APL. MYU Fergyuson davridan keyin ilk bor bunday natija qayd etdi
09 mar 2020 00:24
Yangiliklar


APL. MYU Fergyuson davridan keyin ilk bor bunday natija qayd etdi
"Manchester Yunayted" Angliya chempionati 29-turi doirasida "Manchester Siti" klubini mag'lub etdi (2:0).
SHu tariqa, Ole-Gunnar Sulsher jamoasi APLning joriy mavsumida ikkinchi bor "shaharliklar"dan ustun keldi. Birinchi davrada MYU safarda 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.
Malumot uchun, "Yunayted" "Siti"ni so'nggi bor 2009/10 yilgi mavsumning ikkala o'yinida ham tor-mor qilgan. O'shanda ser Aleks Fergyuson boshchiligidagi "qizil iblislar" "Old Trafford"da 4:3, mehmonda 1:0 hisobi bilan zafar quchishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar