So’nggi yangiliklar

09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  1 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  6 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  9 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  0 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  8 08:00КТС тасвирга олган ўйинда "Навбаҳор" ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мазгавой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  10 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  6 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  9 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  1 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  14 00:40Алишер Одилов: "Голим ҳисобланганда, ўйин бошқача бўларди. Буёғи ҳакамнинг виждонига ҳавола"  13

APL. "Manchester Yunayted" Fergi-Taymda "bo'rilar"ni mag'lub etdi va 2-o'ringa qaytdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" Fergi-Taymda "bo'rilar"ni mag'lub etdi va 2-o'ringa qaytdi

APLning 16-turi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vulverxempton"ni qabul qildi.

Manchester Yunayted – Vulverxempton 1:0

Gol: Reshford (90+3, 1:0).

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Telles (SHou, 46), Bayi, Maguayr, Matich, Pogba, Brunu Fernandesh (Maktomini, 90+5), Kavani, Grinvud (Marsyal, 65), Reshford.

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Xuver, Ait-Nuri, Koudi, Saiss, Vitinya, Ruben Nevesh, Netu, Moutinyu, Traore, Kilmen.

Ogohlantirish: Reshford (50), Patrisiu (73).

Manchester United

Marcus Rashford - 90'

Premier League . 16-tur

30/12/2020, 01:00

0
:
1
Tugadi

Wolverhampton Wanderers

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
46'  Alex Telles (Luke Shaw)
50'  Marcus Rashford
64'  Mason Greenwood (Anthony Martial)
90'  Marcus Rashford
90'  Bruno Fernandes
90'  Bruno Fernandes (Scott McTominay)
55'  Vitinha (Daniel Podence)
68'  Pedro Neto (Fabio Silva)
73'  Rui Patricio

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Mankunianliklardan navbatdagi g'alaba! Fergi-taym asta-sekinlik bilan Ole-taymga aylanib bormoqda! Klub muxlislarini tabriklab qolamiz.

90+3. GOOOOOOOOLLLLL!! Reshfordning zarbasi raqibiga tegib, golga aylandi!!! Brunudan navbatdagi assist!!

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. MYU uzoq vaqt hujum uyushtirdi. Pogba esa to'pni yo'qotdi va fol ishlatdi.

86. "Vulvz" himoyaga yotib olgan. MYU uchun og'ir bo'lmoqda devordan o'tish.

83. De Xea "shkaf" raqibi bilan to'qnashib ketdi. Kimligini bilgan bo'lsangiz kerak-a...)

81. ZARBAAAAAAA!!! Silvaning kuchli zarbasini De Xea qaytardi!!! David jamoani goldan saqlab qoldi!

79. UXXXXX!!!! Marsyal Bayining pasini qabul qilib oldi va deyarli birga bir holatga chiqib bordi. Himoyachilar ulgurishdi. Bu vaziyatda offsayd ham qayd etildi.

77. Endi Marsyal yana bir qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

75. ZARBAAAAAAA!! Pogbaning kuchli zarbasini Patrisiu ushlab oldi!!

72. DE XEAAAAAA!! Raqibining boshi bilan yo'llagan zarbasini David qaytarib yubordi!

70. G'alati holat. Gol inobatga olinmadi, biroq penalti ham berilmadi.

69. GOOOOOLLLL!! YO'O'O'QQQ!! Kavanining goli inobatga olinmadi. Ammo bu erda to'p "Vulvz" futbolchisining qo'liga ham tegdi.

64. Brununing havolatib oshirgan to'piga Reshford boshi bilan noaniq zarba yo'lladi. Yaxshi vaziyat ko'kka sovurildi.

57. Pogba hujumdagi Reshford tomon to'pni uzatgandi. Patrisiu to'pga peshvoz chiqdi.

50. Hujumga o'tib ketayotgan raqibini yiqitgani uchun Reshford ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, qaytamiz. Futbolchilar ham qaytishmoqda. Maydonda Lyuk SHou ko'rinish berdi. U Tellesning o'rniga maydonga tushgan ko'rinadi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. UXXXXXXX!! "Vulvz" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Maguayr jamoani yaqqol goldan qutqarib qoldi.

39. DE XEAAAAAAAAAA!!! SUPER REAKCIYA!! Jarimadan oshirilgan to'pga Saiss kuchli zarba berdi. David to'pni burchakka chiqarib yubordi.

38. Maguayr o'z jarima maydonchasi yonida raqibini yiqitdi. "Vulvz"da xavfli vaziyat!

34. UXXXXXX!!! Brununing zarbasini Rui qaytardi!!!!! O'yinda golga tortadigan ilk chinakam vaziyatni ko'rdik!

30. "Yunayted" asosan ikkinchi qavat orqali raqib postiga yo'l topishga harakat qilmoqda. Biroq to'p uzatishlarini Patrisiu ushlab olishda qiynalmayapti.

28. "Vulverxempton" hujumga o'tdi. Ait-Nurining kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

26. "Bo'rilar" tezkor qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Nevesh tomon oshirilgan to'pni Maguayr egallab oldi.

23. ZARBAAAAAA!! Jarimadan oshirilgan to'pga Saiss boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi. De Xea vaziyatni nazorat qilib turgandi.

21. "Vulvz" hujumga o'tdi.  Kilmenning markaz tomon uzatgan pasini Maguayr qaytarib yubordi.

19. Hozircha o'yin tempi past. Vaziyatlar yaratilmayapti.

13. ZARBAAAAAAA!!! Netuning kuchli zarbasini De Xea mushtlari bilan urib yubordi. Netu, gol netu)

12. Pogba hujumdagi Grinvud tomon to'pni uzatgandi. To'p to'g'ri darvozabon tomon ketdi.

9. UXXXXX!! Traore MYU himoyachilarini ketma-ket aldab, jamoadoshiga to'pni oshirgandi. Biroq Saiss vaziyatdan foydalana olmadi.

3. Xavfli vaziyat! Tellesning Kavani tomon uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun "Manchester Yunayted" hamda "Vulverxempton" jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni Mirjalol Normatov bilan kuzatib boring.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика