So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  0 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

APL. "Liverpul"ning g'alabasi "Everton"ni autsayderlar zonasiga tushirib yubordi Yangiliklar

APL. "Liverpul"ning g'alabasi "Everton"ni autsayderlar zonasiga tushirib yubordi

Ushbu bahsda 7 ta gol kiritildi.

Liverpool

Divock Origi - 6', Xherdan Shaqiri - 17', Divock Origi - 31', Sadio Mane - 45', Georginio Wijnaldum - 90'

Premier League . 15-tur

05/12/2019, 01:15

2
:
5
Tugadi

Everton

Michael Keane - 21', Richarlison - 45'

Stadion: Anfield, 53094 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
6'  Divock Origi
6'  Sadio Mane
17'  Xherdan Shaqiri
17'  Sadio Mane
27'  Trent Alexander-Arnold
31'  Divock Origi
31'  Dejan Lovren
45'  Sadio Mane
45'  Trent Alexander-Arnold
72'  Adam Lallana (Jordan Henderson)
73'  Divock Origi (Roberto Firmino)
83'  Trent Alexander-Arnold (Joseph Gomez)
90'  Georginio Wijnaldum
90'  Roberto Firmino
21'  Michael Keane
31'  Richarlison
35'  Djibril Sidibe (Bernard)
45'  Richarlison
45'  Bernard
60'  Dominic Calvert-Lewin (Moise Kean)
67'  Tom Davies
72'  Tom Davies (Morgan Schneiderlin)

Liverpul – Everton 5:2

5 dekabr, 01.15, «Enfild»

Gollar:

1:0 – 6 Origi, 2:0 – 17 SHakiri, 2:1 – 21 Kin, 3:1 – 31 Origi, 4:1 – 45 Mane, 4:2 – 45 Risharlison, 5:2 – 90 Veynaldum.

Liverpul – Adrian, Aleksander-Arnold (Gomes, 83), Lovren, van Deyk, Robertson, Lallana (Xenderson, 72), Veynaldum, SHakiri, Milner, Mane, Origi (Firmino, 73).

Everton – Pikford, Sidibe (Bernard, 35), Mina, Kin, Xolgeyt, Devis (SHnayderlin, 72), Sigurdsson, Risharlison, Ivobi, Din, Kelvert-Lyuin (Kin, 60).

Ogohlantirishlar:

Aleksander-Arnold (27), Risharlison (31), Devis (67).






Uchrashuv yakunlandi. Ajoyib, qiziqarli va gollarga boy kechgan uchrashuvda Yurgen Klopp jamoasining qo'li baland keldi. 

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Gooool! 5:2. Firminoning uzatmasini Veynaldum golga aylantirdi.

85. Mane ketma-ket ikkinchi vazichtida yosh bolalarcha xato qilmoqda. Senegallik hujumchi darvozabonnida aldab o'tdi, ammo...

83. O'yin qahramonlaridan biri Arnold o'rniga uchrashuvni Jo Gomez davom ettiradi.

81. Sado Mane o'yinga nuqta qo'yishi mumkin edi, ammo...

80. Risharllisonning faolligi "Everton"ga burchak zarbasi olib keldi.

72. O'zgarishlar: Tom Devis o'rniga Morgan SHnayderlin, Origi o'rniga Firmino, Lalana o'rniga Henderson maydonga tushdi.

71. Yurgen Klopp shogirdlari mukammal kombinacion o'yin namoyish qilmoqdalar.

68. "Liverpul" safida maydonga tushish uchun Jordan Henderson tayyorgarlik ko'rmoqda.

67. Tom Devis Aleksander-Arnoldga qarshi qo'pollik ishlatgani tufayli ogohlantirildi.

60 . "Everton" tarkibida navbatdagi o'zgarish. Kelvert-Lyuin o'rniga uchrashuvni Moyze Ken davom ettiradi.

55. APL 15-turi doirasidagi bir nechta uchrashuvlar yakunlandi. MYU, "CHelsi", "Sautgempton", "Vulverxempton" va "Lester" klublari g'alaba qozonishdi.

52. Mehmonlar xavfli jarima zarbasini ishlab olishdi, ammo Lyuka Din bergan zarba - noaniq.

48. "Everton" ikkinchi bo'limda tashabbusni qo'lga olish uchun jiddiy harakatlarni boshlab yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim start oldi. 

Uchrashuvning birinchi bo'limi haqida: darvozabonlar hisobidagi seyvlar soni nolga teng.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hisob - 4:2.

45+3. Nimalar bo'lyapti o'zi? Gol urish navbati "Everton"da. Zahiradan maydonga tushirilgan Bernard chap qanotdan oshirib bergan to'pni Risharlison elkasi bilan raqib darvozasiga kiritib qo'ydi! Daxshat! Bitta bo'limda 6 ta gol ko'rishni kutganmidingiz?

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Gol! Birinchi bo'limning o'zidayoq 5-gol urildi. Yana o'sha "Liverpul"ning chap qanotidan tashkil qilingan hujum gol bilan yakunlandi. Arnold va Mane raqib futbolchilariga qarshi hujum qanday bo'lishi haqida dasturil amal tuzib berishdi. Gol muallifi - Mane!

41. Endryu Robertson Kelvert-Lyuin bilan kurashda yutqazdi va jarima maydonchasining yonginasida qoida buzishga majbur bo'ldi.

35. "Everton" birinchi taymdayoq o'zgarishga qo'l urdi. Sidibe o'rniga o'yinni Bernard davom ettiradi.

Goooool! SHu daqiqaning o'zida Origi o'z nomiga dublni rasmiylashtirdi. Lovrendan uzatmani qabul qilib olgan hujumchi to'pni to'rga darvozabonning ustidan oshirib tashladi.

31. Risharlison SHakiriga nisbatan judayam qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.

25. Domenik Kelvert-Lyuin jarima maydonchasiga bostirib kirib zarba berishni maqsad qilgandi, ammo van Deyk bor ekan, bunday holatlar kam bo'ladi.

21. Gooooolll! "Everton" hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi Maykl Kin!

20. Risharlisonga qarshi qo'pollik ishlatildi. "Everton" standart vaziyatga ega bo'ladi.

16. Goooool! SHunday hujumlardan yana biri muvaffaqiyat keltirdi. Senegallik futbolchi etkazib bergan to'pni SHakiri raqib darvozasiga kuzatib qo'ydi.

15. Yurgen Klopp shogirdlarining hujumlari asosan Robertson va Mane harakatlanayotgan chap qanodan tashkil qilinmoqda.

8. Mezbonlar zahira o'rindig'i:

6. Goooooooooolllll!!! "Everton" hujumini qaytarib qarshi hujumga o'tgan "Liverpul" o'yinda hisobni ochdi. To'p bilan uzoq masofani bosib o'tgan Sado Mane Origini Pikford bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqarib yubordi. Belgiyalik futbolchi esa darvozabondan ham o'zib ketdi va bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. 1:0.

1. Uchrashuv boshlandi. O'yinni "Liverpul" futbolchilari boshlab berishdi.

Uchrashuv oldidan bir daqiqalik sukut saqlanmoqda.

O'yinga tashrif buyurgan yosh muxlislar:

"Everton":

"Liverpul":

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari bilan yana bir bor tanishib chiqing. "Liverpul"ning optimal tarkib bilan maydonga tushmayotganligi mehmonlarning imkoniyatlarini ko'paytiradi va uchrashuvni yanada qiziqarli o'tishini taminlaydi.

– Assalomu alaykum, Championat.asia sayti foydalanuvchilari. Bugun APLda bir qator uchrashuvlar o'tkazilayotganidan xabaringiz bor. SHunday uchrashuvlardan yana birini siz bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Biz ushbu sahifa orqali uchrashuvda sodir bo'layotgan voqealar haqida so'z yuritishdan tashqari, etiboringizga o'yin jarayonidan bir qator qiziqarli fotosuratlarni ham taqdim qilib boramiz. Marhamat, siz ham ushbu uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o'zaro o'rtoqlashing va sevimli jamoangizni qo'llab quvvatlang.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика