So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

APL. Markaziy uchrashuvda Gvardiola Rojersdan ustun keldi Yangiliklar

APL. Markaziy uchrashuvda Gvardiola Rojersdan ustun keldi

Ushbu uchrashuv saytimizda matnli translyaciya qilindi.

Manchester City

Riyad Mahrez - 30', Ilkay Gundogan - 43', Gabriel Jesus - 69'

Premier League . 18-tur

21/12/2019, 22:30

1
:
3
Tugadi

Leicester City

Jamie Vardy - 22'

Stadion: Etihad Stadium, 54415 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
30'  Riyad Mahrez
30'  Benjamin Mendy
43'  Ilkay Gundogan
59'  Kevin De Bruyne
69'  Gabriel Jesus
69'  Kevin De Bruyne
71'  Ilkay Gundogan
79'  Ilkay Gundogan (Rodri)
89'  Raheem Sterling (Phil Foden)
90'  Kevin De Bruyne (Sergio Aguero)
22'  Jamie Vardy
22'  Harvey Barnes
35'  Caglar Soyuncu
51'  Wilfred Ndidi
64'  Harvey Barnes (Marc Albrighton)
68'  Ayoze Perez (Demarai Gray)
77'  Youri Tielemans (Dennis Praet)

Manchester Siti – Lester 3:1 

21 dekabr, 22.30, «Etixad Stedium»

Gollar:

0:1 – 22 Vardi, 1:1 – 30 Marez, 2:1 – 43, penalti Gyundogan, 3:1 – 69 Gabriel Jezus.

Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Uoker, Mendi, Fernandino, de Bryuyne (Aguero, 90), Gyundogan (Rodri Ernandes, 79), Marez, Bernardu Silva, Sterling (Foden, 89), Gabriel Jezus.

Lester – SHmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, CHiluell, Seyundjyu, Tilemans (Prat, 77), Meddison, Ndidi, Barns (Olbrayton, 64), Peres (Grey, 68), Vardi.

Ogohlantirishlar:

Seyundjyu (35), Ndidi (51), de Bryuyne (59), Gyundogan (71).


Uchrashuv yakunlandi

90+1. De Bryuyne o'rniga Aguero maydonga tushdi.

Uchrashkvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90. "Lester" navbatdagi hujumini tashkil qilishi mumkin, ammo yana muvaffaqiyatsizlik.

89. Rahim Sterling o'rniga uchrashuvni Fil Foden davom ettiradi.

82. "SHaharliklar" to'pni o'zlarida ushlab turishibdi.

79. O'zgarish. Rodri Gyundoganning o'rniga maydonga tushdi.

78. Ilkay Gyundogan maydonga yiqildi. Germaniyalik futbolchi uchrashuvni davom ettira olmaydi shekilli.

77. O'zgarish. Rojers uchinchi imkoniyatidan ham foydalanib bo'ldi. Denis Prat Yuriy Tilemagsni almashtirdi.

74. Agar o'yinda shu hisob saqlanib qolsa, "Manchester Siti"ning ochkolari soni 38 taga etadi va "Lester" bilan oradagi farqni bir ochkogacha qisqartiradi.

69. Bugun de Bryuyne nomini aytaverib charchadik. Nachora. Bugun uni hech kim to'xtatib qololmayapti. Bu gal oshni pishirdi va Gabriel Jesusning og'ziga solib qo'ydi. GOL! 3:1.

68. O'zgarish. Ayoze Peres o'rniga uchrashuvni Demarey Grey davom ettiradi. 

66. Bu gal "tulkilar"ni Kasper SHmeyxelning mahorati qutqarib qoldi. Zarba muallifi yana o'sha tinib-tinchimas Marez.

64. O'zgarish. Barns o'rniga Martin Olbrayton maydonga tushirildi.

62. Ha, o'yinni davom ettira olmaydigan ko'rinadi. 

61. Ederson bilan to'qnashib ketgan Barns jarohatlandi chog'i.

59. "Manchester Siti" futbolchilari darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib, vaziyatdan foydalana olishmadi. Hakamga etiroz bildirgan Kevin de Bryuyne oglantirildi.

58. Marez vaziyatlardan foydalana olmaslikda davom etadi. Bu gal Mendi chap qanotdan boshlab bergan hujumni yakuniy nuqta qo'yilmadi.

54. Sterling ajoyib harakatlar bilan zarba poziciyasiga kirib bordi, ammo to'pni Marezga oshirib berdi. Jazoirlik futbolchi esa sobiq jamoasini ikkinchi bor ranjitishni xohlamadi.

51. De Bryuyneni follarsiz to'xtatib qolishning iloji bo'lmayapti. Bu gal Vilfrid Ndidi ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'limni mezbonlar boshlab berishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Bo'lim oxirida "Lester" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo...

Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi.

43. Ilkay Gyundogan penaltini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi. 2:1.

42. VAR tizimiga murojaat qilindi. Hammasi to'g'ri jarima bor.

41. Ana xolos! Penalti! Rikardu Pereyra Sterlingni chalib yiqitdi.

40. De Bryuyne yana bir kuchli zarba yo'lladi. Kasper to'pni qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

35. Ilk sariq kartochka. De Bryuyneni qo'pollik bilan to'xtatib qolgan So'yunchu ogohlantirildi.

30. O'yinda faolligi bilan ajralib turgan Marez hisobni tenglashtirdi. 1:1. Jazoirlik futbolchi yo'llagan zarba rikashet oqibatida SHmeyxel darvozasiga borib tushdi.

28. Yana qarshi hujum, yana Vardi. Ammo bu gal uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

22. Gooooooooool!!! Jeymi Vardi Fernandinodan qochib ketib, to'pni Edersonning ustidan o'tkazib darvozaga tashladi. 0:1.

20. Ayoze Peres o'zini yaxshi his qilmayapti, ammo u o'rnidan ko'tarildi va uchrashuvni davom ettiradi.

19. To'liq ustunlik Gvardiola shogirdlari tomonga o'tib ketdi. Mehmonlar asosiy etiborini qarshi hujumlarga qaratmoqda.

17. "SHaharliklar" hisobni ochishiga bir lahza qoldi. Jazoirlik Riyad Marezning faolligi va to'pni markazroqqa etkazib berishi golga aylanishi mumkin edi. Ammo vaziyat "Lester" foydasiga hal bo'ldi.

14. Kevin de Bryuynedan xavfli zarba! Riyad Marez tashlab bergan to'pga belgiyalik futbolchi kuchli zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

10. Kevin de Bryuyne ajoyib uzatma bilan Sterlingni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubormoqchi edi, ammo angliyalik futbolchi himoyachilar taqibidan qocha bilmadi.

9. Mezbonlar to'purari Serxio Aguero uchrashuvni zahira o'rindig'ida boshlaganidan xabaringiz bor.

6. Brendon Rojers va Pep Gvardiola:

3. Dastlabki daqiqalarda "shaharliklar"ning Marez harakatlanayotgan o'ng qanoti faollik namoyish qilmoqda.

1. O'yinni "Lester Siti" klubi futbolchilari boshlab berishdi.

Jamoalarning o'yinoldi mashg'ulotlari:

Stadionga muxlislar tashrifi:

O'yin "Etixad Stedium"da o'tkaziladi:

Uchrashuv boshlanish vaqti (butun dunyoda):

Manchester Siti – Lester

21 dekabr, 22.30, «Etixad Stedium»

Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Uoker, Mendi, Fernandino, de Bryuyne, Gyundogan, Marez, Bernardu Silva, Sterling, Gabriel Jezus.

Lester – SHmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, CHiluell, Seyundjyu, Tilemans, Meddison, Ndidi, Barns, Peres, Vardi.

Uchrashuv boshlanishiga 30 daqiqa qoldi. Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

Assalomu alaykum, qadrli saytimiz foydalanuvchilari. Bugun APL 18-turi doirasida bir nechta uchrashuvlar o'tkazildi. Endi Angliya chempionati ishqibozlarining etibori Manchester shahriga qaratiladi. Musobaqa jadvalining 2 va 3-pog'onalarini egallab turgan jamoalar o'rtasidagi markaziy uchrashuvni siz bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Marhamat, siz ham o'yin haqidagi fikrlaringizni biz bilan o'rtoqlashishingiz mumkin. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика