APL. Petr CHex 4-bor Oltin qo'lqop sohibi bo'ldi
18 may 2016 08:25
Yangiliklar


APL. Petr CHex 4-bor Oltin qo'lqop sohibi bo'ldi
Arsenal darvozaboni Petr CHex bu mavsumda Angliya chempionatida 16ta o'yinda o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi va Oltin qo'lqop sohibiga aylandi.
Agar Manchester Yunayted posboni David De Xea (15ta quruq o'yin) kecha gol o'tkazmaganida sovrin unga ham nasib qilardi. Biroq Bornmut bilan o'yinning 90+3-daqiqasida himoyachi Kris Smolling o'z darvozasiga gol urib qo'ydi.
SHunday qilib, CHex to'rtinchi bor ushbu sovringa ega chiqdi va rekordni takrorladi. Bunga qadar Manchester Siti posboni Jo Xart ham to'rt marta bu natijaga erishgan.
CHex ikkita turli klublarda o'ynab (CHelsi, Arsenal) Oltin qo'lqopni olgan ilk darvozabonga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar