So’nggi yangiliklar

22:11ОКМК Россия жамоасига имкониятни бой берди  0 21:50Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  44 21:40"Шўртан" Тожикистон клуби билан муроса кўчасини танлади  0 21:33Назорат ўйини. "Ғазалкент" Чехиянинг "Ходонин" клубига имкониятни бой берди  0 21:32"Андижон" Қозоғистон жамоасига ютқазди  1 21:15Эрон. "Персеполис" сафарда мағлуб бўлди, Игорь Сергеевдан супер гол!  0 21:05"Хоразм" Виктор Мозес тўп тепадиган клуб устидан ғалаба қозонди  0 20:47"Нефтчи" Қирғизистон клубини тор-мор қилди  2 20:41"Локомотив" Анталиядаги еттинчи назорат ўйинида Грузия жамоасига ютқазди  0 20:19Ироқ юлдузлар лигаси. “Эрбил” ўз уйида мағлубиятга учради  2 19:27Суперлига клуби Неъматовни сотиб олмоқчи  17 19:21"Бунёдкор" Қозоғистон клубини мағлуб этди  0 18:50Англия кубоги ўйини тўр тешилиши сабабли кеч бошланди  4 18:28Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  6 17:51"Гол Гохар" — "Персеполис". Таркиблар маълум  3

APL. "Manchester Yunayted" yana mag'lub bo'ldi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" yana mag'lub bo'ldi

APLning 8-turi doirasida "Nyukasl" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

Nyukasl – Manchester Yunayted 1:0

6 oktyabr, 20:30, "Sent-Jeyms Park"

Gol: Metyu Longstaff (72).

Nyukasl – Dubravka, Yedlin, SHar, Laskelles, Klark, Villems, Metti Longstaff, SHon Longstaff, Sent-Maksimin (Atsu, 83), Joelinton (Keroll, 56), Almiron (Kraft, 90).

Manchester Yunayted – De Xea, Dalot (Roxo, 60), Tuanzebe, Maguayr, Yang (CHong, 86), Fred, Maktominay, Andreas, Mata (Grinvud, 66), Jeyms, Reshford.

Zaxira o'yinchilari: Romero, Markos Roxo, Uilliams, Matich, Gomes, CHong, Grinvud.

Ogohlantirish: MakTominey (30), Almiron (66).

YANGILASH

Nihoyat, amallab uchrashuvni ham tugatib oldik. Zerikarli uchrashuvni ko'rganimiz uchun jamoalarga tashakkur bildiramiz.

90. 4 daqiqa davomida zerikarli o'yinni tomosha qilamiz.

80. Fred ham uzoq masofadan zarba berishga harakat qilib ko'rdi. Ammo noaniq.

75. Tuanzebening jarimadan uzatgan to'piga Roxo boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

72. GOOOOOOOOOLLLL!!! Maksimin uzatgan pasni Lonstaff taxminan 22 metrlardan darvozaga joylab qo'ydi, 1:0! "Nyukasl"ning ilk aniq zarbasi golga aylandi.

71. MYU yana bir xavfli vaziyat yaratdi. Jeymsning qanotdan uzatgan pasini himoyachilar qaytarib yubordi. Aks holda Reshford gol kiritishi mumkin edi.

69. Xavfli vaziyattt!!!! Yang ajoyib vaziyatga chiqib borib, pas bergandi. To'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

65. Qanotdan uzatilgan to'pga Keroll boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

59. XAVFLIIII!!!!! Pereyraning qanotdan uzatgan to'piga Jeyms boshi bilan zarba bera olmadi.

57. Jeymsning qanotdan uzatgan pasini himoyachi qaytarib yubordi.

53. Ikkinchi bo'lim ham anchagina zerikarli o'tmoqda.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berilgandi. Ammo unda hech nima ko'rinmadi va bosh hakam taymni yakunlab berdi.

45. ZARBAAAAAAAAAAAAAA!!!! Maguayr hisobni ochishi mumkin edi! Burchakdan uzatilgan to'pga uning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

44. Dalotning to'p uzatishidan keyin SHar to'pni burchakka chiqarib yubordi.

42. Villems zarba berdi. To'pni MYU himoyachilari qaytardi.

41. Pereyra yorildi! U chiday olmadi va MYUning o'yindagi ilk xavfli zarbasini berdi. Dubravka esa to'pni ushlab olishda qiyinchilik sezmadi.

39. ZARBAAAAAAAAA! Maguayr MYUni goldan qutqarib qoldi desak ham bo'ladi. Almiron MYU posboni bilan birga bir holatga chiqib borayotgandi. Uning zarbasini Maguayr qaytardi.

34. Zerikdik. O'yinni ko'rmayotganlar achinmasa ham bo'ladi. Siz ko'rishingiz kerak bo'lgan hech nima yo'q.

28. ZARBAAAAAAAAA!!!!! Metyu Longstaffning zarbasi De Xea qo'riqlayotgan darvozaning ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

26. MYUning ilk hujumi. Yangning qanotdan uzatmasini SHer qaytardi.

23. CHap qanotdan MYU standartga ega bo'lishdi. Yangning to'p uzatmasini Dubravka ushlab oldi.

17. MYUdan ajoyib tiki-taka! Paslar shodasi ajoyib ko'rinish oldi. Afsuski to'p offsaydda turgan Mataga oshirildi.

12. O'yindagi ilk zarba Maksimin tomonidan berildi. U MYUning ikki himoyachisini aldab o'tib, darvoza tomon noaniq zarba berdi. Hozircha MYU hujumga chog'lanmayapti.

8. APLda eng zerikarli o'yin ko'rsatadigan jamoa MYU bo'lsa kerak. Hujum ham qilmaydi, raqibiga ham bunga bermaydi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! 40-soniyadayoq "Nyukasl" yaxshi vaziyatga ega bo'ldi. Almironning zarbasini Yang qaytardi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Barcha shay!

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика