So’nggi yangiliklar

19:01Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  9 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  1 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  5 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  11 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  6 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0

APL. "Manchester Yunayted" qiyin o'yinda ishonchli g'alabaga erishdi va "Siti" bilan oradagi farqni qisqartirdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" qiyin o'yinda ishonchli g'alabaga erishdi va "Siti" bilan oradagi farqni qisqartirdi

Angliya chempionatining 32-tur bahslari davom etadi.


Manchester Yunayted – Bernli 3:1

Gollar: Grinvud (48, 1:0). Tarkovski (50, 1:1). Grinvud (84, 2:1). Kavani (90+3, 3:1).

Manchester Yunayted – Xenderson, Uan-Bissaka, SHou, Maguayr, Lindelef, Fred (Kavani, 46), Pogba, Maktomini, Brunu Fernandesh, Grinvud, Reshford (van de Bek, 84).

Bernli – Pikok-Farrell, Louton, Teylor, Tarkovski, Mi, Kork, Vestvud, Gudmundsson (Rodriges, 88), Braunxill (Vidra, 88), Maknil, Vud.

Ogohlantirish: Uan-Bissaka (26), Kork (57), Tarkovski (89).

Manchester United

Mason Greenwood - 48', Mason Greenwood - 84', Edinson Cavani - 90'

Premier League . 32-tur

18/04/2021, 21:00

1
:
3
Tugadi

Burnley

James Tarkowski - 50'

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
26'  Aaron Wan-Bissaka
46'  Fred (Edinson Cavani)
48'  Mason Greenwood
48'  Marcus Rashford
84'  Marcus Rashford (Donny van de Beek)
84'  Mason Greenwood
84'  Paul Pogba
90'  Edinson Cavani
90'  Donny van de Beek
50'  James Tarkowski
50'  Ashley Westwood
57'  Jack Cork
88'  Josh Brownhill (Matej Vydra)
88'  Johann Berg Gudmundsson (Jay Rodriguez)
89'  James Tarkowski

YANGILASH

Bo'ldi, tugadi. MYU o'z maydonida ishonchli va qiyin g'alabaga erishdi. "CHaqilmas yong'oq chaqib tashlandi"! 

90+3. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Ajoyib kombinaciya va nuqta! "Bernli"ning boshiga "Tottenxem"ning kuni tushmoqda!!

90+1. ZARBAAAAA!! Fernandeshning zarbasini Tarkovski qaytardi. MYU ikkinchi marta ajoyib vaziyatni yo'qqa chiqardi.

4 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAA!! Ajoyib kombinaciyadan keyin Maktomini masalani hal qilishi mumkin bo'lgandi. Farrell zarbani oyog'i bilan qaytardi.

88. "Bernli"da bir yo'la ikki o'zgarish bo'lmoqda. Ko'ramiz bu o'yinni qanday o'zgartirarkin.

84. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! GRINVUUUUDDDD!!! DUBL!! Uning zarbasi raqibiga tegib, darvozaga kirib ketdi!

84. "Yunayted" tarkibida o'zgarish. Donni van de Bek maydonga tushmoqda. Reshford zaxiraga olindi.

80. "Bernli" burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Undan uzatilgan to'pni Xenderson ushlab oldi.

78. "Bernli" futbolchilari juda ko'p vaqt cho'zishmoqda. SHu boisdan temp yuqorilab keta olmayapti.

74. Tarkovski jarohat olgan ko'rinadi. O'yin to'xtatildi va shifokorlar maydonga tushdi.

70. ZARBAAAAA!! SHouning qanotdan oshirgan to'piga Brunu boshi bilan zarba yo'lladi. Darvozabondan ajoyib seyv!

65. Fernandeshning burchakdan oshirgan to'piga Maguayr boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq.

63. ZARBAAAAA!! Braunxill MYU darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Maknil MYUni goldan qutqarib qoldi.

61. UXXXXXX!! Reshford bir raqibini aldab, zarba yo'llagandi. Tarkovski vaziyat qahramoni.

55. "Yunayted" hujumga o'tdi. SHouning erlatib oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi.

50. GOOOOOOOOOOLLLL!! Burchakdan uzatilgan to'pni Jeyms Tarkovski darvozaga yo'lladi!!! Maguayr bu erda havodagi kurashda raqibiga mag'lub bo'ldi. 

48. GOOOOOOOOOOLLLL!! Reshfordning ajoyib pasini Fernandesh o'tkazib yubordi va ajoyib imkoniyatdan Grinvud foydalandi!

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

- Kutilganidek, Kavani ikkinchi bo'limda maydonga tushmoqda. U Fredning o'rnini egalladi.

Tanaffus!

45+2. ZARBAAAAAAA!!! Taym "Bernli"ning hisobdagi ustunligi bilan yakunlanishi mumkin edi. Ammo zarba noaniq ketdi.

Taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. ZARBAAAA!! Vudning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

41. Taym asta-sekinlik bilan yakuniga etmoqda. Biroq bu hisob taymga yarashmaydi.

38. GRINVUUUUUUUDDDD! Reshfordning ajoyib pasini Meyson bo'm-bo'sh darvozaga kirita olmadi.

36. Reshford simulyaciya ishlatdi. Buni hakam ham, biz ham ko'rdik. Bu erda penalti yo'q edi.

35. MYU hujumga o'tayotgandi. Pogba Fernandesh tomon pas oshirdi. Tarkovski to'pni olib chiqdi.

31. UXXXXX!! Vudning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Bu pallada to'p Maguayrdan o'tib ketgandi.

30. Fernandeshning burchakdan uzatgan to'piga Pogba boshi bilan zarba yo'lladi. Bu safargi zarba noaniq ketdi.

29. ZARBAAAAAA!! Reshfordning kuchli zarbasini darvozabon qaytara oldi.

26. Van-Bissakaga sariq kartochka ko'rsatildi.

21. Mankunianliklar hujumga o'tdi. SHouning uzatgan pasidan keyin Reshford offsaydda qolib ketdi.

19. Grinvud kuchli zarba bilan qanotdan to'pni markazga oshirdi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

17. "Yunayted" ustunlikni to'liqligicha qo'liga olgan. Ammo vaziyat yaratish qiyin bo'lmoqda.

14. Xavfli vaziyat. Reshfordning pasidan keyin Brunu noqulay nuqtadan darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

13. Grinvud bir raqibini aldab, darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p himoyachilardan o'tmadi.

10. UXXXXXX!! Darvozabondan seyv! Pogbaning boshi bilan yo'llagan zarbasini "Bernli" posboni qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi.

4. ZARBAAAA!!! Maktominining zarbasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

3. "Bernli" yana hujumda. Vudning zarba yo'llashiga Lindelof yo'l qo'ymadi.

1. GOL! YO'Q! Inobatga olinmadi. Bir necha santimetrlarga offsayd! 13-soniyadayoq hisob ochilishi mumkin bo'lgandi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Uchrashuvni boshlash uchun barcha narsa shay!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari. Etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Bugun MYU o'z stadionida 5 yillik tanaffusdan keyin "Bernli"ni yutishga harakat qilib ko'radi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика