So’nggi yangiliklar

14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  7 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  12 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  5 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  15 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  13 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  7 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   4 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  5 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  2 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  5 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  3 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  2 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  6

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vulverxempton"ni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vulverxempton"ni mag'lub eta olmadi

APLning 25-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Vulverxempton" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Manchester Yunayted" - "Vulverxempton" 0:0

"Manchester Yunayted": De Xea, Van Bissaka, Lindelof, Maguayr, SHou, Fred, Pereyra (Grinvud, 72), Mata (Dalot, 88), Fernandesh, Jeyms (Lingard, 88), Marsyal.

"Vulverxempton":  Ruy Patrisiu, Doerti, Boli, Koudi, Kastro, Moutinyu, Saiss, Ruben Nevesh, Traore (Podense, 76), Diogu Jota (Netu, 70), Ximenes (Dendonker, 90+1).

Ogohlantirish: Fernandesh (55), Moutino (71), Lindelof (79), SHou (84).

Manchester United

Premier League . 25-tur

01/02/2020, 21:30

0
:
0
Tugadi

Wolverhampton Wanderers

Stadion: Old Trafford, 73363 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
55'  Bruno Fernandes
72'  Andreas Pereira (Mason Greenwood)
79'  Victor Nilsson Lindeloef
84'  Luke Shaw
88'  Daniel James (Diogo Dalot)
88'  Juan Mata (Jesse Lingard)
57'  Ruben Neves
70'  Diogo Jota (Pedro Neto)
71'  Joao Moutinho
76'  Adama Traore (Daniel Podence)
90'  Raul Jimenez (Leander Dendoncker)

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI. "Manchester Yunayted" ketma-ket ikkinchi o'yinda ham "Old Trafford"da gol ura olmayapti.

90+5. ZARBAAAAAAAAAAA!!!! Van Bissakaning qanotdan uzatgan pasiga Dalot boshi bilan zarba bergandi. Biroz noaniq. MYU so'nggi soniyalarda g'alabani ilib ketishi mumkin edi.

90+2. Himoyada bunday zich o'ynaydigan jamoaga gol urish juda qiyin.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Maguayrning zarbasini darvozabon qaytardi.

86. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA!!!! XIMENESSS!!!!! Raulning yaqin masofadan bergan zarbasini David de Xea qaytardi. Super Seyv! Biroq bu pallada offsayd ham qayd etilgan ekan.

85. Xavfli vaziyat! Podensening qanotdan uzatgan pasiga Doerti zarba bergandi. Maguayr xavfni bartaraf etdi.

84. MYU hujumni davom ettirayotgandi. Marsyal esa taxminan 4 yoki 5-marta jamoa hujumini buzdi.

82. MYU katta bosim uyushtirmoqda. Biroq zarba va vaziyatlar yo'q. 

78. "Bo'rilar" himoyaga qamalib olishgan. Vulverxempton shahridagi asosiy avtobus "Old Trafford"ga kelgan ko'rinadi.

75. O'yinda kichik to'xtalish. Trenajyor murabbiyiga o'xshaydigan Traore jarohat olgan ko'rinadi. Katta ehtimol bilan u almashtiriladi.

73. Moutinoning zarbasi tribuna tomon ketdi.

72. Pereyraning zarbasini Patrisiu ushlab oldi.

70. ZARBBAAAAAAAA!!!! DE XEADAN SUPER SEYV!!! Ximenesning yo'llagan kuchli zarbasini David ajoyib reakciyasi bilan qaytarib qoldi.

68. ZARBAAAAAAA!!! Bruno Fernandeshning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Patrisiu burchakka chiqarib yubordi.

60. ZARBAAAAAAAA!!! MYUning ilk xavfli zarbasini ko'rdik. Bugungi o'yinni ajoyib o'tkazayotgan Mata 18 metrlardan ajoyib zarba yo'lladi. To'p darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

59. Myunxendagi bo'lgan voqea sababli "Old Trafford" qarsak chalayotgan bir pallada Jeyms raqib posti tomon zarba berdi. Rikoshet orqali to'p Patrisiuning qo'liga borib tushdi.

58. ZARBAAAAA!!! Fernandeshning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Patrisiu ushlab oldi.

57. Nevesh Matani qo'pollik bilan yiqitdi. MYUda standart vaziyat.

53. UXXXXXXXXX!!!!! Jota hozir MYU himoyasini aldab o'tib, zarba bermoqchi bo'lgandi. Maguayr bu pallada raqibiga qo'li bilan xalaqit qilishga ulgurdi. 

51. Hakam MYUni kechirdi. Van Bissaka o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynagandi. Biroq Pol Tirni bu pallada penaltiga asos yo'qligini tushuntirdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Demak, jamoalar "Glori, Glori Man Yunayted" madhiyasi sadolari ostida "Old Trafford"ga chiqib kelishdi. Biz ham o'yinga qaytamiz.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. SHunda ham "Vulverxempton" kichik bosim uyushtirmoqda.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. Juda zerikarli taymni o'tkazdik amallab.

44. Adama Traore Maguayr bilan to'p uchun kurashdi. Maguayr to'pni olib qo'ydi. Keyinchalik Traore elkasini ushlab erga yotib oldi. Uning elkasi chiqib ketgan bo'lishi ham mumkin.

40. MYU taxminan 3 daqiqa davomida raqiblariga to'p bermasdan pozicion hujumni rivojlantirdi. SHouning qanotdan uzatgan pasiga Fernandesh aniq zarba bergandi. To'pni uning vatandoshi Patrisiu ushlab oldi.

36. ZARBAAAAAA!!! Fitnes klubdagi murabbiy Adama Traore "Vulverxempton"ning uzoq davom etgan hujumini chiroyli va noaniq zarba bilan yakunladi.

33. ZARBAAAAAA!!! Fernandesh uzoq masofadan qo'rqmasdan zarba berdi. Aylanma traektoriya hosil qilgan to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

29. Endi Pereyra MYU jarima maydonchasi yaqinida Jotani yiqitdi. "Bo'rilar"da qulay imkoniyat bor.

28. Saiss o'z jarima maydonchasi yaqinida Marsyalga qarshi fol ishlatdi. MYUda yaxshi vaziyat bo'lgandi. Biroq jarimadan uzatilgan to'pga hech kim zarba bera olmadi.

26. MYUda vaziyat o'zgarganicha yo'q. Mata hali hamon o'yinni o'ziga olmoqda. Hozir esa uning pasidan keyin Maguayrning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

23. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!!! Ximenesning qanotdan uzatgan pasini Jota golga aylantirishi mumkin edi. Lindelof so'nggi pallada to'pni qaytardi.

20. UXXXXXX!!!! Burchakdan oshirilgan to'pga Doerti boshi bilan aqlli zarba berdi. Darvozaga tushayotgan to'pni De Xea mushtlari bilan urib yubordi.

18. Asta-sekinlik bilan Brunoning effekti sezila boshlanmoqda. Uning pasidan keyin Mata chap qanotdan to'pni erlatib darvoza oldiga pas berdi. Pereyraning zarbasi noaniq ketdi. Ayni damda uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchi Mata bo'lib turibdi.

Dastlabki 15 daqiqalikdagi zarbalar: 0 (0) - 4 (1).

14. Futbolchilar taxminan 10 soniyaga o'zlaridan jangchini yasab olishdi. Marsyal avvaliga raqibiga qarshi qattiqroq o'ynadi, keyinchalik Bruno Fernandesh raqibiga qarshi juda xavfli o'yin ko'rsatdi.

11. Dastlabki dekadada birorta xavfli vaziyat ko'rmadik. Umid qilamizki, qolgan 80 daqiqa qiziqroq o'tadi.

9. Umuman olganda "Vulvez" xavfli vaziyat yaratgandi. Jotaning pasini Ximenes qabul qila olmadi.

7. Hozircha MYUning asosiy yukini Mata o'ziga qabul qilmoqda. Barcha kutgan Bruno hozircha ajralib turganicha yo'q.

5. O'yindagi ilk burchak zarbasi ham "bo'rilar" tomonidan ijro etildi. Burchakdan oshirilgan to'pga Saiss anchagina noaniq zarba berdi.

4. Uchrashuvdagi ilk vaziyat mehmonlar tomonidan sodir etildi. Ruben Neveshning jarimadan yo'llagan zarbasini Pereyra qaytarib yubordi.

2. Bugun portugaliyalik Bruno Fernandesh Portugaliya termasiga qarshi bahs olib boradi)

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay!

- Ikki jamoa azolari "Old Trafford"ga chiqib kelishdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика