So’nggi yangiliklar

00:44Европа лигаси. Шомуродовнинг голи ҳисобланмаган, ассист қайд этган ўйинда "Рома" иродали ғалаба қайд этди ва кейинги босқичга чиқди  44 00:22"Челси" футболчиси камида бир ойга сафдан чиқди  0 00:04Европа лигаси. "Андерлехт" - "Фенербахче" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:45"Манчестер Сити" собиқ футболчиси: "Эркаклар болаларни мағлуб қилди"  13 23:13"Андижон" назорат ўйинида Чехия жамоасига йирик ҳисобда ютқазди  3 22:47Капелло А Серия жамоаларининг ЕЧЛдан чиқиб кетгани сабабини айтди  1 22:26"Бавария" 125 йиллигига бағишланган либосини тақдим қилди  1 21:39"Интер" посбони бармоғини синдириб олди  1 21:15Камрон Саидазимов – "Шўртан" футболчиси!  0 20:59Назорат ўйини. "Қизилқум" Грузия жамоасини мағлуб қилди  0 20:45"Хоразм" назорат ўйинида Россия жамоасига ютқазди  2 20:29"Локомотив" назорат ўйинида "Шериф"га мағлуб бўлди  1 20:15Лига U-21 чемпионати учрашувларининг тўлиқ тартибда ўтказиш масъулиятини ўз зиммасига олмайди  0 20:01"Насаф" Туркияда Молдова клубига мағлуб бўлди  3 19:39"Динамо" Самарқанд Қозоғистон чемпионати гранди билан баҳсда дуранг қайд этди  1

⚡️ APL stadionlarida qancha mablag'ga ovqatlansa bo'ladi? Yangiliklar

⚡️ APL stadionlarida qancha mablag'ga ovqatlansa bo'ladi?

Teglar :  APL 2022/23
Oramizda Angliya chempionati o'yinlarini qiziqib ko'radigan muxlislar ko'pchilikni tashkil etadi.

Musobaqa rahbariyati ishqibozlarni stadionlarga jalb qilish uchun ko'plab qulayliklarni yaratgan. Albatta, tribunadan nafaqat o'yinlarni kuzatishingiz, balki qorningiz och qolgan bo'lsa, Britaniya sharoiti uchun uncha katta bo'lmagan mablag' evaziga ovqatlanib olishingiz ham mumkin.

Bugun, bazi stadionlardagi taomlarning narxlari bilan tanishitib o'tamiz. Rasmlarni qorin to'q paytida ko'rishingizni maslahat bergan bo'lardik)

Demak, boshladik! (1 funt 12,500 so'm atrofida)

“Tottenxem Xotspur Stedium” (“Tottenxem")

Baliq va chips - 9,95 funt

Xot-dog – 8 funt

Mol go'shtidan tayyorlangan maxsus xot-dog – 11 funt

Standart usulda tayyorlangan koreyscha va xitoycha tovuq oyoqchalari hamda kartoshka fri – 12 funt

Disert uchun shirinlik – 2,95 funt

“Enfild” ("Liverpul")

Sosiskalar kartoshka pyure bilan birga – 6,50 funt

Pishloqli kartoshka fri – 6,50 funt

“Etihad” ("Manchester Siti")

Baliq va chips souslar bilan birga – 10 funt

Maydalangan steyk va kartoshka fri – 8 funt

Tovuq va kartoshka fri – 6,50 funt

“Old Trafford” ("Manchester Yunayted")

Kuygan (nom topilmadi) xot-dog – 4,80 funt

Pishloq va piyozli o'zgacha xot-dog – 7 funt

“Villa Park” (“Aston Villa”)

Hindcha usulda tayyorlangan tovuq va baliq salatlar bilan birga – 9 funt

Odatiy usulda tayyorlangan tovuq va kartoshka fri – 10 funt

Baliq, kartoshka fri, no'xotli bo'tqa va maxsus ziravorlar bilan bezatilgan taom – 9 funt

CHizburger – 7 funt

“Olimpiya” o'yingohi ("Vest Xem")

Bittagina katta sosiska va kartoshka fri – 8 funt

Bunga o'zingiz nom bering  6,50 funt

“Emirates” (“Arsenal”)

Tovuq, kartoshka fri, qaynatilgan jo'xori, ichimlik va sous – 18 funt

Gamburger va kartoshka fri – 21,50 funt

Picca – 19,95 funt

“King Power” (“Lester”)

Stadion oshpazi tomonidan klub muxlislari uchun tayyorlangan maxsus logoli taom – 4 funt

Bu taomning nomi esa picca dog ekan – 6,50 funt

“Siti Graund” (“Nottingem Forest”)

Katta chizburger – 9 evro

"Brentford Kommyuniti" ("Brentford")

Peperoni piccasi – 10,95 funt

Sarimsoq va pomidor qo'shilgan kolbasa, tofuli omlet oladya ichida – 10 funt

"Elland Roud" ("Lids Yunayted")

Bunisi menimcha, kuygan chizburger – 4,20 funt

Picca – 7 funt

"Sent-Jeyms Park" ("Nyukasl Yunayted")

Tovuq bo'lakchalari, kartoshka fri hamda sous – 6 funt

"Molinyu" ("Vulverxempton")

Sosiskali rulet – 4,25 funt

Kartoshka fri – 3 funt

"Stemford Brij" ("CHelsi")

Picca bo'lagi – 2 funt

Maydalangan gril, kartoshka fri souslar bilan birga – 12,5 funt

“Gudison Park” (“Everton”)

Ko'rinishi o'zbekcha somsani eslatib yuboruvchi taom – 4,50 funt

“Footy Food” kanali manbasi asosida tayyorlandi

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!   

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика