So’nggi yangiliklar

17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  0 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  12 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0

APL. “Qizil iblislar” “Emireyts”da “Arsenal”ni dog'da qoldirishdi+FOTO Yangiliklar

APL. “Qizil iblislar” “Emireyts”da “Arsenal”ni dog'da qoldirishdi+FOTO

APL 15-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda “MYU” Londonda “Arsenal”dan ustun keldi.

Uchrashuv mezbonlar uchun o'ta omadsiz boshlandi. 4-daqiqada Valensiyaning kuchli zarbasidan keyin to'p “Arsenal” himoyachisi va darvozabonining oyoqlari orasidan o'tib darvoza to'riga borib tushgan bo'lsa, sal o'tib Lingard ajoyib vaziyatga chiqarildi va u imkoniyatdan samarali foydalandi -0:2. Bu paytda matchning endigina 11-daqiqasi o'tib borayotgandi...

SHundan keyin “Arsenal” tashabbusni  o'z qo'liga oldi. Ammo shu kuni David De Xea faoliyatidagi eng yaxshi o'yinlardan birini o'tkazdi va “to'pchilar”ning o'nlab hujumlarini ajoyib “seyv”lari orqali bartaraf etdi. Ikkinchi bo'lim boshida Venger jamoasi hisobni qisqartirishga erishdi. Ammo 63-daqiqada yana qarshi hujumda Mourino jamoasi raqibni dog'da qoldirdi. Pogbaning ajoyib to'p uzatishidan keyin Lingard bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi. 74-daqiqada Pogba raqib himoyachisi Beleringa nisbatan qo'polligi evaziga maydondan chetlatildi va keyingi turda “Man Siti”ga qarshi o'tadigan bahsni tribunadan kuzatishi oydinlashdi. 


APL, 15-tur.

Arsenal – Manchester Yunayted 1:3 

Gollar: 0:1 – 4 Valensiya, 0:2 – 11 Lingard, 1:2 – 49 Lyakazett, 1:3 – 63 Lingard.

Arsenal – CHex, Mustafi (Ivobi, 15), Monreal, Kolashinac (Jiru, 76), Koselni, Ozil, Remzi, Sanches, Djaka (Uelbek, 70), Belerin, Lyakazett.

ManchesterYunayted –De Xea, Smolling, Roxo, Valensiya, Lindelef, Pogba, Yang, Matich, Lingard (Darmian, 76), Marsyal (Errera, 67), Lukaku.

Ogohlantirish: Roxo (58), Belerin (72), Koselni (87), Errera (89), Sanches (89).

CHetlatish: Pogba (74).




Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика