So’nggi yangiliklar

17:39ОЧЛ. "Ал Айн" — "Ал Ҳилол" учрашуви сув тошқини туфайли қолдирилди  0 17:26"Барселона" – ПСЖ, "Боруссия Д" – "Атлетико" учрашувларини кимлар шарҳлаб боради?  3 17:02Ямаль — "Golden Boy-2024" рейтингида етакчи  0 16:40Пекин-2008. Вадим Абрамов бошқарган терма жамоа қандай қилиб Олимпиадага чиқа олмаганди?  2 16:20Ўзбекистон Малайзияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  1 16:11Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - "Арал" академия: Асосий таркиблар маълум  1 15:45Иброҳимҳалил Йўлдошев терма жамоамиз ихтиёрига келиб қўшилди  5 15:05Таиландга ҳам бир назар ташлаймиз: футзал бўйича Осиё Кубоги бошланмоқда!  3 14:45U-23 Осиё кубоги. Малайзия бош мураббийи: "Ўзбекистонни ютиш учун энг зўр ўйинимизни намойиш этишимиз шарт"  2 14:32"Барселона"? Йўқ, мен ўсишни истайман"  6 14:05U-23 Осиё кубоги. Тимур Кападзе: "Ҳар бир жамоа мусобақани ғалаба билан бошлашни истайди"  10 13:45Ўзбекистон Суперкубогига "Бунёдкор" стадиони мезбонлик қилади  6 13:24Футзал. Ўзбекистон Австралияга қарши баҳсда оқ либосларда ҳаракат қилади  3 13:06Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  8 12:37Эшитдик-да! Ўзбекистон кубоги 2-турининг камида 4 та ўйинида VAR ишлайди  8

APL. "Manchester Yunayted" – "Arsenal" va 7-turning boshqa bahslari uchun prevyu Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" – "Arsenal" va 7-turning boshqa bahslari uchun prevyu

Teglar :  Prevyu APL
APLning qaysidir turi kutilmagan sensaciyalarsiz o'tadimi? Yo'q!

CHempionat etakchilari bir vaqtning o'zida qoqilib, taqibchilarni oldinga o'tkazib yuborishdi. "Everton", "Liverpul", "Aston Villa", "Lester", "Tottenxem" va "Lids" jadvalning yuqori qismiga bitta guruh bo'lib, tizilib olishgan.

"CHelsi", "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" qanday qilib va nimaning evaziga musobaqa jadvalining o'rtasidan yuqoriga chiqishi hozircha aniq emas. Jamoalarning zich joylashib olgani siz-u bizni vahima qo'zg'atmaslikka chorlaydi, lekin hech bo'lmasa, "qachon barqaror g'alabalar kuzatiladi va biz eng yaxshi klublarni odatdagi o'rinlarida ko'ramiz?" degan savolni o'rtaga tashlashga haqlimiz.

Har bir ochko 3 ta autsayder klubga quvonch keltiradi.  Ettinchi turda ular ochkolarni qo'lga kiritish uchun turlicha imkoniyatlarga ega bo'ladilar. 

Turning asosiy intrigalari

To'qqiz klubdan qaysi biri yuqori o'ringa chiqadi?

So'nggi uch mavsumda birinchi marta APLda misli ko'rilmagan intriga guvohiga aylandik. Ettinchi turga qadar barcha jamoalar kamida bir marta mag'lub bo'lishdi. Endi "Manchester Siti" va "Liverpul"ning boshqalarga biroz zerikarli tuyuladigan ustunligi yo'q. Uch yil oldin, "shaharliklar" MYU bilan birga ettinchi turga qadar to'rtinchi o'rindagi jamoadan besh ochko oldinda yurishga muvaffaq bo'lib, jadvalda peshqadam edilar.

Ikki yil oldin "Liverpul" oltitadan oltitasini "nokaut" bilan tugatgan edi, "CHelsi" va "Man Siti" beshta g'alaba va bitta durang qayd etishgandi.

Hozirgi holat qanday? To'qqizinchi o'rindan birinchi o'rinni atigi uch ochko ajratib turibdi!

Eslatib o'tamiz, Premer-ligada ochkolar teng bo'lib qolganda, birinchi navbatda urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar farqi inobatga olinadi.

"Brayton" Keyn-Son juftligini to'xtata oladimi?

"Tottenxem"ga qarshi bahsda "Byornli" durangga erishay deb turganida, Keyn-Son juftligi hammasini hal qilib ketdi. Ushbu mavsumning eng samarali juftligi yana bir bor "shporlar"ning g'alabasini taminlab, Joze Mourinyuni xursand qildi. Oltinchi turdan so'ng koreyalik futbolchi Premer-liganing ushbu mavsumdagi to'purarlari ro'yxatida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Keyn sakkizta golli pasi bilan assistentlar orasida birinchilikni qo'lga oldi. Eng qizig'i, angliyalik hujumchi ettita pasini Songa uzatgan.

Unutmaslik kerakki, hali mavsumning yarmi ham o'tmadi. Malumot uchun, Frenk Lempard va Dide Drogba APL doirasida 36 marta bir-birini golli uzatma bilan taminlagan. Hozir "Tottenxem" duetida jami 29 ta golli uzatma mavjud. Agar ular hozirgi tempda davom etishsa, CHelsichilardan o'zib ketishadi.

Pikford qanday holatda?

"Liverpul" derbisidan keyin Jordan Pikford ingliz futbolida eng ko'p tilga olingan figuralardan biriga aylandi. "Everton" darvozaboni Virjil van Deykni atayin jarohatladimi yoki yo'q, bilmaymiz, lekin nima uchun bosh hakam hech qanday jazo tayinlamadi? 

"Liverpul" bilan o'yindan so'ng Pikford ko'plab tahdidlarga duch kelmoqda. Darvozabonni ijtimoiy tarmoqlarda ham tinch qo'yishmayapti. "Everton" posbonida o'zi va oilasini himoya qilish uchun xavfsizlik tashkiloti xizmatiga murojaat qilishdan boshqa yo'l qolmadi.

Hatto eng xotirjam odamni ham bu holat xalovatidan osongina ayirishi mumkin. Pikfordga allaqachon ijtimoiy tarmoqlardan vaqtincha foydalanishni to'xtatish tavsiya qilingan. Agar darvozabonning ruhiyati yaxshi bo'lmasa, bu "Everton"ning natijalariga tasir qilishi mumkin.

Qachon "CHelsi", "Arsenal", MYU va "Man Siti"da barqarorlik taminlanadi?

Hozircha ushbu to'rt jamoadan faqat "Arsenal" ketma-ket ikkita g'alabaga erishdi. Va bu mavsumning boshida, dastlabki ikki turda sodir bo'ldi.

Beqarorlikning sabablari har bir klubda har xil.

"Manchester Siti" eng yaxshi formasidan ancha yiroqda. Ularning g'alaba qozonishiga aminmisiz?  Biz esa yo'q.

"Byornli" garchi pastki o'rinda osilib turgan bo'lsa-da, "Tottenxem" bilan uchrashuvda uch ochkodan osonlikcha voz kechmasligini ko'rsatdi. Va "CHelsi" albatta, shunday taqdirga duch keladi.

"Manchester Yunayted" va "Arsenal" o'zaro uchrashishadi. Bu shuni anglatadiki, kimdir, balki ikkala jamoa ham ochko yo'qotishi muqarrar. 

"Byornli" – "CHelsi" (31.10 20:00)

"Byornli" so'nggi o'zaro uchrashuvlarda "CHelsi" uchun juda qulay raqib bo'lib kelgan. Londonliklar 5 ta o'yinda 4 ta g'alaba va 1 ta durangga ega bo'lib, 15 ta gol urishgan. Lempard hujum va himoyadagi muvozanatni topishga qiynalmoqda: ko'pincha hujum juda zo'r o'ynab, himoya muvaffaqiyatsizlikka uchraydi yoki aksincha. Yaqinda o'tkazilgan "Krasnodar" bilan o'yinda barchasi birlashdi. "CHelsi" ustozi "Byornli" bilan uchrashuvda mana shu kayfiyatni saqlab qolishni kutmoqda. 

Bunga ishonishga bir talay sabablar bor – Mendining ishonchli o'yini, hafta o'rtalarida dam olgan Silvaning qaytishi va hujum chizig'ining 100%lik tayyorgarlikka egaligi.

"Liverpul" – "Vest Xem" (31.10 22:30)

"Liverpul"ning markaziy himoya bilan bog'liq holati halokatli ko'rinish hosil qilgan. Klopp Van Deykning jarohati va Matipning "mo'rt"ligini hisobga olgan holda Fabinoni himoya markaziga o'tkazdi. CHempionlar ligasi o'yinida braziliyalikka shikast etdi. Ehtimol, "Vest Xem" bilan o'yinda Gomes va yosh Uilyams maydonga tushrilishi mumkin.

"Bolg'achilar" etakchi klublarning asablarini titratmoqda. Masalan, "Manchester Siti" so'nggi turda ular bilan zo'rg'a durang o'ynadi.

Angliyalik hamkasblarimizning yozishlaricha, londonliklar katta ehtimol bilan "Enfild"ga Maykl Antoniosiz etib kelishadi. U safdan chiqqan. 6 o'yinda 3 ta gol urgan forvard Moyes jamoasining hujumdagi potencialiga tasir ko'rsatadigan katta yo'qotish.   

"Manchester Yunayted" – "Arsenal" (01.11 21:30)

"Manchester Yunayted" "Arsenal"dan bir kun oldin UEFA CHempionlar Ligasida o'ynadi, unda ko'plab asosiy tarkib azolari qatnashishdi. Evropa Ligasida "Dandolk" bilan o'ynagan "kanonirlar" tarkibida esa sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Jumladan, darvozani ilk bor Runarsson qo'riqladi, asosan, zaxirada o'tiradigan Uillok, Nelson 11 talikda maydonga tushirildi.

Bevosita APL haqida gap ketganda, "Arsenal" juda yomon ko'rinadi. Jamoa so'nggi beshta o'yinda faqat "Fulxem" ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, "Man Siti", "Liverpul", "Aston Villa" va "Tottenxem"ga umumiy 2:7 hisobida mag'lub bo'lgan.

MYU "CHelsi" bilan ehtiyotkor o'yin ko'rsatib, nursiz durangga erishdi, "Arsenal" bilan esa quruq o'ynash kamdan kam uchraydi. Oxirgi marta bunday hodisa olti yil oldin londonliklar maydonida sodir bo'lgan. Xullas, kutamiz va kuzatamiz.

"Tottenxem" – "Brayton" (31.10 22:30)

"Tottenxem" Evropa Ligasida Belgiyaning "Antverpen" klubiga yutqazib, barchani hayratda qoldirdi. Endilikda Joze Mourinyu g'alaba yo'liga qaytish haqida bosh qotirayotgan bo'lsa kerak.

Mour bu mavsum APLda uydagi birinchi g'alabasini qayd etish uchun o'z o'yinchilari oldiga yuqori talabni qo'yishi aniq.

Ushbu o'yinda mezbonlarga Tanganga jarohat tufayli yordam berolmaydi, mehmonlarda esa bir nechta yo'qotishlardan tashqari diskvalifikaciya sabab Dank o'yinni o'tkazib yuboradi.

SHuningdek, ushbu turda quyidagi uchrashuvlar o'tkaziladi:

31.10 01:00 "Vulverxempton" – "Kristal Pelas"  

31.10 17:30 "SHeffild Yunayted" – "Manchester Siti" 

01.11 17:00 "Aston Villa" – "Sautgempton"

01.11 19:00 "Nyukasl" – "Everton"

02.11 22:30 "Fulxem" – "Vest Bromvich"

03.11 01:00 "Lids" – "Lester" 


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика