So’nggi yangiliklar

22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   19 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  3 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  8 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  15 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  2 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  2 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  6

APL. "Siti" - "Nyukasl" va bugungi boshqa o'yinlar haqida Yangiliklar

APL. "Siti" - "Nyukasl" va bugungi boshqa o'yinlar haqida

Bugun, 21 fevral kuni Angliya premer ligasining 26-turidan o'rin olgan 7ta o'yin bo'lib o'tadi. fapl.ru sayti uchrashuvlarga qisqa anons berib o'tdi.
ASTON VILLA - STOUK  20:00
"Aston Villa" Premer-Ligada ketma-ket 5ta o'yinda yutqazdi. So'nggi bor birmingemliklar 7 dekabr kuni "Lester"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishgandi. "Stouk" oxirgi beshta safar o'yinida faqat bir bor mag'lub bo'ldi. So'nggi ikki o'yinda "Stouk" 8ta gol o'tkazdi. Bu jamoalar o'rtasidagi "Villa Park"da o'tgan oxirgi 6ta o'yinda "Stouk" bir marta yutqazgan.

"Aston Villa"ning yangi bosh murabbiyi Tim SHervud safga Karles Xil va Gabriel Agbonlaxorning qaytganidan xursand. Natan Beyker va Filipp Senderos hali tuzalishmadi.

Bugungi o'yinda "Stouk" vakilillari Mark Uilson va Erik Piters ham tayyor bo'lishalri kerak. Rayan SHaukross v Mark Munesa jarohat olgan, Jeff Kemeron diskvalifikaciya qilingan.



CHELSI - BERNLI 20:00
Premer-Liga doirasidagi oxirgi 20ta uy o'yinining 16tasida "CHelsi" o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan va atiga 6ta gol o'tkazgan. CHempionat doirasidagi oxirgi 7ta o'yinda Diego Kosta 6ta gol urdi. "Bernli" darvozasiga raqiblar bosh bilan 16ta to'p kiritishgan. Oxirgi 31ta safar o'yinida "Bernli" faqat bir bor gol o'tkazmagan. So'nggi marta "Bernli" "Stemford Bridj"da 1971 yila g'olib bo'lgan.

3 o'yinlik diskvalifikaciyadan so'ng "CHelsi" hujumchisi Diego Kosta safga qaytadi. Petr CHex, Kurt Zuma, Oskar va Xuan Kuadrado maydonga tushishi mumkin, Jon Obi Mikel jarohat olgan.

"Bernli" vakili Stiven Uord jarohtidan qutuldi. Din Marni, Metti Teylor va Kevin Long hamon maydonga tushishga tayyor emaslar.



KRISTAL PELAS - ARSENAL 20:00
Oxirgi 7ta o'yinda "Kristal Pelas" bir marta mag'lub bo'ldi. Premer-Liga doirasidagi so'nggi 13ta bahsda "burgutlar" atiga 10ta gol urishdi. "Arsenal" bu mavsumda 12ta o'yinda hisobda ortda borayotib faqat bir marta irodali g'alabaga erishdi. CHempionat doirasidagi oxirgi 17ta o'yinda "kanonirlar" tanaffusga qadar 5ta gol o'tkazishdi. "Selxerst Park"dagi oxirgi 11ta o'yinda "Arsenal" umuman mag'lub bo'lmagan.

"Kristal Pelas" sardori Mile Edinak jarohatini davolab bo'ldi. Jeyms Makartur ham safga qaytdi, ammo Yaya Sanogo ijara shartnomasi tufayli London klubiga qarshi o'ynay olmaydi.

"Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilshir noyabr oyidan buyon o'zining ilk o'yinini o'tkazishi mumkin. Ektor Bellerin va Mate Flamini, Aleks Oksleyd-CHemberlen hali maydonga tushishga tayyor emas.

XALL - KUINZ PARK REYNDJERS 20:00
"Xall" Premer-Ligadagi so'nggi 5ta o'yinning 3tasini yutqazdi. O'z maydonida "yo'lbarslar" atiga 12ta gol urishdi. O'tgan turda "Sanderlend"ni mag'lub etib (0:2), KPR o'zining safardagi 11 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. Jamoa ishtirokidagi oxirgi 4ta o'yinning 3tasi durang bilan tugadi.



SANDERLEND - VEST BROMVICH 20:00
Oxirgi 8ta turda "Sanderlend" hisobida bitta g'alaba bor. "Qora mushklar" o'z maydonidagi so'nggi 4ta o'yinning 3tasini boy berishdi. "Vest Bromvich" Premer-Liga doirasidagi oxirgi 7ta safardagi o'yinda umuman g'olib bo'la olmadi. Bu jamoalarning "Sanderlend" maydonidagi so'nggi 4ta o'yinda "Vest Bromvich" faqat bir bor yutqazgan.

SUONSI - MANCHESTER YUNAYTED 20:00

Premer-Liganing oxirgi 7ta uchrashuvida "Suonsi" bir martagina yutdi. SHunga qaramay "oq qushlar" bu mavsum top-10dan pastga tushishmadi. Barcha musobaqalarni hisobga olsak, oxirgi 19ta o'yinda "Manchester Yunayted" 2 bor yutqazdi. "Qizil iblislar" sardori Ueyn Runi Premer-Ligada 26 dekabrdan buyon gol ura olmayapti. Bu mavsumning ilk turida "Suonsi" o'z tarixida ilk bor "Old Trafford"da MYUni mag'lub etgandi.

3 o'yinlik diskvalifikaciyadan so'ng "Suonsi" vakili Gulfi Sigurdsson safga qaytmoqda. Ueyn Rutledj va Marvin Emnes jarohatini davolab bo'lishdi, Kayl Bartli esa hali tayyor emas.

"Manchester Yunayted" tarkibida jarohat olgan futbolchi bitta qoldi: Maykl Kerrik. Fil Jons va Robin Van Persi sog'liq bilan muammolarni hal qilishdi.



MANCHESTER SITI - NYUKASL 22:30
"Manchester Siti" Premer-Ligadagi oxirgi 7ta o'yinning atiga 2tasida g'olib chiqdi. Barcha musobaqalarni inobatga olsak, "shaharliklar" uyda uchta bahsdan buyon yuta olishmayapti. "Nyukasl" chempionat doirasidagi so'nggi 7ta safar bahsida g'alaba qozona olgani yo'q. "Hakkalar" hujumchisi Papiss Sisse har 74 daqiqada bittadan gol urmoqda. Bu Premer-Ligada eng yaxshi ko'rsatkich. APL doirasidagi barcha 10ta o'yinda "Manchester Siti"ning qo'li baland kelgan.

"Manchester Siti" Afrika Kubogida ishtirok etgan Yaya Ture va Vilfrid Boni bilan kuchayib oldi. Jeyms Milnerning tizzasi bilan muammo mavjud, Serxio Aguero esa elkasini davolab bo'ldi.

"Nyukasl" himoyachisi Pol Dammett yaqin uch oy futbol o'ynamaydi. SHeyk Tiote ham bugun o'ynay olamydi. Remi Kabellaning maydonga tushishi so'roq ostida.

Narzulla Saydullaev tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика