So’nggi yangiliklar

13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   0 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  4 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  6 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  3 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  13 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  7 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  7 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  2

APL qaytmoqda. SHogird ustozga qarshi - "Man Siti" - "Arsenal" (prevyu) Yangiliklar

APL qaytmoqda. SHogird ustozga qarshi - "Man Siti" - "Arsenal" (prevyu)

Bugun Angliya Premer-ligasi doirasida qoldirilgan 28-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Pep Gvardiola shogirdlari restartdan so'ng ilk o'yinini o'z maydonida Mikel Artetaning jamoasiga qarshi o'tkazadi. Takidlash kerakki, jamoalar mart oyi boshidan beri o'yinlar o'tkazishmagan.

SHogird ustozga qarshi - dekabr oyida Mikel Arteta "Manchester Siti"da Pep Gvardiolaning yordamchisi bo'lib ishlayotgan edi, ammo hozir 37 yoshli ispaniyalik London jamoasini boshqarmoqda. Mish-mishlarga qaraganda, Pep Mikelni qo'yib yuborish niyatida bo'lmagan, uni hech bo'lmasa mavsum so'nggiga qadar jamoada olib qolmoqchi bo'lgan. Arteta esa shu bilan birgalikda mustaqil murabbiylikka tayyor edi - buni Gvardiola tushungan. Arteta "Arsenal"ga kelganidan so'ng ko'p narsalar yaxshi tomonga o'zgardi: 80 millionlik Nikolya Pepe yaxshiroq ko'rindi, SHkodran Mustafi o'ynay boshladi, himoyadagi o'yin yaxshilandi va eng asosiysi, "kanonirlar" yil boshidan beri Premer-ligada umuman mag'lubiyatga uchrashmadi. Gvardiola jamoasi haqida gapiradigan bo'lsak, Leroy Sane nihoyat bugungi o'yinda maydonga tushishga tayyor. Eslatib o'tamiz, Gvardiola jamoasi birinchi davrada "Arsenal"ni "Emireyts"da 3:0 hisobida taslim etgan edi.

Taxminiiy tarkiblar:


Qiziqarli faktlar:

- "Manchester Siti" APLdagi so'nggi 33ta uy uchrashuvidan 28tasida g'alaba qozondi.

- "Arsenal" Premer-ligada so'nggi 5ta safar o'yinida durang o'ynadi.

- "SHaharliklar" "to'pchilar"ga qarshi so'nggi 6ta o'yinning barchasida g'alaba qozonishgan.

- "Arsenal" APLdagi so'nggi 3ta o'yinning birinchi taymida durang o'ynab, o'yin yakunida g'alaba qozondi.

- "Man Siti" "Arsenal"ga qarshi barcha musobaqalardagi so'nggi 6ta o'yinning 5tasida kamida 3ta gol urmoqda.

- "Man Siti" Premer-liga doirasidagi so'nggi 9ta uy uchrashuvining 8tasida kamida 2ta gol urmoqda.


Angliya Premer-ligasining 28-turga qadar bo'lgan turnir jadvali


Manchester City

Raheem Sterling - 45', Kevin De Bruyne - 51', Phil Foden - 90'

Premier League . 28-tur

18/06/2020, 01:15

0
:
3
Tugadi

Arsenal

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
45'  Raheem Sterling
51'  Kevin De Bruyne
65'  David Silva (Bernardo Silva)
65'  Riyad Mahrez (Phil Foden)
70'  Kevin De Bruyne (Rodri)
70'  Aymeric Laporte (Fernandinho)
79'  Rodri
80'  Gabriel Jesus (Sergio Aguero)
90'  Phil Foden
8'  Granit Xhaka (Daniel Ceballos)
24'  Pablo Mari (David Luiz)
49'  David Luiz
67'  Matteo Guendouzi (Ainsley Maitland-Niles)
67'  Edward Nketiah (Alexandre Lacazette)
67'  Joseph Willock (Reiss Nelson)
76'  Kieran Tierney

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика