So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  12 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

APL. Dramatik bahsda "Tottenxem" va "Liverpul" g'olibni aniqlay olishmadi Yangiliklar

APL. Dramatik bahsda "Tottenxem" va "Liverpul" g'olibni aniqlay olishmadi

Angliya chempionati 18-turidan o'rin olgan uchrashuvi yakunlandi.

"Tottenxem" – "Liverpul" 2:2
Gollar: 1:0 – 13 Keyn, 1:1 – 35 Diogu Jota, 1:2 – 69 Robertson, 2:2 – 74 Son Xyn Min.

"Tottenxem" – Loris, Emerson, Dayer, Devis, Sanches, Sessenon (Regilon, 86), Alli (Lukas Moura, 81), Uinks, Ndombele (Skipp, 64), Son Xyn Min, Keyn.

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, Konate, Robertson, Milner, Keyta, Morton (Firmino, 60), Salax, Mane (Cimikas, 82), Diogu Jota (Gomes, 90).

Ogohlantirishlar: Keyn (20), Morton (23), Emerson (28), Uinks (47), Devis (58), Keyta (84), Konate (85), Cimikas (90).
CHetlatish: Robertson (77).



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va dramatik bellashuv yakuniga etdi. Turning markaziy o'yini nomiga loyiq bellashuv bo'ldi. Ushbu durangdan so'ng, "Liverpul" "Siti"ni yanada uzoqroqqa qo'yib yubormoqda. Kurash davom etadi. 

90+5-daiqiqa. Ogohlantirish! Cimikas o'yin vaqtini cho'zgani sababli ogohlantirildi. 

90+3-daqiqa. Sonning yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin Alisson to'pni qaytardi, qo'shimchasiga yon hakam o'yindan tashqari holat bo'lganligini malum qildi.  

90+2-daqiqa. O'zgarish! Diogu Jota o'rniga Jo Gomes. Hujumchi o'rniga himoyachi, Klopp durangga rozi ekanligini bildiradi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

88-daqiqa. Buyog'iga "Tottenxem" g'alabadan umidvor va shoshmoqda. 

86-daqiqa. O'zgarish! Rayan Sessenon o'rniga Serxio Regilon tushirildi. 

85-daqiqa. Ogohlantirish! Keyingi epizod yana sariq. Bu safar raqib futbolchisni qo'pol tarzda yiqitgan Konatega.  

84-daqiqa. Ogohlantirish! Nabi Keyta "raqib tirsagi bilan yuzimga urdi" deb hakamdan sariq so'ragandi, kartochka o'ziga ko'rsatildi. 

82-daqiqa. O'zgarish! Klopp ham futbolchi alishtirdi. Sadio Mane o'rniga Konstantinos Cimikas tushdi.  

81-daqiqa. O'zgarish! Delli Alli o'rniga Lukas Moura tushirilmoqda. 

78-daqiqa. QIZIL! ANA XOLOOOS! Robertsonga to'p o'rniga Emersonning oyog'iga bergan zarbasi uchun avvaliga sariq ko'rsatilgandi, ammo "VAR" ishga aralashdi va hakam qarorini o'zgartirdi.

74-daqiqa. GOOOOOOL! Son Xyon Min oxirigacha bordi va Alissonning xatosidan unumli foydalanib ketdi. Muvozanat teng. 

Bo'ldi, gol inobatga olindi. Hisob o'zgardi, "Liverpul" oldinga chiqib oldi. 

70-daqiqa. GOOOOOL! Ammo, lekin, biroq hakam golni inobatga olishga shoshilmayapti. Bu erda bir nechta epizodlarni qayta ko'rib, tekshirib chiqish zarur. 

68-daqiqa. Endi "Tottenxem" futbolchilari to'pni bir-birlariga oshirib, raqib himoyasining zaif nuqtasini izlashmoqda.

66-daqiqa. "Liverpul" chapdan oldinga o'tdi, lekin Manening Firminoga oshirgan to'pi maydondan chiqib ketdi. 

64-daqiqa. O'zgarish! Tangi Ndombele o'rniga Oliver Skipp o'yinga qo'shiladi. 

60-daqiqa. O'zgarish! Tayler Morton o'rniga Roberto Firmino tushirildi. Klopp bugun nima qilib bo'lsa ham yutmoqchi.  

58-daqiqa. Ogohlantirish! Ben Devis to'pga eta olmagach, ochiqchasiga Salahni futbolkasidan ushlab, to'xtatib qoldi. 

56-daqiqa. Yana bir qulay imkoniyat. Keynga bu safar Alisson ham halaqit qila olmasdi, ammo Xarri 3-4 metrdan darvozani nishonga ola bilmadi. 

55-daqiqa. Alissondan daxshatli seyv. Son, Allining "yoniga" Keyn ham qo'shilishni istadi chog'i. Bunday vaziyatdan gol ura olmaslik uchun ancha harakat qilish kerak edi.  

52-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasidan keyin raqib fol ishlatdi va penalti belgilash zarur deb hakamga yuzlandi, ammo Pol Tirnining fikri boshqacharoq. 

49-daqiqa. Hozir soniyalar ichida ketma-ket follar, xavfli harakatlar bo'ldi, lekin har safar hakam hujum qilayotgan tomon foydasiga o'yinni davom ettirishni so'radi.  

48-daqiqa. Uxx! Trentning uzatmasidan keyin yana Jota gol urishi mumkin edi. 

47-daqiqa. Ogohlantirish! Xarri Uinks.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Birinchi bo'lim oxirida taxmin qilganimiz, ikkinchi bo'limning ilk soniyalaridan murosasiz kurash boshlanib ketdi.

Bo'ldi, hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi. Hozir hisob 1:1. O'yin bo'yicha ustunlik "Liverpul"da bo'ldi, ammo "Tottenxem" hali hisobda oldinda borayotganida bir necha bor qulay imkoniyatlarni ko'kka sovurdi. SHubhasiz, bizni qiziqarli ikkinchi bo'lim kutib turibdi.  

45+3-daqiqa. Xarri Keyn juda qulay vaziyatda ko'ngildagidek zarba bera olmadi.

45+2-daqiqa. Konate to'p uchun kurashda Son Xyon Minga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. 

45-daqiqaBirinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Trent jarima zarbasidan to'pni Diogu Jotaga uzatdi, biroq portugaliyalikning bu safar boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

42-daqiqa. "Liverpul" tanaffusgacha ikkinchi golni urib ketmoqchi. Trent-Aleksanderning kuchli va aniq zarbasini Loris qaytarib qolmaganida shunday bo'lardi ham.  

41-daqiqa. Salax aylanma zarbasini ishga solgandi, ammo raqib futbolchilari to'p darvozagacha etib borishiga imkon qoldirishmadi. 

39-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar kartochka futbolchilardan biriga emas, balki Yurgen Kloppga ko'rsatildi.  

35-daqiqa. GOOOOOOL! Diogu Jota muvozanatni tikladi. Bu erda Robertsonning harakatlarini alohida takidlash lozim. 

33-daqiqa. "Tottenxem" raqibning hujumga berilib ketishi va ko'pchilik bo'lib oldinga o'tib ketishidan foydalanishga urinmoqda. Navbatdagi qarshi hujum Keynning uzatmadagi xatosi tufayli uzilib qoldi. 

30-daqiqa. Qanday vaziyat! Delle Alli to'pni Sondan qabul qilganida mehmonlar muxlislari ham gol deb yuborishgan bo'lsa ajab emas. Lekin angliyalik futbolchi mo'ljalda adashdi.    

Standartdan uzatilgan to'pni Sadioning o'zi darvozaga yo'lladi, ammo noaniq. 

28-daqiqa. Ogohlantirish! Navbatdagi sariq Emersonga ko'rsatildi. Jarima maydonchasiga kirib ketayotgan Mane yiqitildi. 

24-daqiqa. Keytaning kuchli zarbasi "rikoshetdan" keyin yanada xavfli ko'rinish olgandi, Loris to'pni qaytardi, burchak zarbasi. 

23-daqiqa. Ogohlantirish! Morton raqibning hujumini fol bilan to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. 

22-daqiqa. Yana "Liverpul" hujumda. 

20-daqiqa. Ogohlantirish! Keyn ismini yana tabloga yozdirib qo'yish yo'lini topdi. Bu safar keskin harakati tufayli sariq kartochka ishlab olib. 

Takroriy lavhada ko'rindiki, futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lgan va gol bo'lsa ham inobatga olinmasdi. 

18-daqiqa. Yana Son Xyon Minda o'ta qulay imkoniyat, lekin yarim himoyachi nima qilishini o'zi ham bilmay qoldi chog'i. 

16-daqiqa. Qarshi hujum uchun bo'sh zonalar buyog'iga topilaveradi. Keyn to'pni Songa etkazdi, ammo koreyalikning zarbasi noaniq bo'ldi.   

15-daqiqa. Endi mezbonlar qanday harakat qilishi qiziq. "Liverpul" hujumlar yomg'iri uyushtirishga urinishi aniq, ammo Konte jamoasi-chi? 

13-daqiqa. GOOOOOOOL! Xarri Keyn hisobni ochmoqda. Ndombele hisobiga assist yozdirib qo'ydi. 

12-daqiqa. "Tottenxem" birinchi xavfli vaziyatini yaratdi.

11-daqiqa. Burchak zarbasidan naf chiqara olishmadi. 

10-daqiqa. Trent-Aleksander kuchli va aniq zarba yo'llagandi, Loris jamoadoshlari joniga oro kirdi.  

7-daqiqa. Mehmonda o'ynayotganiga qaramay, "Liverpul" ustunlikka ega va aynan ular ko'proq hujumga tashlanmoqda. "Tottenxem" esa ko'proq qarshi hujumlardan umid qiladi shekilli.  

5-daqiqa. Son Xyon Min o'yindan tashqari holatda.

4-daqiqa. O'yindagi ilk burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirishdi, Alisson to'pni uzoqlashtirdi. 

2-daqiqa. "Liverpul" vakillari ikki bor zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qilishga urinib ko'rishdi, ammo Robertsonning urinishi qovushmagan bo'lsa, Xendersonning yo'llagan to'pini darvozabon Loris egallab oldi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Turning markaziy bellashuviga xush kelibsiz!


Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

Tottenxem – Liverpul

21.30, «Tottenxem Xotspur Stedium»

Tottenxem – Loris, Emerson, Dayer, Devis, Sanches, Sessenon, Son Xyon Min, Alli, Uinks, Ndombele, Keyn.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, Konate, Robertson, Milner, Keyta, Morton, Saloh, Mane, Diogu Jota.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика