APL. Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
12 okt 2018, 16:25
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti chempionatning sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnomada kim g'olib bo'lganini ma'lum qildi.

Sovrin uchun quyidagi mutaxassislar nomzod edi:

Unai Emeri ("Arsenal") - 4ta o'yin, 4ta g'alaba ("Kardiff", "Nyukasl", "Everton", "Uotford")

Nunu Eshpiritu Santu ("Vulverxempton") - 4ta o'yin, 3ta g'alaba, 1ta durang ("Vest Xem", "Byornli", "Sautgempton" - "Manchester Yunayted")

Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") - 4ta o'yin, 4ta g'alaba ("Nyukasl", "Fulxem", "Kardiff Siti", "Brayton")

Yurgen Klopp ("Liverpul") - 4ta o'yin, 3ta g'alaba, 1ta durang ("Lester", "Tottenxem", "Sautgempton" - "Chelsi")


Muxlislar ko'proq "Vulverxempton" ustoziga ovoz berishdi. Portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu oy murabbiy sovrinini qo'lga kiritdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com