So’nggi yangiliklar

01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  22 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  5 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  9 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  0 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  1 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  3 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  11 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  54 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  29 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  3 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  7 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  6

APL. Jezusning goli bekor qilingan o'yinda jangovar durang qayd etildi Yangiliklar

APL. Jezusning goli bekor qilingan o'yinda jangovar durang qayd etildi

APL 2-turining markaziy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yin murosasiz kechdi. Garchi "Siti" hujumlar yomg'irini vujudga keltirgan bo'lsa-da, "Tottenxem" o'z imkoniyatlaridan foydalanib 1 ochkoga ega bo'ldi. So'nggi daqiqada Jezusning goli hisobga olinmaganini ham takidlash kerak. 

APL, 2-TUR.

"Manchester Siti" - "Tottenxem" 2:2 

17 avgust, 21:30, "Ettixad" stadioni

Gollar: 20' Sterling - 1:0, 23' Lamela - 1:1, 34' Aguero - 2:1, 57' Moura - 2:2.

"Manchester Siti" - Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Zinchenko, Rodrigo (78, David Silva), Gyundogan, De Bryuyne, Sterling, Bernardu (80, Maxrez,), Aguero (66, Jezus).

Zaxira: Bravo, Fernandino, Kanselu, Foden.

"Tottenxem" - Loris, Uoker-Piters, Alderveyreld, Sanches, Rouz, Uinks (56, Lukas Moura), Sissoko, Ndombele, Eriksen (90+1, Skipp), Lamela (85, Lo CHelso), Keyn.

Zaxira: Gazzaniga, Vertongen, Devis, Dayer.

Ogohlantirish: Sterling (26).

Manchester City

Raheem Sterling - 20', Sergio Aguero - 35'

Premier League . 2-tur

17/08/2019, 22:30

2
:
2
Tugadi

Tottenham Hotspur

Erik Lamela - 23', Lucas Moura - 56'

Stadion: Etihad Stadium, 54503 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
20'  Raheem Sterling
20'  Kevin De Bruyne
26'  Raheem Sterling
35'  Sergio Aguero
35'  Kevin De Bruyne
66'  Sergio Aguero (Gabriel Jesus)
78'  Rodri (David Silva)
80'  Bernardo Silva (Riyad Mahrez)
90'  Gabriel Jesus
23'  Erik Lamela
23'  Tanguy Ndombele
56'  Harry Winks (Lucas Moura)
56'  Lucas Moura
56'  Erik Lamela
85'  Erik Lamela (Giovani Lo Celso)
90'  Christian Eriksen (Oliver Skipp)


                   MATNLI TRANSLYACIYA              


UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+3. VAR tizimi ishlamoqda! GOL hisobga olinmasligi mumkin. YO'Q, GOL INOBATGA OLINMADI!

90+2. GOL! Jezus! Jarima maydonchasi ichida to'pga burama zarba berdi va jamoasining muhim golini urdi. 

90+1. O'zgarish. Eriksen o'rniga 18 yoshli yarim himoyachi Skipp tushdi. 

90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi

86. Aleksandr Zinchenko og'riq bor bo'lsa ham maydonga qaytdi. Boshqa iloji yo'q. 

85. O'zgarish. Lamela o'rniga Lo CHelso tushdi. 

83. Zinchenkoga maydonda tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Pep Gvardiola 3 ta o'zgarish qilish imkoniyatidan foydalanib bo'lgan.

80. O'zgarish. Bernardu Silva o'rniga Riyad Maxrez tushdi.

78. O'zgarish. Rodrigo o'rniga David Silva tushdi.

72. Lukas Moura maydonga tushganidan 19 soniya o'tib gol urgani malum bo'ldi. 

71. Jezus, Jezus.... Mo'ljalni asta-sekin to'g'irlab olyapti. 

70. Lorisga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Otamendi nohaq. U havodan kelgan to'pga zarba beraman, deya Lorisni turtib yubordi. 

66. O'zgarish. Aguero o'rniga Jezus tushdi. Aguero Gvardiolaning fikridan norozi bo'ldi va janjal yuzaga keldi.

64. Aniq zarbalar bo'yicha: 9:2. Hisob esa 2:2. 

62. Bernardu Silva burchak to'pi ishlab oldi va Kevin De Bryuyne standart vaziyatni ijro etdi. Otamendining zarbasi esa ko'ngildagidek chiqmadi.

57. Moura maydonga tushib juda tez gol urdi. Bu borada u rekord natija qayd qilgan bo'lishi ham mumkin. Statistikaga keyin to'xtalamiz. Hozir bor etibor o'yinda.

56. O'zgarish. Uinks o'rniga Lukas Moura tushdi va GOL !!!!! MOURA boshi bilan GOL urdi! QOYIL!

54. Kevin De Bryuyne ayni vaqtda rang-barang paslar bilan raqiblarini shoshirib qo'ymoqda. 

53. Sterling Agueroga zarba berish vaziyatiga olib chiqdi, Serxioning zarbasi esa darvoza to'sini ustidan yuqorilab o'tib ketdi. 

51. De Bryuyne endi gol urish niyati borligi yaqqol sezilib turibdi. Uning 20 metrlardan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.  

50. Zarbaaa! Zinchenkoning kuchli zarbasini Loris bir amallab qaytardi. Bu erda "rekashet" bo'lganini takidlash kerak.

48. De Bryuyne Erik Lamela o'xshash gol urmoqchi bo'ldi, ammo himoyachilar zarbani qaytarishdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 20-daqiqada Sterling, 23-daqiqada Lamela va 34-daqiqada Aguero gol urishdi. De Bryuyne esa ikkita shedevr assist qayd etdi.  

TANAFFUS DO'STLAR!

Ajoyib taym vaqt juda tez o'tib ketdi. Birinchi bo'limga beriladigan "Oltin to'pni" hozircha Kevin De Bryuynega topshirib turamiz.


45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Kevin De Bryuynedan yana bir mukammal pas! Gyundogan ushbu vaziyatni ko'kka sovurdi. Biroz noaniq zarba.

40. Ayni vaqtda Rahim Sterling va Timu Pukki ("Norvich Siti") 4 ta gol bilan APL to'purarlari ro'yxatini boshqarib turishibdi.

39. Birinchi golga "Tottenxem" 3 daqiqada javob bergandi. 

35. De Bryuyne zarbaaaa! Biroz noaniq ketdi. Belgiyalik yarim himoyachi bugun o'z ishini alo darajada bajarmoqda. Mazkur o'yinda hozirga kelib ikkita assist muallifiga aylandi.

34. GOL! Aguero hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi. De Bryuyne tayyor gol yasab berdi. 

33. "Tottenxem" azolari ham maydon egalari ham taym out olishga qarshi emasdek harakat qilishmoqda.

30. GOLLARNI Telegramdagi kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin >>>> VIDEO

26. Sterling ogohlantirildi

24. Mehmonlar o'z imkoniyatini poylab kutib turdi va yirtqichlardek undan foydalanib ketdi. Golga, gol bilan reakciya bildirish. SHunchaki qoyil qolish kerak.

23. GOL! Lamela! Ajoyib zarba va Ederson to'pga eta olmadi - 1:1. 

20. GOL! Sterling! De Bryuynening ajoyib sovg'asini qabul qildi va boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

19. Sissoko ofsaydga chiqib ketmaganida, mehmonlarda imkoniyat bo'lishi mumkin edi. 

16. Sekin-asta "shporlar" boshni ko'tarib, hujumga o'ta boshlashmoqda. Lamelaning to'pga bergan zarbasi darvozaga etib bormadi. 

15. O'yin tempi biroz tushdi.

14. Rodrigo nisbatan "Tottenxem" jarima maydonchasida qo'pollik ishlatilgani takroriy lavhada ko'rindi. Ammo, hakamlar jim. VAR tizimi ishlamoqda. Demak, penalti uchun etarlicha asos yo'q.

12. Maydondagi o'yinchilar shu qadar zich joylashganki, futbolchilar 3 tadan ortiq pas bera olishmayapti.

9. Zinchenkoda katta bo'shliq va u yana Sterlingga to'pni uzatdi. Angliyalik vingerning zarbasi yana bloklandi.

8. Kayl Uoker va Sterling... Zarbaaa! Burchak to'pi! Uoker Piters to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

7. Sterlingda yaxshi vaziyat bo'lishi mumkin edi, ammo Rahim o'tkir burchakda qolib ketdi. Natijada, vaziyat yo'qqa chiqdi.

.Mehmonlar to'pni butunlay topshirib qo'yishdi, ular maydonning ikkinchi qismiga o'tishga qiynalishmoqda. Bunga "Siti" sababchi.

4. Sterling ofsaydga tushib qoldi. U hozircha chap qanotda harakat qilmoqda.

3. Uoker to'pni autdan o'yinga kiritib berdi, Zinchenko chap qanotdan yaxshi uzatma berdi. Himoyachilar bartaraf etishdi.

2. "Tottenxem" to'pni o'z nazoratiga olishga harakat qilmoqda va bunga erishmoqda.

1. Markaziy o'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli APL muxlislari!

Angliya chempionatining 2-turi markaziy uchrashuvi boshlanmoqda! 

Jamoalarning tarkiblari tanishtirilmoqda!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика