So’nggi yangiliklar

15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  1 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  3 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  0 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  5 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  6 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15

APL. MYU o'z maydonida yana g'alaba qozona olmadi Yangiliklar

APL. MYU o'z maydonida yana g'alaba qozona olmadi

APLning 7-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Everton" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Everton 1:1

Gollar: Marsyal (43, 1:0), Taunsend (65, 1:1).

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Lindelef, SHou, Fred (Pogba, 70), Brunu Fernandesh, Maktomini, Kavani (Ronaldu, 57), Marsyal (Sancho, 57), Grinvud.

Everton – Pikford, Godfri, Kin, Mina, Din, Taunsend, Allan, Dukure, Grey (Dobbin, 90+2), Rondon, Gordon (Devis, 72).

Ogohlantirish: Grinvud (34), Dukure (76).

Manchester United

Anthony Martial - 43'

Premier League . 7-tur

02/10/2021, 16:30

1
:
1
Tugadi

Everton

Andros Townsend - 65'

Stadion: Old Trafford, 73128 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
34'  Mason Greenwood
43'  Anthony Martial
43'  Bruno Fernandes
57'  Anthony Martial (Jadon Sancho)
57'  Edinson Cavani (Cristiano Ronaldo)
70'  Fred (Paul Pogba)
65'  Andros Townsend
65'  Abdoulaye Doucoure
72'  Anthony Gordon (Tom Davies)
76'  Abdoulaye Doucoure
85'  Yerry Mina
90'  Demarai Gray (Lewis Dobbin)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. MYU o'z maydonida yana g'alabaga erisha olmadi.

90+4. MYU shunday ijrochilari bilan oddiy raqiblarga ochkolarni ulashaversa, chempionlikni o'ylamasa ham bo'ladi.

O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Sancho juda qulay imkoniyatni qo'ldan chiqardi. Uning zarbasi o'xshamadi.

88. Grinvud bugungi o'yinni juda yomon o'tkazdi. Aslida  Kavanining o'rniga Meysonni zaxiraga olish kerak edi.

85. GOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Mina jamoasini hisobda oldinga olib chiqmoqda!!!

84. ZARBAAAAAAAAA!!! Brununing burchakdan oshirgan to'piga Pogba boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

82. ZARBAAAAAAA!!! Sancho qanotda raqibidan osonlik bilan o'tib ketdi va Pogba tomon oshirdi. Polning aylantirma zarbasiga aniqlik etishmadi.

79. Brunu qanotdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berdi va himoyachi bilan boshlar to'qnashib ketdi.

77. Brununing chiroyli to'p oshirishidan keyin Grinvud raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Bu erda offsayd qayd etildi.

74. ZARBAAAAAAA!! Ronalduning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

72. "Everton" himoyada zich o'ynamoqda. MYU hujumda qiynalyapti.

68. Grinvud raqib jarima maydonchasi ichida yiqitilgandek bo'lgandi. Ammo bu vaziyatga penalti berilmaydi.

65. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! "Everton" ideal qarshi hujum uyushtirdi. Taunsend esa osonlik bilan gol urib ketdi.

61. MYU tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Brununing pasidan keyin Maktomini darvoza tomon zarba bera olmadi.

59. UXXXXX!! Godfri to'p bilan uzoq masofani bosib o'tdi va MYU jarima maydonchasi ichiga kirib keldi. Lindelef vaziyatni bartaraf etdi.

56. Taunsendning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

54. Sancho va Ronaldu maydonga tushishga tayyorlanmoqda. Bu orada yaqinda jarohatidan qaytgan SHou yana jarohat oldi.

49. UXXXXXX!!! Grinvudning kuchli zarbasini Pikford ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+1. Marsyalning zarbasi kuchli chiqmadi.

Bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Marsyal hisobni ochdi!!! Brununing ajoyib pasidan keyin Antoni kuchli zarba yo'lladi. 

39. Greyning jarimadan uzatgan to'pi Minaning boshiga tegib De Xea tomon bordi.

37. MYU ketma-ket ikki vaziyatga ega bo'ldi. Qanotlardan oshirilgan to'plarni himoyachilar qaytarib yubordi.

33. ZARBAAAAAAAA!! "Everton"dan ilk aniq zarba. Godfrining zarbasini De Xea qaytardi. Daviddan ham ilk seyv.

31. XAVFLI VAZIYAT! CHap qanotdan uzatilgan to'pni Taunsend darvozaga yo'llashga harakat qildi. SHou unga halaqit qila oldi. Varan esa to'pni tepib yubordi.

29. Lyuka Din va Skott Maktomini o'rtasidagi kichik bahsli holatdan keyin maydonda janjal boshlanib ketdi.

26. Grinvudning zarbasini Pikford ushlab oldi.

25. UXXXXXX!! Fredning oddiy joydagi xatosidan keyin "Everton" hujumga o'tib ketdi. Rondonning zarbasini Lindelef o'ziga qabul qildi.

21. ZARBAAAAAAAAAA!!! Kavanining boshi bilan yo'llagan zarbasini Pikford qaytardi!! Uchrashuvdagi ilk aniq zarba berildi.

20. MYU yana hujumda. Grinvudning qanotdan oshirgan to'pini Pikford ushlab oldi.

16. ZARBAAAAAA!!! Jarimadan uzatilgan to'pga Kin boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

15. "Everton" MYU darvozasi yonida bosim uyushtirdi va jarima zarbasi ishlab oldi.

11. XAVFLI VAZIYAT!!! Rondon De Xea bilan deyarli birga bir holatga chiqib kelayotgandi. Uning zarbasini Varan qaytardi. To'p Solomonning o'zidan maydonni tark etdi.

9. UXXXXXXXX!! Grinvudning qanotdan darvoza yoniga oshirgan pasi hech kimga tegmasdan autga chiqib ketdi. Varan zarba berishga harakat qilib ko'rgandi.

6. Uchrashuvda ilk zarba. Uan-Bissakaning qanotdan uzatgan to'pini Marsyal boshi bilan darvoza tomon yo'llashga harakat qildi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

3. O'yin mankunianliklarning hujumi bilan boshlandi. SHou va Fernandesh ajoyib paslari bilan raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. To'p himoyachiga tegib, darvozabonning qo'llariga borib tushdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Unda MYU "Everton"ga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика