APL. “Tottenxem” – “Liverpul” va 22-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu
10 jan 2020 15:22
Yangiliklar


APL. “Tottenxem” – “Liverpul” va 22-turning boshqa o'yinlari uchun prevyu
SHubhasiz, turning markaziy uchrashuvi “Tottenxem” hamda “Liverpul” o'rtasida kechadi. SHuningdek, oldinda bizni bir nechta qiziqarli o'yinlar kutmoqda.
11.01 17:30 (Toshkent vaqti) "Kristal Pelas" - "Arsenal"
SHanba kunning dastlabki to'qnashuvida Roy Xojson qiyinchilikka duch kelishi aniq. Nega deganda u "Selxerst Park"dagi o'yin oldidan naqd 12ta yo'qotishga ega. Kimsan "Arsenal"ga qarshi Luka Milivoevich(qizil kartochka olgan), Mamadu Sako, Joel Uord, Jeffri SHlupp, Skott Dann va Andros Taunsend kabi etakchilarsiz o'ynash oson emas, albatta.
Bundan tashqari, Xojson Kristian Bentekening xizmatidan foydalanishdan ham umidvor. Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal"da vaziyat biroz yumshoqroq. Faqatgina Kiran Tirni va Kalum CHembers "bedarak yo'qolgan". "To'pchilar" murabbiyi Ektor Belerin bo'yicha tavakkalga qo'l urishi mumkin va qanot himoyachisini maydonga tushirish ehtimoli mavjud. Yangi yilning birinchi o'yinida - "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda g'olib bo'lgan 11talik tarkib bu o'yinda yana maydonda ko'rinish berishi mumkin.
O'yinga oid faktlar:
- "Kristal Pelas" barcha musobaqalarda "Arsenal"ga qarshi oxirgi 6 o'yinda o'rtacha 2,5ta gol urilgan.
- "Kristal Pelas"ning Premer-ligadagi so'nggi 8 o'yinidan 7tasida 2,5tagacha gol kiritilgan.
- "Kristal Pelas" so'nggi 6 o'yindan 5tasida "Arsenal" darvozasiga 2tadan kam to'p kiritmagan.
Taxminiy tarkiblar
"Kristal Pelas" (4-3-3): Guayta, Kelli, Tomkins, Kexill, Vuds, Makartur, Kuyate, Makkarti, Ayyu, Zaxa, Benteke
"Arsenal" (4-2-3-1): Leno, Naylz, Sokratis, Luiz, Kolashinac, Jaka, Torreyra, Pepe, Ozil, Obameyang, Lyakazett
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Sako, Uord, SHlupp, Dann, Taunsend ("Kristal Pelas"), CHembers, Tirni ("Arsenal")
So'roq ostida: Ridevald, Mayer, Kamarasa, Van Anxolt, Zaxa, Benteke ("Kristal Pelas"), Belerin ("Arsenal")
Crystal Palace Jordan Ayew - 54' |
Premier League . 22-tur 11/01/2020, 17:30 1
:
1
Tugadi
|
Arsenal Pierre-Emerick Aubameyang - 12' |
Stadion: Selhurst Park, 25468 tomoshabin
Bosh hakam: Paul Tierney
11.01 20:00 "CHelsi" - "Byornli"
SHon Daych shogirdlari "Stemford Brij"da mehmon bo'lishadi. Kallum Xadson-Odoi Angliya kubogidagi o'yinda o'zini yaxshi taraflama ko'rsatgani tufayli "Byornli"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda o'yinga tushishi mumkin. Markos Alonso va Olive Jiruning ayni damdagi holati nomalumligicha qolmoqda. Mateo Kovachich ham 11talikdan joy olishi kutilmoqda. Mehmonlar hujumchisi Eshli Barnsning maydonga tushishi so'roq ostida. Kris Vud bilan ham xuddi shunday holat, u o'tgan o'yinda jarohat olgan. Yoxann Gudmundsson o'tgan dam olish kunlarida olgan jarohati bois yashil maydonda ko'rinish bermaydi.
O'yinga oid faktlar:
- Barcha musobaqalar doirasida jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5 o'yinda o'yinda o'rtacha 2,5ta gol urilgan.
- "CHelsi" barcha turnirlardagi oxirgi 5 uchrashuvda "Byornli"ga kamida 2ta kiritgan.
- "Byornli" so'nggi 3 uchrashuvda yutqazgan (Premer-liga).
- "CHelsi" barcha musobaqalarda "Byornli"ga so'nggi 12 uchrashuvdan 11tasida mag'lub bo'lmagan.
Taxminiy tarkiblar
"CHelsi" (4-3-3): Arrisabalaga, Jeyms, Ryudiger, Tomori, Aspilikueta, Kante, Jorjino, Kovachich, Villian, Abraxam, Xadson-Odoi
"Byornli" (4-4-2): Poup, Bardsli, Tarkovski, Mi, Teylor, Xendrik, Uestvud, Kork, Maknil, Rodriges, Barns
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Van Ginkel, Loftus-CHik (“CHelsi”)
So'roq ostida: Alonso, Pulishich (“CHelsi”), Gibson, Gudmundsson, Lennon, Barns, Vud, (“Byornli”)
Chelsea Jorginho - 27', Tammy Abraham - 38', Callum Hudson-Odoi - 49' |
Premier League . 22-tur 11/01/2020, 20:00 0
:
3
Tugadi
|
Burnley |
Stadion: Stamford Bridge, 40396 tomoshabin
Bosh hakam: Kevin Friend
11.01 20:00 "Manchester Yunayted" - "Norvich"
“Mankunianlar” o'z maydonlarida “kanareykalar”ni qabul qiladilar. Roxo, Bayi, Maguayrning jaroxat olganliklari MYUni qiyin ahvolga solib qo'ydi. Endi Lindelyof va Jons juftligi himoya markaziga javobgar. Jessi Lingard oxirgi paytlarda yaxshi o'yin ko'rsata olmayapti. SHuni inobatga olgan holda u endi asosiy tarkibda ko'rinmasligi mumkin.
Teemu Pukki jarohati bois Angliya kubogida maydonga tushmadi. Bu o'yinda maydonga tushish yoki tushmasligi nomalum. Biroq, agar u ishtirok etmasa, "Norvich"ning eng katta muammosi shu bo'ladi.
O'yinga oid faktlar:
- "Norvich"ning oxirgi 9 safar o'yinidan 8tasida 2,5tagacha gol kiritilgan (Premer-liga).
- "Manchester Yunayted" barsa musobaqalarda "Norvich"ga qarshi so'nggi 7 uchrashuvdan 6tasida yutgan.
- "Manchester Yunayted" 8ta o'yindan buyon o'z uyida yutqazmagan (Premer-liga).
- "Norvich" so'nggi 8 o'yinda g'alaba qozonmagan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Manchester Yunayted" (4-2-3-1): De Xea, Uan-Bissaka, Lindelyof, Jons, SHou, Matich, Fred, Grinvud, Mata, Reshford, Marsyal
"Norvich" (4-2-3-1): Krul, Eronz, Cimmerman, Xenli, Bayram, Tetti, Vranchich, Buendia, Makleyn, Kantuell, Pukki
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Fosu-Mensa, Roxo, Bayi, Maguayr, Dalo, Maktominey, Pogba (“Manchester Yunayted”), Kloze, Godfri, Drmich (“Norvich”)
So'roq ostida: Jons (“Manchester Yunayted”), Fermann, Pukki (“Norvich”)
Manchester United Marcus Rashford - 27', Marcus Rashford - 52', Anthony Martial - 54', Mason Greenwood - 76' |
Premier League . 22-tur 11/01/2020, 20:00 0
:
4
Tugadi
|
Norwich City |
Stadion: Old Trafford, 73271 tomoshabin
Bosh hakam: Anthony Taylor
11.01 22:30 "Tottenxem" - "Liverpul"
Turning dahshatli to'qnashuvi "Tottenxem" va "Liverpul" o'rtasida kechadi. Unda Mourinyu qo'l ostidagi futbolchilar Klopp o'yinchilariga ro'baro' keladi.
"SHporlar" safida Mussa Sissoko o'yinni o'tkazib yuboradi. U yaqinda tizzasidagi jarohatini operaciya qildirdi. Bu bilan u Xarri Keyn, Ben Devis, Tangi Ndombele va Ugo Loris safiga qo'shildi. Agar Joze Mourinyu 4-2-3-1 taktik tizimiga o'tadigan bo'lsa, Yan Vertongen chap qanotda o'ynashiga to'g'ri keladi. Bundan tashqari, Denni Rouz ham liga etakchisiga qarshi to'p tepishni xohlaydi. "Qizillar"dan Nataniel Klayn, Fabino, Jeyms Milner va Nabi Keyta - "Tottenxem"ga qarshi o'ynashmaydi. Joel Matip, Deyan Lovren va Jerdan SHakiri sekin-asta mashg'ulotlarga qaytmoqda. Kloppda Adam Lallana varianti bo'lsa-da, Aleks Oksleyd-CHemberlendan xizmatidan foydalanishi mumkin.
O'yinga oid faktlar:
- "Liverpul" Premer-ligada oxirgi 39ta o'yinda yutqazmagan.
- "Liverpul" so'nggi 5 o'yinda gol o'tkazib yubormagan (Premer-liga).
- "Liverpul" mehmondagi so'nggi 13 uchrashuvdan 11tasida raqib darvozasiga kamida 2ta to'p kiritgan (Premer-liga)
- "Qizillar" barcha turnirlarda "Tottenxam"ga qarshi o'tgan so'nggi 4 o'yinda halaba qozongan.
Taxminiy tarkiblar
"Tottenxem" (4-2-3-1): Gassaniga, Ore, Alderveyreld, Sanches, Vertongen, Dayer, Uinks, Lamela, Alli, Moura, Son
"Liverpul" (4-3-3): Alison, Arnold, Gomez, Van Deyk, Robertson, CHemberlen, Xenderson, Veynaldum, Salax, Mane, Firmino
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Loris, Devis, Sissoko, Keyn (“Tottenxem”), Lovren, Klayn, Fabino, Keyta, Milner (“Liverpul”)
So'roq ostida: Rouz, Uinks (“Tottenxem”), Matip, SHakiri (“Liverpul”)
Tottenham Hotspur |
Premier League . 22-tur 11/01/2020, 22:30 1
:
0
Tugadi
|
Liverpool Roberto Firmino - 37' |
Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 61023 tomoshabin
Bosh hakam: Martin Atkinson
12.01 21:30 "Aston Villa" - "Manchester Siti"
Din Smit shogirdlari "Villa Park"da Gvardiola boshchiligidagi jamoani qabul qiladi. Mezbonlar himoyaviy o'yin ko'rsatishi kutilmoqda. Jonatan Kodjia betob bo'lganligi tufayli "Lester"ga qarshi o'ynamagandi. Keynan Devis hali safga qaytmagan, oldingi chiziq yana Anvar El-Gaziga topshiriladi. “SHaharliklar”dan Leroy Sane va Emerik Lyaport jarohatdan endi tiklanayotganliklari tufayli asosiydan chetda qolishsa kerak. Pep Gvardiola darvozaga Klaudio Bravo o'rniga Edersonni tushiradi, Raxim Sterlingga esa katta ehtimol bilan dam beriladi. Murabbiy boshqa o'zgarishlarga qo'l urmaydi.
O'yinga oid faktlar:
- "Manchester Siti" barcha musobaqalarda "Aston Villa"ga qarshi oxirgi 7 o'yindan 6tasida "quruq o'yin" o'tkazgan.
- "Manchester Siti" Premer-ligada mehmondagi so'nggi 11 uchrashuvdan 10 tasida minimum 2ta gol urgan.
- "SHaharliklar" barcha musobaqalar doirasidagi so'nggi 7 o'yindan 6tasida "Aston Villa"ni enggan.
Taxminiy tarkiblar
"Aston Villa" (5-4-1): Nyulann, Gilber, Konsa, Mings, Xoz, Teylor, Trezege, Nakamba, Luis, Grilish, El-Gazi
"Manchester Siti" (4-3-3): Ederson, Uoker, Otamendi, Fernandino, Mendi, Rodri, De Bryoyne, Gyundogan, Maxrez, Silva, Aguero
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xiton, Targett, Makginn, Stir, Devis, Vesli (“Aston Villa”)
So'roq ostida: Kodjia (“Aston Villa”), Lyaport, Sane (“Manchester Siti”)
Aston Villa Anwar El-Ghazi - 90' |
Premier League . 22-tur 12/01/2020, 21:30 6
:
1
Tugadi
|
Manchester City Riyad Mahrez - 18', Riyad Mahrez - 24', Sergio Aguero - 28', Gabriel Jesus - 45', Sergio Aguero - 57', Sergio Aguero - 81' |
Stadion: Villa Park, 41823 tomoshabin
Bosh hakam: Jonathan Moss
SHuningdek, ushbu turda quyidagi o'yinlar o'tkaziladi:
11.01 01:00 "SHeffild"- "Vest Xem"
11.01 20:00 "Vulverxempton" - "Nyukasl"
11.01 20:00 "Everton" - "Brayton"
11.01 20:00 "Lester" - "Sautgempton"
12.01 19:00 "Bornmut" - "Uotford"
SHerzod Nurmatov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar