APL. Oyning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun da'vogarlar aniqlandi

Mirjalol Normatov
2 noya 2018, 20:12
APL matbuot xizmati oktyabr oyida eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar nomini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, da'vogarlar ro'yxatidan Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"), Eddi Xau ("Bornmut"), Kris Xyuton ("Brayton") va Mauricio Sarri ("Chelsi") o'rin oldi.

Oktyabr oyida "Manchester Siti" 1 durang va 2 g'alaba qayd etdi. "Chelsi"da ham shunday ko'rsatkich. "Bornmut" 4 o'yinda g'alaba qozondi va 1 bora durang o'ynadi. "Brayton" ham uchala o'yinda raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: premierleague.com