So’nggi yangiliklar

10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  1 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  1 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  6 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  19 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  5 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2

APL. Vengerning transferlari ham yordam bermadi, Londonda "shporlar" hukmdor Yangiliklar

APL. Vengerning transferlari ham yordam bermadi, Londonda "shporlar" hukmdor

Teglar :  ArsenalTottenxem
"Tottenxem" hamda "Arsenal" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 27-tur uchrashuvi yakunlandi.

Tottenham Hotspur

Harry Kane - 49'

Premier League . 27-tur

10/02/2018, 16:30

0
:
1
Tugadi

Arsenal

Stadion: Wembley, 83222 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
49'  Harry Kane
49'  Ben Davies
70'  Heung-Min Son (Erik Lamela)
79'  Erik Lamela
85'  Dele Alli (Victor Wanyama)
90'  Eric Dier
65'  Henrikh Mkhitaryan (Alexandre Lacazette)
65'  Mohamed Elneny (Alex Iwobi)
73'  Shkodran Mustafi
86'  Granit Xhaka (Danny Welbeck)

"Tottenxem" – "Arsenal" 1:0

Gol: 1:0 – 49 Keyn.

"Tottenxem": Loris, Sanches, Devis, Tripper, Vertongen, Dayer, Dembele, Eriksen, Alli (Vanyama, 85), Son Xyn Min (Lamela, 70), Keyn.

"Arsenal": CHex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, El-Nenni (Ivobi, 65), Djaka (Uelbek, 86), Uilsher, Ozil, Mxitaryan (Lyakazett, 65), Obameyang.

Ogohlantirishlar: Mustafi (73), Lamela (79).


1. Hakam xushtagini chaldi va uchrashuv boshlandi.

2. Bu derbi "Arsenal"ning yangi futbolchilari Genrix Mxitaryan va Per-Emerik Obameyyang uchun ilk shimoliy London derbisi hisoblanadi.

4. Obameyyang  "Arsenal" uchun uchrashuvdagi ilk burchak to'pini ishlab berdi, biroq mehmonlar standartdan unumli foydalana olishmadi.

5. Son o'z qanotidan jarima maydonchasiga kirdi va to'pni orqaroqda turgan jamoadoshiga uzatdi. Hujum qarama-qarshi qanotga o'tdi va Tripper jarima maydonchasiga to'pni uzaytishga qaror qildi, ammo Mxitaryan buga halal berdi.

8. "Tottenxem" markazda to'pni raqibdan olib qo'ydi va Alli qarshi hujumga o'tdi, biroq uning uzatmasi Keyngacha etib bormadi. Burchak zarbasidan uzatilgan to'p ham besamar yakunlandi.

9. Hozircha to'pga ko'proq "Arsenal" egalik qilmoqda. Ularning o'yin uslubi aynan shunga moslashgan.

11. "Tottenxem" yana bir marta to'pni markazda olib qo'ygandek ko'ringan edi, ammo hakam xushtagini chaldi. Keyn Mustafiga nisbatan qoida buzgan ekan.

12. UILSHIRning ajoyib uzatmasi va Obameyyang Loris bilan birga-bir chiqmoqda... Yo'q, yon hakam bayroqchasini ko'tardi va ofsayd borligini malum qildi. Takroriy lavhada qoida buzilmagandek ko'rindi.

14. Son Xyon Min o'z qanotidan uzatma amalga oshirishga urindi, Belerin bunga yo'l qo'ymadi. Burchak zarbasidan uzatilgan to'pga Dayer bosh bilan zarba berdi, ammo noaniq.

17. "Tottenxem" "Arsenal"ni o'z jarima maydonchasiga qamab qo'yishga urindi, ammo bu bor-yo'g'i 1 daqiqadan ko'proq davom etdi. To'p "to'pchilar"da

18. O'yin endi markazga ko'chdi. Jamoalar to'pni almashib o'ynashmoqda. Vaziyatlar yaratilishida xatolar mavjud.

22. CHex to'pni almashtirishni so'radi, havosi kamroqqa o'xshaydi.

24. Keyn bugun sovg'a qilingan butsalarida to'p tepmoqda

25. Kristian Eriksenning bosh bilan bergan zarbasini CHex egallab oldi. Zarba kuchsiz edi. 

27. ZARBAA!!! Keyn 6 metrdan "Arsenal" darvozasiga to'g'ri zarba bera olmadi. Kristian Eriksen golli uzatma bergan bo'lar edi. 

28. Hozircha "Arsenal"ning yangi futbolchilari jiddiy xavfli vaziyat yarata olishmadi. Ofsayd hisobga o'tmaydi

31. "Tottenxem"ning so'nggi 15 daqiqalikdagi hujumlari soni ancha ko'paydi. "Arsenal" deyarli himoyadan chiqmayapti.

35. Mxitaryanning "super" uzatmasiga hech kim eta olmadi. Obameyyangning tezligi hozircha foyda berayotgani yo'q.

39. "Arsenal"ning qarshi hujumiga so'nggi zarba etishmadi. Monreal Ozil uzatgan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, biroq to'p Obameyyanggacha etib borgani yo'q.

40. Belerin o'z qanotidan hujumga o'tdi va Loris qo'riqlayotgan darvozaga zarba berdi, biroz noaniq.

43. Birinchi bo'lim yakunlanishiga oz qoldi. Hozircha hisob ochilgani yo'q. Tabloda nollar

45. Tanaffus. 0:0. Saytdan uzoqlashmang, stadiondan olingan suratlarni shu erga yuklashni boshlaymiz.

 


"Tottenxem" - "Arsenal" o'yiniga chiqarilgan chipta

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi, qaytdik.

48. Petr CHex o'z jarima maydonchasida raqibni aldashga urinib, jamoadoshlarini shoshirib qo'ydi. Uning baxtiga to'p uzoqroqqa ketdi.

49. GOOOOOLLLLL! Devis chap qanotdan uzatgan to'pni Garri Keyn darvozaga joylab qo'ydi! Endi uchrashuv qiziqarliroq o'tsa kerak

52. KEYNNNNN!!! Yana bir gol bo'lishi mumkin edi, bu safar o'ng qanotdan Dayerning uzatgan pasi gol bilan yakunlanishiga oz qoldi, biroq ustun CHexni yana bir muvaffaqiyatsizlikdan qutqarib qoldi.

54. YANA KEYNNN! Nimalar bo'lmoqda! Tripper o'z qanotida Uilshirni aldab, to'pni Garri Keynga uzatdi, forvard esa havodan kelayotgan to'pni to'xtatmay darvozaga yo'lladi, bu safar CHex "to'pchilar"ni qutqardi, ustun emas.

55. "Arsenal" qaytadimi o'yinga??? Kuzatamiz...

56. Jarima zarbasi. "Tottenxem" raqib jarima maydonchasining chizig'i ustida standart ishlab oldi. To'p qarshisida Eriksen.

57. ZARBAAAA!!! CHexning ikkinchi seyvi. QOYIL!!! Birinchi bo'limdagi zerikalri o'yinni ikkinchi taymdagi vaziyatlar yopib yubormoqda, biroq faqat "Tottenxem" faollik ko'rsatmoqda.

59. Obameyyang va Mxitaryan qaerga yo'qoldi, shumi transferlarning zo'ri?

63. Lyakazett va Aleks Ivobi maydonga tushish uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.

64. O'zgarish: Mxitaryan o'rniga Lyakazett. El Neni o'rniga Ivobi. 

67. Keyn tezkor hujum uyushtirishga urinayotgan paytda hakam xushtak chaldi. Uilshirga qo'pollik ishlatishdi, Garri esa norozi.

68. ZARBAAA! UILSHIRNING chap oyoqda darvozaning uzoq burchagiga bergan zarbasini Loris qaytardi va qaytgan to'pni egallab oldi.

70. O'zgarish: Son Xyon Min o'rniga Erik Lamela.

71. Bu nima qiliq? CHex pas berishda xatoga yo'l qo'ydi, biroq uning baxtiga Alli to'pni to'xtata olmadi va to'p maydonni tark etdi. SHu daqiqaning ichida bu safar himoyachilar xato qilishdi. Dele Alli zarba berdi, ammo noaniq.

72. LAMELAAA! "Tottenxem" futbolchisi maydonga tushishi bilan xavfli vaziyat yaratdi. Uning zarbasi CHexga tegib maydonni tark etdi.

 74. Bugungi bahsni "Uembli"da 83 222 muxlis tomosha qilmoqda.

76. TRIPPER! Kevinning zarbasini CHex qaytardi. Bunday imkoniyatlardan gol urilmasa, keyin afsuslanish mumkin.

79. Lamela Uilshirga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

80. Lyakazett bir necha marta to'pga tegindi, biroq shularning 2tasi ofsayd sifatida qayd etildi.

82. Yana ofsayd. Bu safar Obameyyang o'yindan tashqari holatda.

85. O'zgarish: Dele Alli o'rniga Viktor Vanyama.

86. O'zgarish: Jaka o'rniga Denni Uelbek.

90. LAMELAAAAAA!!! Erik Lamela CHex darvozasiga deyarli 10 metrdan zarba berdi, ammo u o'tkir burchakda turgan sababli zarba aniq bo'lmadi.

90+1. Belerinning uzatmasidan so'ng to'p Lyakazettga tushdi va uning zarbasi juda noaniq bo'ldi.

90+2. "Tottenxem" muxlislari jamoani ulug'lovchi qo'shiqlarni kuylashmoqda.

90+3. LYAKAZETTTT! NIMALAR QILYAPSAN? Franciyalik forvard Loris bilan birga-bir chiqdi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi. To'p darvoza to'sini oldidan o'tib ketdi.

90+4. So'nggi imkoniyat! "Tottenxem" o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzdi. Dayer etirozi uchun sariq kartochka oldi.

90+5. Ozilning zarbasi jonli devorga tegdi va hakam o'yinni yakunladi.

"Tottenxem" - "Arsenal" 1:0

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика