So’nggi yangiliklar

13:53МЮ 85 млн. еврога сотиб олган ҳужумчи кетма-кет 8 та ўйиндан бери гол урмаяпти  1 12:54Роналду 2009 йилдан бери илк бор тақвим йилида бирорта ҳам хет-трик қайд этмади  6 12:33"Вулверхэмптон" Англия чемпионатининг дастлабки 19 турида бирор марта ғалаба қозонмади ва 123 йиллик антирекордни такрорлади  0 12:22Балотеллида БАА 2-лигаси вакили "Ал-Иттифоқ"дан таклиф бор. 35 ёшли ҳужумчи 2024 йил декабридан бери ўйнамаяпти  0 10:40АПЛнинг сўнгги ўрнидаги жамоани мағлуб этолмаган Аморим нималар деди?  7 10:06Европанинг ТОП клубларига "Ал Ҳилол" футболчиси кeрак  0 09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  4 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  3 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  3 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  6 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  40 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  8 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  8 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  1

​APL. Uik-endning 3 muhim jihati Yangiliklar

​APL. Uik-endning 3 muhim jihati

"Liverpul" futbolchilaridagi charchash alomatlari "shaharliklar"ga qo'l kelishi mumkinligi, Mour uchun so'nggi sinov va Harri Uinksda ajoyib imkoniyat!

1) Hafta uchrashuvi

"Manchester Siti"ning "Enfild"da bo'ladigan mezbonlarga qarshi o'yini jamoa uchun eng muhim o'yinlardan biri bo'ladi", - deb fikr bildirgandi shaharliklarning tajribali himoyachisi Vinsent Kompani. Belgiyalik himoyachi o'ylaganidek klublar saviya jihatidan bir-biriga mos bo'lsa, bu borada Gvardiola shogirdlariga birmuncha engil bo'lishini aytib o'tish kerak. Masalan, amaldagi APL chempioni so'nggi uchta uchrashuvni "o'rtamiyona" deb hisoblanadigan: "Oksford", "Brayton" hamda Bundesliga jamoasi "Xoffenxaym"ga qarshi o'tkazdi va bir qator rotaciyalarni amalga oshirgan holda,  ushbu klublarni deyarli qiyinchiliksiz mag'lub etdi. Yurgen Klopp shogirdlari bu mavsum daxshatli startni amalga oshirdi (7 o'yin, 6 g'alaba, 1 durang). Lekin, mazkur muvaffaqiyatli startdan so'ng, mersisaydliklar qiyinchiliklarga duch kelganini oxirgi uchta bahs natijalaridan bilib olish mumkin. Angliya Kubogida "CHelsi"dan uchralgan mag'lubiyat, chempionatda "aristokratlar" bilan durang hamda ECHL ikkinchi turi doirasida "Napoli"ga qarshi to'qnashuvdagi alamli mag'lubiyat buni ko'rsatib turibdi. Salah etakchiligidagi "Liverpul" hozirda ham ruxan, ham jismonan toliqqan bir paytda "Manchester Siti"ga qarshi o'z maydonida kurash olib boradi. Statistikani chetga surib qo'ygan holda, shuni aytish kerak, "Enfild"da muxlislarning ko'magi "qizillar"ning g'alaba qozonishi uchun juda ham muhim.


2) Benitez Mourinoning MYUdan ketishiga "yordamlashib yuboradimi"?

Hozirda Joze Mourinoning holatini "ignani ustida o'tirgan odam"ga o'xshatish qo'pol bo'lsa-da, o'rinlidek. Boisi, "Manchester Yunayted" bu mavsumda yorqin o'yin ko'rsata olmayapti. Uy uchrashuvlaridagi sust va betartib o'yin, "Special One" shogirdlari bilan o'zaro munosabatlarning yomonlashuvi, klub rahbarlariga "murabbiy almashtirish" payti kelganini ko'rsatib bermoqda. Benitezning autsayderlar qatorida borayotgan "Nyukasl" jamoasini va muammolar girdobidan boshi chiqmayotgan Mourinoning ushbu (balki klubdagi oxirgi o'yini) uchrashuvga yondashuvini ko'rish juda qiziqarli bo'ladi. Zero, shu mavsumning o'zida bir qator klublar "Old Trafford"dan bemalol ochko olib keta olishdi.


3) Xarri Uinks uchun ajoyib imkoniyat!

"Tottenxem" yarim himoyachisi may oyida olgan jarohatidan so'ng klub asosiy tarkibida qolish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. ECHL 2 turida "Barselona"ga uchralgan mag'lubiyat (2:4)dan kerakli xulosa chiqarib olishi 22 yoshli futbolchi uchun muhim. U o'tgan mavsumda ajoyib paslari orqali "Real"ni mag'lub etilishida asosiy omil bo'lgandi. Premer-liganing "Kardiff Siti"ga qarshi bahsida Dele Alli, Kristian Eriksen, Musa Dembele kabi futbolchilar jarohat sababli maydonga tusha olishmaydi. Bu yaqindagina Angliya MTJdan chaqiruv olgan Uinks uchun juda muhim palla hisoblanadi. CHunki, futbolchilar jarohati paytida Pochettino jamoa o'yinini aynan Xarri Uinks atrofida qurishi mumkin.



Nodir Abdurasulov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика