So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  7 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  5 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  20 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

APL muxlislarsiz futbolga tayyorlanmoqda Yangiliklar

APL muxlislarsiz futbolga tayyorlanmoqda

Teglar :  APL Koronavirus
Bu faqatgina ushbu mavsumda bo'ladi holos.

Angliya koronavirusdan keyin futbolga bosqichma bosqich tayyorlanib kelmoqda: biroq ko'p narsa hali aniq emas, asosiy jihat davlatdagi holatga va mavsumning davom ettirilish sanasiga bog'liq. SHundagina qanday sharoitda o'yinlar o'tishi hal qilinadi.

Ha, UEFA Angliya va SHotlandiyada televizion blekautni rasman bekor qildi, faqatgina ushbu mavsum yakuniga qadar...

Blekaut - Angliyadagi uzoq yillik anana. SHanba kuniga qadar 14:45dan 17:15ga qadar istalgan - ham horij ham mahalliy chempionatlarning o'yinlari televizor orqali ko'rsatilmaydi (bunday muammo 2 yil oldin ham kuzatilgan va o'shanda dastlabki 15 daqiqa shunchaki televizorda ko'rsatilmagandi). Bu qaror 60 yil oldin qabul qilingan, o'shanda klublar asosiy foydani chiptalardan olishni boshlagan paytlar edi, shu orqali ular odamlar uylarida televizor orqali futbol tomosha qilmasdan, stadionga kelishga majbur qilishardi. SHanba kungi 15:00 esa - APL tur o'yinlari uchun asosiy vaqt hisoblanadi va odatda bu pallada bir yo'la 6 o'yin start oladi.

***

• "The Times" xabariga ko'ra, APLdagilar UEFA taqdim qilgan dedlaynga qadar o'yinlarni yakunlab olishni rejalashtirmoqda. Tomoshabinlarsiz o'tadigan o'yinlarni muxlislar uyda yoki internet orqali tomosha qilishlari mumkin.

• Undan tashqari, Britaniya hukumati o'yinlarni katta hajmga ega bo'lgan tekin kanallarda ham ko'rsatishni rejalashtirib, odamlarning televizor uchun qo'shimcha pul to'lab yurmasligini istamoqda. Quyi divizion o'yinlari esa "iFollow" platformasida namoyish qilinadi.

• Nima uchun Angliyadagilar Belgiya variantini qo'llab, chempionatni tugatmayapti? Pullar! Belgiyada teleshartnomalar kamroq. Pro-Liga brodkasterlardan yiliga 80 mln evro oladi holos (kelasi mavsum ushbu summa 100 mln evrogacha oshadi). SHuningdek, ushbu shartnomada agarda o'yinlar to'xtab qolsa yoki chempionat oxiriga etkazilmasa, 16 mln evroni qaytarish kerak bo'ladi.

Angliyada esa holat boshqacha, brodkasterlar o'tkazilmagan o'yinlar uchun kamida 750 mln funtni talab qilishlari mumkin. Evropaning boshqa top-ligalarida ham holat shunday. SHu boisdan UEFA ularga chempionatni yakunlab qo'yishni maslahat bermoqda.

***

SHuningdek, blekaut haqida yana qisqacha. Agarda bu narsa faqatgina inglizlarniki deb o'ylasangiz, biroz adashasiz.

UEFA reglamenti 8-moddasida shunday deyiladi: agarda chempionat o'yinini belgilangan muddatdan boshqa vaqtda o'tkazmoqchi bo'lishsa, federaciyadagilar UEFAga murojaat bilan chiqishlari kerak. Hozircha uchtagina davlat bu borada rasmiy xat yuborishgan: Angliya va SHotlandiya, undan tashqari CHernogoriya ham.

Biroq baribir ularning orasida eng mashhuri - teleshartnomalardan katta foyda ko'radigan Angliya, hozircha u erda blekaut ananasiga qarshi bo'lishmoqda. 2011 yilda APL rahbariyati Karen Merfi pablar tarmog'i egasi bilan sudlashgandi. O'shanda chilimxonalarda o'yinlar noqonuniy ravishda ko'rsatilgan, eng yomoni bu taqiqlangan vaqtlar, yani, blekautda amalga oshirilgandi. Yakunda sud APL tomonida bo'lgandi.

Ushbu ishni ko'rib chiqishda bosh bo'lgan germaniyalik yurist Yuliana Kokott maxsus komissiya bilan birgalikda barcha jihatni o'rganib chiqqan. U blekautlar tomoshabinlarning tashrifiga hech qanaqasiga tasir o'tkazmaydi, degan hulosaga kelgan. Bu anana faqatgina bir necha mamlakatlardagina bor. Masalan, Germaniya Bundesligasi ayni damda Evropada tomoshabini eng ko'p liga bo'lib turibdi, ammo u erda blekaut ananasi yo'q va barchasi joyida.

Ha, ikki davlat futboli o'rtasidagi darajani bir-biri bilan solishtirib bo'lmasa-da, Angliya baribir o'ziga hos futbolga ega bo'lgan kamyob davlatlardan biri bo'lib qolaveradi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика