So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

APL. Safarda irodali g'alabaga erishgan MYU turnir jadvalida 3 pog'ona yuqoriladi Yangiliklar

APL. Safarda irodali g'alabaga erishgan MYU turnir jadvalida 3 pog'ona yuqoriladi

APLning 13-turi doirasidagi "SHeffild" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

SHeffild Yunayted – Manchester Yunayted 2:3

"Bremell Leyn"

Gol: Makgoldrik (5, 1:0), Reshford (26, 1:1), Marsyal (33, 1:2), Reshford (51, 1:3), Makgoldrik (87, 2:3).

SHeffild Yunayted – Remsdeyl, Bashem, Boldok, Igan, Ampadu, Berk (Bryuster, 74), Flek, Robinson, Berge (Jagelka, 12, Musse, 63), Stivens, Makgoldrik.

Manchester Yunayted – Xenderson, Telles, Lindelef, Uan-Bissaka, Maguayr, Brunu Fernandesh (van de Bek, 79), Matich, Pogba, Reshford, Grinvud (Mata, 74), Marsyal (Maktomini, 90).

Sheffield United

David McGoldrick - 5', David McGoldrick - 87'

Premier League . 13-tur

18/12/2020, 01:00

3
:
2
Tugadi

Manchester United

Marcus Rashford - 26', Anthony Martial - 33', Marcus Rashford - 51'

Stadion: Bramall Lane, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
5'  David McGoldrick
5'  Oliver Burke
12'  Sander Berge (Phil Jagielka)
51'  Phil Jagielka
63'  Phil Jagielka (Lys Mousset)
70'  John Egan
74'  Oliver Burke (Rhian Brewster)
87'  David McGoldrick
90'  Jack Robinson
26'  Marcus Rashford
26'  Victor Nilsson Lindeloef
33'  Anthony Martial
51'  Marcus Rashford
51'  Anthony Martial
74'  Mason Greenwood (Juan Mata)
80'  Bruno Fernandes (Donny van de Beek)
90'  Anthony Martial (Scott McTominay)
90'  Dean Henderson
90'  Paul Pogba

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. MYU yana bir bor irodali g'alabaga erishdi va turnir jadvalida "Vest Xem", "Manchester Siti" hamda "CHelsi"ni ortda qoldirgan holda 6-o'ringa ko'tarilib oldi.90+2. XENDERSONNNNNN!!! Musse kuchli va aniq zarba yo'lladi. Dindan super seyv!

O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Sulsher himoyaga yanada qattiqroq etibor qaratishni boshladi. Marsyal o'rniga Maktomini maydonga tushdi.

87. GOOOOOOLLLLL!!! Burchakdan uzatilgan to'pni Lindelof qaytarishda xatolikka yo'l qo'ydi va to'p Makgoldrikka tegib, darvozaga kirib ketdi!

86. MYU himoyada o'ynab, qarshi hujumlarga tayanmoqda.

82. To'p Maguayrning qo'liga tegdi. "SHeffild"da xavfli nuqtadan jarima zarbasi!

78. ZARBAAAAA!!! Marsyalning qanotdan oshirgan to'pini Mata darvozaga yo'lladi. Remsdeyl to'pni ushlab oldi.

77. Mussening kuchli zarbasini Din Xenderson ushlab oldi.

75. UXXXXXXX!!! Marsyal bo'sh qolgan darvozani demagan bo'lardimu, bir necha himoyachilar qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qila olmadi.

73. Bu safar Brunu jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.

71. Reshfordning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devordan o'tmadi.

69. MYU jarima zarbasiga ega bo'lmoqda. To'p oldida Markus.

67. UXXXXXX!! Grinvudning kuchli zarbasini Remsdeyl burchakka chiqarib yubordi.

63. Flek burchakdan MYU darvozasini nishonga oldi. Xenderson esa to'pni burchakka chiqarib yubordi.

61. UXXX!! Brunu chiroyli pas bergandi Antoniga. Marsyal esa noaniq pas berdi...

57. Telles burchakdan Brunu tomon to'pni uzatdi. Fernandeshning zarbasi noaniq ketdi.

55. Ana endi MYU har tomonlama nazoratni qo'liga oldi.

51. GOOOOOOOLLLLL!! MYU tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi va Reshford dublini rasmiylashtirmoqda!

47. MYU jarima zarbasiga ega bo'ldi. Tellesning uzatgan to'pini Marsyal boshi bilan raqib posti tomon yo'lladi. Noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

45+2. "SHeffild" jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi va taym yakunlandi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

45. Devid Makgoldrik yana bir bor uzoq masofadan zarba berib ko'rdi. Noaniq.

43. UXXXXXXX!!! Din Xenderson raqibining kuchli zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

42. Pogbaga nisbatan fol ishlatildi. MYUda standart.

37. XENDERSONNNN!! Makgoldrik chap qanotdan bir necha raqibini aldab o'tib, zarba berdi. Din to'pni oyoqlari bilan qaytardi.

35. UXXXXXX!! Reshfordning kuchli zarbasini Remsdeyl qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

33. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Marsyal ham chiroyli pasni ko'kka sovurmadi. 

32. MYU burchak zarbasiga ega bo'ldi. Tellesning uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

30. UXXXXX!! Makgoldrikning qanotdan oshirgan to'pini Bashem MYU darvozasi tomon yo'llashga harakat qildi. 

26. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! Lindelofning super pasidan keyin Reshford kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirmoqda!

25. Hozircha mankunianliklarning o'yini umuman o'xshamayapti.

22. To'p nazorati MYUda bo'lsa ham futbolchilar uyg'ona olishmayapti.

19. UXXXXXXXX!!! Brununing super pasidan keyin Reshford raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi va noaniq zarba berdi. Bu vaziyatda offsayd ham qayd etildi.

17. ZARBAAAAAAA!! Flekning zarbasi biroz noaniq ketdi.

15. Brunu Marsyal tomon to'pni uzatdi. Biroq qanot hakami yo'q joydan offsayd topdi. Bu vaziyatda Antoni ham to'pga eta olmagandi.

12. "SHeffild" tarkibida o'zgarish bo'ldi. Berge o'rniga Jagelka maydonga tushdi.

10. Markazdan Brunu tomon to'p uzatildi. Biroq darvozabon to'pga peshvoz chiqdi.

5. GOOOOOOLLLLLL!!! Xendersonning xatosidan keyin Makgoldrik hisobni ochdi!

4. "SHeffild" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Xenderson to'pni qaytarib yubordi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuvni boshlash uchun barcha narsa shay!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. "Manchester Yunayted" bugun "Bremell Leyn"da mehmon bo'ladi. Uchrashuvni sizlar bilan birga Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика