So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

APL. Ronaldu dubl qayd etgan bahsda "Manchester Yunayted" "Nyukasl"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. Ronaldu dubl qayd etgan bahsda "Manchester Yunayted" "Nyukasl"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Angliya Premer-ligasining 4-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.


"Manchester Yunayted" — "Nyukasl" 4:1

Gollar: 1:0 – 45 Ronaldu, 1:1 – 56 Mankilo, 2:1 – 62 Ronaldu, 3:1 – 80 Brunu Fernandesh, 4:1 – 90 Lingard.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, SHou, Matich, Pogba, Brunu Fernandesh (Marsyal, 85), Sancho (Lingard, 66), Ronaldu, Grinvud (van de Bek, 85).

"Nyukasl" – Vudmen, Mankilo (Merfi, 77), Klark (Lyuis, 84), Lassels, Xeyden, Ritchi, Almiron, Longstaff, Uillok (Xendrik, 85), Sen-Maksimen, Joelinton.

Ogohlantirish: Pogba (60)


Matnli translyaciya


Yangilash


Uchrashuv yakunlandi! Ronalduning ikkinchi debyuti omadli keldi!

Ronalduning qadami qutlug' keldi. Ushbu golda ham Pogbaning o'rni beqiyos bo'ldi.

Golll! Lingard 4:1!

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

84. O'zgarish. Klark o'rniga Lyuis o'yinga qo'shildi. MYU tarkibida esa van de Bek Brunu o'rniga maydonga tushdi.

Markazda Pogbadan to'pni qabul qilib olgan Fernandesh darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi. Darvozabon ham chiroyli otilib berdi, ammo bu jamoasiga yordam bera olmadi.

80. Super gol! Brunuuu! Bugun portugaliyaliklarga atalgan kun.


79. MYU himoyachilari xato qilish bo'yicha ham raqiblariga dars bermoqda.

77. O'zgarish. Merfi jamoasining yagona gol muallifining o'rniga maydonga tushdi.

Burchak zarbasi bo'yicha ko'rsatkich — 7:2

67. Joelintondan xavfli zarba, De Xea ham o'zining borligini namoyish etdi.

66. O'zgarish. Sancho o'rniga Lingard maydonga tushdi.

Maydon markazidan boshlangan hujumni Lyuk SHou davom ettirib, Ronalduni birga-bir vaziyatga chiqardi. Krishtianu esa posbonning oyoqlari orasi himoyalanmaganligini isbotlab qo'ydi.

62. Gooolll"! Ronalduuu! Dubl!

60. Pogba ogohlantirildi. Pol fint qilaman deb, raqibiga qo'pollik ishlatdi.

Mehmonlar hujumidan so'ng mezbonlar himoyachilari o'z joylarini egallay olishmadi. Oqibatda Mankilo tarozi pallalarini tenglashtirdi.

56. Gooolll! Hisob tenlashdi! Mana Ronalduga sovg'a! 1:1.

54. Matichdan zarba. To'p stadion ustidan oshib o'tishiga bir bahya qoldi.

52. "Nyukasl" hisobda ortda qolayotganiga qaramay, himoyadan chiqolmayapti.

So'nggi 5 ta uchrashuvning 4 tasida maydon egalari zafar quchishgan bo'lsa, bir marotaba "Nyukasl" muxlislari shlyapalarini osmonga otishga musharraf bo'lgan.

Sulsher Ronalduga yo'l ko'rsatyapti.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Krishtianu Ronaldu klubdagi faoliyati davomida barcha musobaqalarda 48 ta xet-trik qayd etgan. SHulardan dastlabkisi 2008 yilning yanvar oyida APL doirasida aynan "Nyukasl"ga qarshi o'yinda sodir bo'lgan.

Birinchi bo'lim yakunlandi!

Grinvud bergan zarbadan so'ng, darvozabon yonidagi Ronaldu ko'rib, hayajonlandi shekilli, to'pni ushlab qololmadi. Krishtianu esa qaytgan to'pni osongina darvozaga joylab qo'ydi.


47. Gooolll! Rooonalduuu!!!

Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi.

Mehmonlar "avtobus"i yaxshi ishlamoqda. Biroq mezbonlar himoyasida ham kamchiliklar borligi yaqqol ko'rinmoqda.

43. Matichning zarbasi yarim yo'ldan qaytdi.

"Nyukasl" "Manchester Yunayted" darvozabonini so'nggi 4 ta o'yindan beri xafa qilmoqda ekan.

37. MYUdan burchak zarbasi.

35. Ronalduni jarima maydoni ichida yiqitishdi. Hakam Krishtianuga atalgan "tuhfasi" yo'qligini aytdi.

Burchak zarbasidan so'ng Maguayr bosh bilan zarba berdi, to'p to'g'ri darvozabonga borib tushdi.

32. Sancho! Qaerda o'ynayotganini unutib qo'yyapti shekilli.

30. Zarba! Fernandesh uzoq masofadan darvozani mo'ljalga olib ko'rdi.

28. Xavfli vaziyat! MYU himoyachilarining xatosidan memonlar foydalanib ketishi mumkin edi.

Ronaldu hozircha ko'zga tashlanmayapti.

26. Fernandesh maydon markazidan Bekxem uslubidan gol urmoqchi bo'ldi, noaniq.

25. "Nyukasl" hujumda faol. Jamoa burchak to'pi ishlab oldi.

23. Ritchidan zarba, biroz kuchsiz chiqdi.

Zarba! Varan bosh bilan zarba berdi, birozgina noaniq. Francuz futbolchisi Ramosdan olgan saboqlarini amalda qo'llamoqda.

19. Matich burchak zarbasi ishladi.

18. Pogba jarima maydonchasiga to'pni uzatdi, darvozabon uni ilib oldi.

15. "Nyukasl" ham xujum qilish kerakli yodiga tushib qoldi. Ritchining zarbasiga himoyachilar qalqon bo'lishdi.

To'pga egalik qilish bo'yicha — 75% ga 25%.

13. Brunuga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

"Manchester Yunayted" o'zaro so'nggi 3 uchrashuvdan buyon g'alaba qozonib kelyapti.

10. Ronaldudan yana bir zarba. CHap qanotdan kirib borgan Krishtianu zarba yo'lladi, biroz noaniq.

9. Ronalduning birinchi zarbasi o'xshamadi.

8. Pogba Fernandeshga ajoyib pas bergandi, biroq Brunu to'pni qabul qilolmadi.

7. Xavfli vaziyat! "Nyukasl"dan zarba, ammo noaniq.

3. Uan-Bissaka qanot to'pni markazga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytardi.

Ronaldu  dastlabki daqiqalarda markaziy hujumda o'ynamoqda.

2. Dastlabki daqiqalarda manchesterliklar to'pni nazorat qilishga harakat qilmoqda.

Mehmon jamoa bahsni boshladi.

1. Uchrashuv boshlandi! 

Ronaldu oradan 12 yil 118 kun o'tib MYU tarkibida maydonga tushmoqda. APL tarixida bunaqasi bo'lmagan.

Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

Barchaning diqqat markazi Ronalduda, biroq undan qimmatroqqa sotib olingan Sancho o'zini ko'rsatarmikan?

Jamoalar chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

Uchrashuvni Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Gari Besuik hamda Adam Nann yordam beradi. Zaxira hakami Jon Bruks.

Bugungi uchrashuv kimga atalganligini muxlislar ko'rinishidan ham bemalol bilib olish mumkin.

"Old Trafford" Krishtianu Ronalduni "Manchester Yunayted" tarkibidagi ikkinchi debyutini kutmoqda. Portugaliyalik forvard mankunianlar bilan mashg'ulot o'tkazish uchun terma jamoa lagerini muddatidan avval tark etdi. Bugun uni asosiy tarkibda ko'ramiz.

Reshford elkasidan olgan jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi.

MYU uchun mavsum boshida qulay taqvim yuzaga kelgandi. Ammo mankunianlar "Sautgempton"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotishdi, keyin esa "Vulverxempton"ni qiyinchilik evaziga mag'lub etdi. 3 turdan so'ng "qizil iblislar" 7 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.

Grinvud dastlabki uch turda ham gol urdi. Agar u "Nyukasl"ga gol ursa, ketma-ket to'rtta o'yinda to'p kiritgan to'rtinchi o'yinchi bo'ladi. Ronalduning Premer-ligadagi so'nggi o'yini 2009 yilning may oyiga to'g'ri keladi. 

"Nyukasl" katta transferlar bilan maqtana olmaydi. Klub Jo Uillok va Santyago Munosni ("Gol" filmidagi asosiy qahramonlardan biri) tarkibga qo'shib olish bilangina cheklandi. Dastlabki uch uchrashuvda jamoa atigi bir ochko to'plagan holda 17-pog'onada bormoqda. 

"Old Trafford"da "Nyukasl" so'nggi 36 o'yinda faqat bir marotaba — 2013 yilning dekabrida g'alaba qozongan.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Manchester Yunayted" "Nyukasl"ni o'z maydonida qabul qiladi. Mazkur o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика