ana shu o'yinlarda jami 2 ochko jamg'ardi. Gvardiola shogirdlari to'rt turdan beri g'alaba qozonmayapti va chempionlik uchun imkoniyatlari amalda qolmadi. Bugungi raqib esa jamoa o'ziga kelib olishi uchun yaxshi "xo'rak" bo'lishi mumkin.

"Xall Siti" Marko Silva kelgach, o'zini o'nglab oldi. Lekin, bugun ularning imkoniyatlari ancha past.

Qiziq:

- "Xall Siti" Premer-ligada "Manchester Siti"ga qarshi to'qqizta o'yindan faqat bittasini yutgan (5 mag'lubiyat, 3 durang, 1 g'alaba);
- "SHaharliklar" hujumchisi Serxio Aguero "Etixad Stedium"da kechgan oxirgi 30ta Premer-liga o'yinida 25ta gol urgan;
- Marko Silva bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin faqat "CHelsi" (23), "Tottenxem" (23) va "Everton" (21) "Xall" (17)dan ko'proq ochko jamg'argan.



"Midlsbro" – "Bernli"
08.04.2017, 19:00
"Riversayd Stedium"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

"Midlsbro" Premer-ligaga qaytish uchun uzoq kurashdi va bu mavsum oldidan buni uddaladi. Mavsumni yaxshi boshlagan jamoa, keyinchalik o'zini yo'qotib qo'ydi. Ayni paytda "Boro" 23 ochko bilan 19 o'rinda bormoqda.

"Bernli" o'z maydonida ochkolarni yig'ishni davom ettirmoqda. Oldingi turda jamoa "Stok Siti"ni 1:0 hisobida engdi. Biroq, safarda SHon Daych shogirdlari o'zlarini ko'rsata olishmaydi.

Qiziq:

- "Midlsbro" "Riversayd Stedium"da kechgan oxirgi beshta chempionat o'yinida g'alaba qozona olmagan (3 durang, 2 mag'lubiyat);
- Alvaro Negredo bu mavsum Premer-ligada jamoasining 11 golida ishtirok etdi (7 gol, 4 golli pas).



"Stok Siti" – "Liverpul"
08.04.2017, 19:00
"Britannia"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)

"Stok Siti" chempionatda 4 turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Stabillikni ushlay olmayotgan klub ayni paytda pastga sho'ng'ishda davom etmoqda.

"Liverpul" 5 uchrashuvdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmayapti. Lekin, oxirgi turda "Bornmut" bilan 2:2 hisobida durang qayd etilgach, chempionlik poygasidan deyarli chiqib ketdi.

Qiziq:

- "Liverpul" Premer-ligada "Stok Siti"ga qarshi oxirgi ettita o'yindan oltitasida g'alaba qozongan;
- "Stok" APLda so'nggi to'qqizta uy uchrashuvidan faqat bittasini yutqazgan (4 g'alaba, 4 durang, 1 mag'lubiyat);
- Jonatan Uolters Premer-ligada "Liverpul"ga olti bor gol urgan.



"Vest Bromvich" – "Sautgempton"
08.04.2017, 19:00
"Xautorns"
Bosh hakam:
Kris Kavana (Lankashir)

"Vest Bromvich" o'yinni susaytirib yubordi. Oxirgi beshta bahsda jamoa bor yo'g'i 4 ochko jamg'ardi. Kamiga ana 5 uchrashuvdan 4tasida Toni Pyulis shogirdlari gol ham urishmagan.

"Sautgempton" oldingi turda "Kristal Pelas"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi va bu turga yaxshi kayfiyatda etib keldi. "Avliyolar" uy jamoasi hisoblanishadi.

Qiziq:

- "Vest Bromvich" APLda "Sautgempton"ga qarshi oxirgi ettita bahsdan beshtasida gol ura olmagan;
- "Bromvich" Premer-ligada so'nggi 10ta uy uchrashuvidan sakkiztasida g'alaba qozongan.



"Vest Xem" – "Suonsi"

08.04.2017, 19:00
"Olimpiyskiy"
Bosh hakam:
Kevin Frend (Lestershir)

"Vest Xem" oxirgi ettita turda bor yo'g'i 2 ochko jamg'arishdi. Jamoa hozir og'ir ahvolda. Ketma-ket 5 o'yindan beri faqat yutqazishmoqda. Bilich jamoasida himoyachilar juda yomon o'ynashmoqda.

"Suonsi" oxirgi 4 turda 1 ochko yig'gan. Oldingi o'yinda "Tottenxem"ni 88 daqiqaga qadar 1:0 hisobida mag'lub eta turib, yakunda 1:3 hisobidagi mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi. Ikkita omadsiz jamoalar bahsida mezbonlik evaziga kichik ustunlikni "Vest Xem"ga berish mumkin.

Qiziq:

- "Vest Xem" Premer-ligada "Suonsi"ga qarshi oxirgi 8ta o'yindan faqat bittasida imkoniyatni boy bergan (4 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat);
- Endi Kerroll "Suonsi"ga qarshi so'nggi oltita Premer-ligada o'yinida beshta gol urgan va uchta golli pas bergan.



"Bornmut" – "CHelsi"
08.04.2017, 21:30
"Vitaliti Stedium"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

"Bornmut" chempionatda 5 turdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmayapti. Ana shu bellashuvlarda 2ta g'alaba va 3ta durang qayd etildi. Mezbonlar uyda yaxshi o'yin ko'rsatishadi.

"CHelsi" oldingi turda chempionlik uchun davogarlardan biri bo'lgan "Manchester Siti"ni mag'lub etdi (2:1) va amalda ularni bosh sovrin uchun kurashdan chiqarib yubordi. Bu qarama-qarshilikda ustunlik Konte shogirdlari tomonida bo'ladi.

Qiziq:

- "CHelsi" Premer-ligada oxirgi 12ta safar o'yinidan faqat bittasini yutqazgan (9 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat);
- Eden Azar "Bornmut"ga qarshi so'nggi uchta o'yinda uchta gol urgan;
- Joshua King "Vitaliti Stedium"dagi oxirgi beshta bahsda to'rtta gol urgan va bitta golli pas bergan.



"Sanderlend" – "Manchester Yunayted"
09.04.2017, 17:30
"Stadium of Layt"
Bosh hakam:
Kreyg Pouson (London)

"Sanderlend" turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turibdi, kamiga tarkibda jarohatlargan soni ko'p. Mavsumning hal qiluvchi pallasida Moyes qo'l ostidagi o'yinchilardan maksimal foydalana olmayapti. Bu ahvolda jamoa CHempionshipga ravona bo'ladi.

"Manchester Yunayted" uzoq vaqtdan keyin oltinchi o'rindan yuqoriga ko'tarilgan edi. Ammo, oxirgi ikkita uchrashuvdagi durang Mourino shogirdlarini yana oltinchi pog'onaga qaytardi. SHunga qaramay, "qizil iblislar" APLda 20 turdan beri mag'lubiyatga uchramayapti.

Qiziq:

- "Sanderlend" Premer-ligada "Manchester Yunayted"ga 22 bor mag'lub bo'lgan;
- MYU Premer-ligada so'nggi sakkizta safar o'yinidan oltitasini yutgan va umuman yutqazmagan;
- Zlatan Ibragimovich APLda oxirgi 7ta safar uchrashuvida sakkizta gol urgan.



"Everton" – "Lester"
09.04.2017, 20:00
"Gudison Park"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)

"Everton" 2017 yilni ko'tarinki ruhda davom ettirmoqda. Bir qator etakchilar jarohat olganiga qaramay, Kuman ishonch bildirayotgan yoshlar o'zlarini yo'qotib qo'yishmayapti. "Irislar" bu mavsum uyda faqat bir marta yutqazishgan.

Kreyg SHekspir haqiqiy sehrgar. Uning boshqaruvida jamoa hozircha 100 foizlik natija qayd etib kelayapti. "Gudison Park"da kechadigan ertangi bahs "Lester" uchun haqiqiy sinov bo'ladi.

Qiziq:

- Kevin Mirallas Premer-ligada "Lester"ga qarshi oxirgi uchta o'yinda ham gol urgan;
- Kreyg SHekspir Premer-ligada Pep Gvardiola va Karlo Anchelottidan keyin dastlabki oltita o'yinda g'alaba qozongan murabbiyga aylanishi mumkin.



"Kristal Pelas" – "Arsenal"
10.04.2017, 23:59
"Selxerst Park"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

"Kristal Pelas" ketma-ket g'alabalardan keyin o'tgan turda "Sautgempton"ga imkoniyatni boy berdi. Sem Ellardays klubga kelgach, jamoani xavfli hududdan olib chiqishga erishdi. Endi ana shu holatni saqlab qolish kerak.

"Arsenal" esa oldingi o'yinda nihoyat g'alabasiz seriyasiga yakun yasadi. Darvozani uchinchi darvozabon Martinez qo'riqladi. Katta ehtimol bilan bu safar ham Venger aynan unga ishonch bildiradi. "Arsenal" hali to'rttalikka kirish imkoniyatini yo'qotmagan.

Qiziq:

- "Kristal Pelas" APLda "Arsenal"ga qarshi oxirgi 15ta o'yindan faqat bittasini yutgan (1 g'alaba, 3 durang, 11 mag'lubiyat);
- "Arsenal" Premer-ligada "Pelas"ga safarda umuman mag'lub bo'lmagan (6 g'alaba, 5 durang);
- Olive Jiru "Selxerst Park"da kechgan so'nggi uchta o'yinda gol urishning uddasidan chiqqan.



Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика