APL. Yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi malum bo'ldi
07 fev 2020 16:21
Yangiliklar


APL. Yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi malum bo'ldi
Angliya Premer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi elon qilindi.
Bu nomga "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero loyiq deb topildi. To'purar o'yinchi yanvar oyida 3ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.
"Siti" o'yinchisi "Oyning eng yaxshi futbolchisi" nomiga ettinchi bor sazovor bo'lmoqda. Bu esa rekord natijadir.
Aguero joriy mavsum APL doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik hujumchi jamoaga 2011 yilda "Atletiko"dan o'tgan edi. U 2006 yildan beri Argentina terma jamoasi sharafini ham himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar