APL tarixidagi xorijlik futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzildi
14 jan 2020 21:05
Yangiliklar
APL tarixidagi xorijlik futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzildi
Britaniyaning “The Sun” nashri Angliya Premer-ligasida o'ynagan xorijlik futbolchilardan tashkil topgan ramziy termani taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, APLning yangi nom ostidagi ilk turniri 1992 yili boshlangan va hozirga qadar davom etib kelmoqda. Tarkib ham shunga asoslangan holda tuzilgan.
Darvozabon: Peter SHmeyxel («Manchester Yunayted», «Aston Villa», «Manchester Siti»);
Himoyachilar: Virjil van Deyk («Sautgempton», «Liverpul»), Nemanya Vidich («Manchester Yunayted»), Vensan Kompani («Manchester Siti»);
Yarim himoyachilar: David Silva («Manchester Siti»), Patrik Vieyra («Arsenal», «Manchester Siti»), Eden Azar («CHelsi»), Erik Kantona («Lids», «Manchester Yunayted»), Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted»);
Hujumchilar: Terri Anri («Arsenal»), Serxio Aguero («Manchester Siti»).
Fikrlar