So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  0 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

APL. "Qizil iblislar" "kanonirlar"ga qarshi: "Manchester Yunayted" – "Arsenal" bahsi uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Qizil iblislar" "kanonirlar"ga qarshi: "Manchester Yunayted" – "Arsenal" bahsi uchun prevyu

14-turning markaziy uchrashuvi tafslilotlari bilan o'rtoqlashamiz.

Musobaqadagi holat

O'tkazilgan 13 ta o'yinda "qizil iblislar" besh marta g'alaba qozonishdi va uch marta murosa ko'chasini tanlashdi. SHu tariqa, MYU 18 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.

Londonlik mehmonlar hisobida ettita g'alaba va ikkita durang mavjud. SHunday qilib, "to'pchilar" 23 ochko to'plagan holda jadvalda 5-pog'onada turishibdi.

1. "Manchester Yunayted" Rangnik kabi tajribali murabbiyga ega bo'ldi, ammo u zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi va jamoani hozircha Kerrik boshqarib turadi

Ole Gunnar Sulsher istefoga chiqarilgach, "Manchester Yunayted"ga yangi murabbiy tayinlandi.  Bu — Ralf Rangnik. Germaniyalik mutaxassis Moskvaning "Lokomotiv"ini tark etdi va mavsum oxirigacha MYU murabbiyi vazifasini bajaruvchi maqomiga ega bo'ldi. Gerr Ralf nemis pasportiga ega APLdagi oltinchi murabbiyga aylandi.  Etiborlisi, Germaniyadan ikki nafar murabbiy g'alabalar foizi bo'yicha allaqachon liga tarixidagi eng yaxshi mutaxassislar orasida kuchli beshlikka kirishga muvaffaq bo'lgan. Bu hozirda "Liverpul"da ishlayotgan Yurgen Klopp (62,7%), shuningdek, Londonning "CHelsi"sida ishlayotgan Tomas Tuxel – 62,5% (gap chempionatda 30 va undan ortiq o'yin o'tkazgan mutaxassislar haqida ketmoqda).

Ko'rinishidan, yangi murabbiy —  yangi ilhom manbai edi. Biroq hozirgi holatda emas. Maykl Kerrik "Manchester Yunayted" zaxira o'rindig'ida o'tirishda davom etadi, chunki Rangnik hali Angliyada ishlash uchun ruxsatnoma olishga ulgurmagan va uning Tumanli Albionga kelishi ortga surilgan.

2. "Manchester Yunayted" o'z uyida "Arsenal" bilan qanday o'ynashni biladi

"Iblislar" deganda o'z maydonida har qanday raqibni yanchib tashlaydigan jamoa nazarda tutiladi. MYUning Manchesterdagi "kanonirlar" bilan to'qnashuvga kelsak, bu, albatta, shunchaki balandparvoz gap emas. "Manchester Yunayted" "kanonirlar"ga qarshi "Old Trafford"da kechgan APLning so'nggi 14 o'yin natijasiga ko'ra, bor-yo'g'i bir marta mag'lubiyatga uchragan. "Iblislar" hisobida 8 ta g'alaba bor, 5 ta o'yinda esa durang kuzatilgan. Mezbonlarning yagona mag'lubiyati hali ham ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak, chunki u o'tgan mavsumda ro'y bergan (0:1).

3. Kerrik bu safar Ronaldu uchun qaysi rolni tanlaydi?

"CHelsi"ga qarshi muvaffaqiyatli o'yinda (1:1) Maykl Kerrik qatiyatli, shijoatli va tanqiddan qo'rqmaydigan, o'zini vaqtinchalik shaxs deb hisoblamaydigan murabbiy ekanligini isbotladi. Sobiq markaziy yarim himoyachining eng sezilarli harakatlaridan biri Krishtianu Ronalduni zaxirada qoldirish qarori bo'ldi.

Krishtianu 64-daqiqada o'yinga qo'shildi, portugaliyalik maydonga tushganidan so'ng "ko'klar" hisobni tenglashtirishdi. Ronaldu yo'qligida "Yunayted" oldingi chizig'ida Markus Reshford va Jeydon Sancho harakatlanishdi, ularning ortidan esa Brunu Fernandesh joy oldi. Murabbiylar shtabining tutgan yo'li orqali ajoyib formadagi raqibga qarshi pressing uyushtirishning samarali modeli yaratildi.

1. "Kanonirlar" o'yinga ajoyib formada etib kelishdi

"To'pchilar" ishonchli natijalarni ko'rsatib kelishyapti. Mikel Arteta shogirdlari mezbonlardan besh ochko ko'p to'plashgan. 

"Kanonirlar" so'nggi o'n turdagi muvaffaqiyatli yurish evaziga juda tez ko'tarilishdi. Bu davrda "kanonirlar" bir marta "Liverpul"ga yutqazib qo'yishdi, xolos. 13 tur natijalariga ko'ra 7 ta g'alaba va 2 ta durang "kanonirlar" uchun so'nggi uch mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkichdir ("kanonirlar" xuddi shu davrda oxirgi ikki kampaniyada 18 va 14 ochkoga ega edilar). Xullasi kalom, "Arsenal" mehmonda etarlicha yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.

2. “Kanonirlar” APL Top-4 ligiga qarshi o'yinlarda oqsaydi

Jadvaldagi yuqori o'ringa qaramay, Arteta jamoasi kuchli klublarga qarshi to'g'ridan-to'g'ri qarshilik ko'rsatolmaydi. "Arsenal" gigantlarga qarshi bahslarda ishonchsiz va bazida ojiz. "To'pchilar" "CHelsi" (0:2), "Manchester Siti" (0:5) va "Liverpul"ga (0:4) yutqazishdi. Optimistlar o'sish vaqtinchalik inqirozga yuz tutdi deyishsa, pessimistlar rivojlanish shu nuqtada to'xtadi deb gapirishadi. Biz esa haqiqat shularning o'rtasida deymiz.

3. Sakaning yo'qligi — mehmonlar o'yinida ijodiy jarayonga jiddiy zarar etkazadi

Bukayo Saka "Manchester Yunayted" bilan uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta aytib o'tdi.

Sakadan foydalanishning iloji bo'lmasa, mehmonlar qanot hujumi sezilarli kuchsizlanadi. Gabriel Martinelli "Nyukasl"ga gol urganiga qaramasdan, hali ishonchli o'rinbosar ekanligini isbotlashga ulgurmagan.

Taxminiy tarkiblar

"Manchester Yunayted": De Xea – Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, Telles – Fred, Maktominey, van de Bek – Fernandesh – Ronaldu, Sancho  

"Arsenal": Remsdeyl – Tomiyasu, Uayt, Gabriel, Tavaresh – Parti, Lokonga – Martinelli, Edegor, Smit-Rou – Obameyang

To'qnashuvlar tarixi

Barcha turnirlardagi o'zaro o'yinlar: 234 ta 

"Manchester Yunayted" g'alabasi: 97 ta (353 ta gol urgan)

"Arsenal" g'alabasi: 84 ta (329 ta gol urgan)

Durang: 53 ta

"Manchester Yunayted"ning eng yirik g'alabasi: 8-2

"Arsenal"ning eng yirik g'alabasi: 5-0

Toshkent vaqti bilan 01:15 da boshlanadigan super uchrashuvni o'tkazib yubormang! 

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика