APL. Saloh yana bir individual sovrinni qo'lga kiritdi
31 may 2022 09:00
Yangiliklar


APL. Saloh yana bir individual sovrinni qo'lga kiritdi
“Liverpul” forvardi Muhammad Saloh 2021/22 yilgi mavsum Angliya chempionatida to'purar va eng yaxshi assistent bo'lgandi.
U Angliya professional futbol associaciyasi (PFA) tomonidan muxlislar o'rtasida o'tkazilgan mavsum futbolchisi uchun so'rovnomada eng ko'p ovoz to'pladi va “Man Siti” etakchisi Kevin de Bryuyneni ortda qoldirdi.
Qayd etish joizki, ovoz berish jarayonida APLdagi 20 ta klub sardorlari va futbol ekspertlari ham qatnashdi.
Avvalroq, 29 yoshli misrlik Angliya futbol jurnalistlari associaciyasi (FWA) tomonidan ham yil futbolchisi deb topilgandi. SHuningdek, uning “Man Siti” darvozasiga kiritgan to'pi Premer-liga yakunlangan mavsumidagi eng chiroyli gol sifatida qayd etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar