APLning yil ramziy jamoasidan "Man Siti"ning 3 nafar futbolchisi joy oldi, MYUdan esa hech kim yo'q
28 dek 2023 22:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/774263_original.jpg)
![](/upload/storage/774263_220.jpg)
APLning yil ramziy jamoasidan "Man Siti"ning 3 nafar futbolchisi joy oldi, MYUdan esa hech kim yo'q
Angliya Premer-ligasida 2023 yilgi ramziy terma jamoa aniqlandi.
Manbaning xabar berishicha, “o'n birlik”da “Manchester Siti” va “Arsenal”dan ko'proq o'yinchilar saralangan.
Yuqoridagi jamoalarning har biridan 3 nafardan tarkibga kirishdi. Aksincha "Manchester Yunayted"dan hech kim ro'yxatga kiritilmadi.
Premer-ligada yilning ramziy jamoasi:
Darvozabon: Emiliano Martines ("Aston Villa")
Himoyachilar: Kayl Uoker (“Manchester Siti”), Uilyam Saliba (“Arsenal”), Ezri Konsa (“Aston Villa”), Den Bern (“Nyukasl”).
Yarim himoyachilar: Rodri ("Manchester Siti"), Deklan Rays, Martin Edgor (ikkalasi ham "Arsenal")
Hujumchilar: Muhammad Saloh (“Liverpul”), Erling Holand (“Manchester Siti”), Son Xyon Min (“Tottenhem”).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar