So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  8 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  3 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  6 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

APL stadionlaridagi narx strukturasi: chipta, imtiyoz, chegirma va pivo Yangiliklar

APL stadionlaridagi narx strukturasi: chipta, imtiyoz, chegirma va pivo

Futbol olamidagi asosiy figura klubga foyda keltiradigan muxlislardir.

Ushbu tizimda barchasi mantiqiy va shu bilan birga oddiy. Angliyada futbol ishqibozlarining qanchasi chipta uchun pul to'lab, sevimli jamoasi o'yinlarini kuzatib boradi? Bu haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Keling, unda bugun shu mavzu borasida suhbat quramiz.

2019/20 yilgi mavsumda bitta chiptaning o'rtacha narxi 32 funtni tashkil qilgan (o'tgan mavsum — 31, undan oldingisida ham — 32). Biroq turli xil chegirma va imtiyozlar tufayli ko'pchilik muxlislar kamroq haq to'laydilar. Agar siz mavsumiy abonement sotib olsangiz, 16 funt tejab qolishingiz mumkin (bu mavsum stadionga tashrif buyurganlarning 75%i obunachilardir).

Bu mavsum bir turda stadionga o'rtacha 800 ming kishi kelgan: 73,4% — oddiy joylar, 9,2% — oilaviy, 6,6% — mehmon jamoa muxlislari sektori, 8,9% — homiylar va rasmiy vakillar, 1,4% — nogironlar uchun joy. Qolgan foizning yarmi ikki jamoa muxlislarini ajratish va tarjimonlarning talablari tufayli bo'sh qoldirilgan o'rindiqlardir.

Joriy mavsumda 13,3 million chipta sotilishi kutilmoqda. Agar Premer-liga saytiga kirib ko'rsangiz, qiziqarli statistikaga guvoh bo'lishingiz aniq:

— muxlislarning 53%i har o'yin uchun 30 funt yoki undan kamroq pul to'laydi;
— tashrif buyuruvchilarning 21%i uchun stadionga kirish narxi 20 funt yoki undan kamroq summaga to'g'ri keladi;
— 20-40 funtgacha bo'lgan chiptalarning 52%i sotiladi;
— 20% kishi chipta uchun 40-60 funt to'lashga rozi;
— muxlislarning atigi 6%i 60 funtdan qimmat bo'lgan chiptani sotib olishga qurbi etadi.


Muxlislarni 5ta toifaga ajratish mumkin: 71% — kattalar (21 dan 65 gacha), 10% — qariyalar (65 dan yuqori), 12% — bolalar (16 gacha), 5% — yoshlar (18 dan 21 gacha), 2% — imkoniyati cheklangan insonlar. Eng arzon chiptalar bolalar uchun mo'ljallangan — bir o'yin uchun 7 funt. Mehmon muxlislar uchun chipta narxi taxminan 29 funtni tashkil etadi. Boshqa shahardan jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyuradigan 12,1% odam bilet uchun 20 funt yoki undan kamroq haq to'laydi.

CHiptalar narxidan ajratib bo'lmaydigan yana bir muhim omil: pivo uchun pul. Ko'plab futbol ixlosmandlari bahsdan avval hamda tanaffus paytida bir-ikki pint pivo (hajmi 0,568 litr bo'lgan pivo) ichishni xush ko'radilar. Evropada bu o'ziga xos madaniyat turiga aylangan.

"Give Me Sport" portali qiziqarli tadqiqot o'tkazdi. Surishtiruv natijalariga ko'ra, eng arzon pintni "Enfild"dan topish mumkin ekan — 3,9 funt.

Ikkinchi o'rinni esa "Bernli", "Manchester Siti", "Norvich", "SHeffild", "Tottenxem" va "Vulverxempton" egalladi (hammasida 4 funtdan). Ulardan keyingi o'rin esa "Brayton" va "Nyukasl"ga nasib etdi. Muxlislar pint uchun 4,4 funt sarflaydilar.

Eng qimmat pintlar "Arsenal", "CHelsi" va "Vest Xem" stadionida sotilar ekan — muxlislar madaniy hordiq uchun 5,30 funt to'laydilar. "Manchester Yunayted" hamda "Everton" fanatlari pivo uchun 4,50 funt, "Lester" ishqibozlari esa 5,10 funt sarf etadilar.


Quyidagi surat orqali Premer-liga stadionlarida bu mavsum davomida pivo va gazak uchun to'lanadigan narx bilan tanishib chiqishingiz mumkin:



Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика