APL. O'z maydonida kambek evaziga yutgan "Manchester Yunayted" "Lester" bilan oradagi farqni oshirib oldi
05 apr 2021 01:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629203_original.jpg)
![](/upload/storage/629203_220.jpg)
APL. O'z maydonida kambek evaziga yutgan "Manchester Yunayted" "Lester" bilan oradagi farqni oshirib oldi
Manchester Yunayted – Brayton 2:1
Gollar: Uelbek (13, 0:1), Reshford (62, 1:1), Grinvud (83, 2:1).
Manchester Yunayted – Xenderson, Maguayr, Lindelef, Uan-Bissaka, SHou, Brunu Fernandesh, Fred, Pogba (Maktomini, 85), Kavani (van de Bek, 81), Reshford (Jeyms, 73), Grinvud.
Brayton – Sanches, Uayt, Veltman, Dank, Gross, Moder (Jahonbahsh, 88), Lallana, Bissuma, Trossard (Mak Allister, 63), Uelbek, Mope.
Ogohlantirish: Gross (42), Kavani (63), Uayt (66), Grinvud (89).
Manchester United Marcus Rashford - 62', Mason Greenwood - 83' |
Premier League . 30-tur 05/04/2021, 00:30 1
:
2
Tugadi
|
Brighton & Hove Albion Danny Welbeck - 13' |
Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Mike Dean
Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted"dan yana bir kambek! Jamoa qiyin o'yinda g'alabaga erishdi.
90+4. "Brayton" burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Ammo offsayd qayd etildi.
90+2. Agarda MYU g'alabani ushlab qolsa, "Lester" bilan oradagi farqni 4 ochkogacha oshiradi.
Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.
88. MYU asta-sekinlik bilan ortga etibor berishni boshlamoqda. Birinchi bo'limda Sanches seyv qilmagandi. Ikkinchi bo'limda esa Xenderson)
85. Ikkinchi bo'limda "Brayton" deyarli hujum qilmadi. Mana Gross SHouga qarshi fol ishlatgani uchun yana hujum to'xtadi.
83. GOOOOOOOOOOOLLLLL!! Grinvudning boshi bilan yo'llagan zarbasidan keyin MYU hisobda oldinga chiqib oldi!!
80. Brununing zarbasini Sanches ushlab oldi.
77. ZARBAAAAAA!! MYU hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi. Grinvudning zarbasi darvozaning ustiga tushdi(
72. Grinvudning zarbasini Sanches ushlab oldi.
71. Yo'q, VARdagilar bu vaziyat penaltiga tortmasligini malum qildi. O'yin davom etadi.
70. VAR ishga tushdi. MYU darvozasi tomon penalti belgilanishi mumkin.
69. UXXXXX! Fredning zarbasi raqibiga tegib, darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.
65. XAVFLI VAZIYAT!! Van-Bissakaning qanotdan oshirgan to'pini Grinvud raqib posti tomon tepdi. Noaniq.
62. GOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Raqibning xatosidan keyin Fernandesh to'pni egallab olib, Reshfordga oshirdi. Markus esa osonlik bilan gol urdi!
60. XAVFLI VAZIYATTTT!!! Brunu himoyachilardan o'tib ketdi. Ammo Sanches sakrab to'pni qaytarib yubordi.
55. MYUda burchak zarbasi yuzaga kelgandi. Ammo mezbonlar hatto standartlardan ham unum chiqara olishmayapti.
52. ZARBAAAAA!! Nihoyat! Reshforddan aniq zarba. Sanches to'pni ushlab oldi.
50. MYU ikkinchi bo'limni ham bosim bilan boshladi. Ammo haligacha aniq zarba va vaziyat ko'rmadik.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Tanaffus!
45+1. ZARBAAAA!! Moderning zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.
Dastlabki bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. UXXXXXXX!!! Maguayr jamoasini goldan qutqarib qoldi. Agarda to'pga biroz kechikkanida penalti ham bo'lishi mumkin edi.
42. "Brayton" full-tim bo'lib himoyalanmoqda. Mankunianliklar esa shu boisdan darvozaning yonigacha o'tishga qiynalyapti.
40. MYU tezkor qarshi hujum o'tib ketdi. Kavani esa Lallanani yiqitgani uchun hushtak chalindi.
38. MYU qiyinchilik bilan vaziyat yaratdi. Fernandeshning pasidan keyin Pogba yaxshi nuqtadan juda noaniq zarba yo'lladi.
37. Pogba hujumdagi Reshford tomon to'pni oshirdi. Sanches to'pni ushlab oldi.
33. MYU bosim uyushtirmoqda. Ammo hali zarba ko'rmadik.
27. UXXXXXXX!! Xenderson burchakdan uzatilgan to'pni ushlab olishda xatolikka yo'l qo'ydi. Yaxshiki, Maguayr to'pni tepib yubordi.
25. Moder chap qanotdan to'pni MYU jarima maydonchasiga olib kirmoqchi edi. Lindelof vaziyatni bartaraf qildi.
21. MYU bosimni oshirayotgandi. Ammo Reshfordning noaniq pasidan keyin SHou fol ishlatishga majbur bo'ldi.
19. ZARBAAAAAAA!! Jarimadan oshirilgan to'pni Dank boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. Xenderson va darvozaning to'sini MYUni goldan saqlab qoldi.
15. Dastlabki uchrashuvda ham "Brayton" hisobni ochgan, Nil Mope penaltidan gol urgandi. O'yin tarixini barcha bilsa kerak.
13. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Pogbaning xatosidan keyin "Brayton" futbolchisi to'pni olib qo'ydi va qanotga oshirdi. Qanotdan darvoza yoniga uzatilgan to'pni Uelbek darvozaga yo'lladi. Dastlabki zarbasi Xenderson qaytargandi. Qaytgan to'p yana Uelbekka tegib, darvozaga kirib ketdi.
11. Van-Bissaka o'z jarima maydonchasi yonida to'pni raqibiga berib qo'ydi. Ammo "Brayton"ning hujumi o'xshamadi.
8. ZARBAAAAA!!! Grinvud raqib darvozasi to'sinini ko'zladi.
6. Kavani bilan to'p uchun kurashdan keyin Iv Bissuma jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Umid qilamizki, majburiy o'zgarish ko'rmaymiz.
4. Brunu Fernandeshning zarbasi noaniq ketdi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishgan.
- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Evropaning top-chempionatlari futbolidan bahra olishda davom etamiz. Bugun "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar