So’nggi yangiliklar

23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  35 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  7 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  39 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  91 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  0 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  21 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  8 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1

APL. Gvardiola shogirdlari "Vulverxempton" maydonida ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. Gvardiola shogirdlari "Vulverxempton" maydonida ishonchli g'alabaga erishdi

APLning 2-turidan o'rin olgan "Vulverxempton" - "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Vulverxempton – Manchester Siti 1:3

"Moline Stedium"

Gol: De Bryuyne (20-pen, 0:1), Foden (32, 0:2), Ximenes (78, 1:2), Jezus (90+5, 1:3).

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Marsal (Vinagre, 8), Boli, Koudi, Saiss, Podense, Moutinyu (Dendonker, 78), Traore, Ruben Nevesh, Netu (Fabio Silva, 78), Ximenes.

Manchester Siti – Ederson, Stounz, Mendi, Ake, Uoker, Foden, Fernandino, de Bryuyne, Rodri, Sterling (Torres, 81), Gabriel Jezus.

Ogohlantirish: Sterling (35), Mendi (35), Rodri (87).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!!! "Siti" noqulay raqibini safarda mag'lub etdi. CHiroyli o'yin ko'rdik, barchaga rahmat. NAvbatdagi uchrashuvlarda ko'rishguncha.

90+5. GOOOOOLLL!!! Jezusssssss!! Nuqta!!!

90+4. ZARBAAAAAAA!! Jezusning kuchli zarbasini Patrisiu qaytardi!

2-bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Tezkor qarshi hujumni to'xtatgani uchun Rodri ogoxlantirildi.

84. "Vulverxempton" qattiq harakat qilmoqda gol urishga. "Siti" esa na o'zi hujum qiladi, na raqibiga beradi...

81. Bugungi o'yinning eng faollaridan biri bo'lgan Sterling o'rnini Torresga bo'shatib berdi.

78. GOOOOOOOOOOLLLL!!!! Ximenesssssss!! Podense o'ng qanotda de Bryuynening "ochko"sidan to'pni olib ketdi va to'pni Ximenesning boshiga "qo'ndirdi". Raul boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni qisqartidi. O'yinga intriga qaytdi!

76. Kevin de Bryuyne tezkorlik bilan hujumga o'tayotgan Jezus tomon to'pni uzatgandi. To'p darvozabongacha etib keldi.

74. NETUUUUU!! To'p bilan uzoq masofani bosib o'tib, "Siti" jarima maydonchasiga yaqin qolganida zarba berdi. To'p Stounzga tekkan holda xavf bartaraf etildi

71. Sterlingning goli offsayd sababli inobatga olinmadi.

69. "Siti"da yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Rahim Sterlingning "zamax"idan keyin Boli "do'konga ketdi" va Rahim to'pni Fodenga oshirdi. Fil esa to'pni oldirib qo'ydi.

65. Ximenesning bu safargi zarbasini Fernandino qaytarib yubordi.

62. Uokerning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. "Siti" nihoyat o'z jarima maydonchasidan chiqib ketdi.

60. XIMENEEEESSSSSS!!! Traorening qanotdan oshirgan to'pini Raul 4 metrdan darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi.

59. IEEEEE??!! Podense raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni Edersonning ustidan tashlab qo'ydi. To'p darvozadan o'tib ketdi. Ajoyib vaziyat ko'kka sovurildi.

56. ZARBAAAAAAA!! Qanotdan oshirilgan to'pga Nevesh zarba berdi. Uoker to'pni qaytarib yubordi.

54. ZARBAAAAAA!!! Goldek ko'rindi. Traorening qanotdan oshirgan to'pini Podense "Siti" darvozasi tomon yo'lladi. To'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

53. ZARBAAAAAAA!!! Patrisiudan yana bir super seyv! U Jezusning kuchli zarbasini qaytardi.

50. Traore raqibi Rodrining taqibidan osonlik bilan qochib ketdi va to'pni "Siti" darvozasi yaqiniga oshirdi. Ederson to'pni ushlab oldi.

48. Uoker o'zi tezlik bilan ketayotgan hujumini o'zi to'xtatdi. Raqib unga to'pni tekkazgan holda to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

- Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS!

Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44. ZARBAAAAAAA!!! Kevin de Bryuyne raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi va zarba yo'lladi. Patrisiudan super seyv!

42. ZARBAAAAA!! Ximenesning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

39. "Siti" yana hujumga o'tdi. Fodenning zarbasi noaniq ketdi.

35. Bir daqiqa ichida ikki sariq. Avvaliga Sterling, keyinchalik Mendi. "Vulver"da standart vaziyat.

32. GOOOOOOOOOOLLLL!! Sterlingning pasidan keyin Foden darvozabonsiz qolgan "Vulver" darvozasini osonlikcha nishonga oldi.

30. Sterlingning kuchli zarbasini Patrisiu ushlab oldi.

28. "Siti" bu safar burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi. Himoyachilar to'pni chiqarib yuborishdi.

27. Jezus hujumga o'tib ketayotgandi. Uni raqiblari yiqitgandek ko'rindi. Biroq hakam xushtagini chalmadi.

22. De Bryuynening zarbasini  himoyachilar qaytarishdi.

20. GOOOOLLLL!! De Bryuyne o'zi ishlagan penaltidan unumli foydalandi.

19. Bu aniq penalti. Saiis o'z jarima maydonchasi ichida de Bryuyneni yiqitdi.

16. UXXXX!! "Bo'rilar" xavfli hujum uyushtirdi. Ximenesning zarbasi Stounzga tegib qaytdi.

14. "Siti" uzoq vaqt to'pni o'zida ushlab turib, pozicion hujum tashkil qildi, de Bryuynening Jezus tomon uzatgan to'pini Patrisiu ushlab oldi.

11. ZARBAAAAAAA!! "Vulver" himoyachisi o'z jarima maydonchasi yonida Jezusga qarshi fol ishlatdi. Natijada bosh hakam jarima zarbasi belgiladi. Jarimadan de Bryuynening yo'llagan kuchli zarbasini Patrisiu qaytardi.

8. Tezkor o'zgarish. Sabab nimaligini bilmadim. Marsal o'rniga Vinagre maydonga tushdi. Xaynohoy jarohat olgandur.

4. "Siti" chiroyli paslar bilan "Vulver" jarima maydonchasi ichigacha kirib kelgandi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

2. UXXXXXX!! Sterling raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Unga hech kim tekkani yo'q. Simulyaciya uchun sariq ko'rsatishga ham juda vaqtli ekan. Obbo, ayyor tulkieee...

- UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Televizor orqali jamoalarning tarkibini ko'rib oldik. Ajoyib grafika, kreativ g'oya.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. APLning 2-turi doirasidagi markaziy qarama-qarshiliklardan biri, turni yakunlab beruvchi uchrashuv boshlanishga yaqin turibdi. O'tgan yili o'zaro o'yinlardagi  natijalarni inobatga olsak, bugun ham sensaciyani kutishga haqlimiz. Demak, biz o'yin uchun tayyormiz. Sizlar bilan o'yinni Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика