So’nggi yangiliklar

23:56Максим Шацких: "Ҳатто ютганимизда ҳам дурангга лойиқ ўйин бўлди дердим"  0 23:20"Ливерпуль" "Парма" ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Футболчига А Серия грандларидан ҳам қизиқиш бор  0 22:55Левандовски "Олтин тўп"ни ким қўлга киритиши мумкинлиги ҳақида гапирди  0 22:31Суперлига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Қўқон-1912" сафарда "Шўртан"ни енгди  8 22:30Сергей Лушчан: "Бу ғалаба жамоамизга олдинга қараб ишлаш ва ривожланиш учун туртки беради"  9 22:10ПСЖ Доннарумма учун 50 миллион евро сўрамоқда. "Манчестер Сити" бу суммани кўп деб ҳисобламоқда  2 21:35Миржалол Қосимов: "Адолатли дуранг қайд этилди, сабаби..."  3 21:34Расман: "Ман Сити" Грилишни "Эвертон"га ижарага берди  0 21:12Акмал Рустамов: "Қизилқум" ҳимоявий футбол ўйнамоқда деб кўп гапиришяпти, мен ушбу фикрга қўшилмайман"  1 20:56Суперлига. Салкам 20 минг томошабин йиғилган ўйинда "Навбаҳор"нинг қўли баланд келди  89 20:29Про лига. "Арал" "Жайхун" устидан ғалаба қозонди  0 20:11Суперлига. Зерикарли ўтган ОКМК - "Қизилқум" ўйинида голлар урилмади  23 19:50Санчо фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 19:21Саудия Арабистони клуби Мбаппе учун "космик" сумма тўлашга тайёр  8 18:40Доннарумма ПСЖнинг УEФА Суперкубоги учун қайдномасидан тушиб қолди  3

APL. "Etixad"dagi markaziy o'yinda durang qayd etildi Yangiliklar

APL. "Etixad"dagi markaziy o'yinda durang qayd etildi

APLning 8-turi markaziy bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Siti – Liverpul 1:1

"Etixad Stedium"

Gollar: Saloh (13-pen, 0:1), Jezus (31, 1:1).

Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Laport, Ruben Diash, Uoker, Rodri, de Bryuyne, Sterling, Gyundogan, Ferran Torres (Bernardu Silva, 61), Gabriel Jezus.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Milner, 63), Gomes, Robertson, Matip, Saloh, Veynaldum, Mane, Xenderson, Diogu Jota, Firmino (SHakiri, 59).

Ogohlantirish: Matip (46), Sterling (61), Laport (79).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Ikkinchi bo'lim biroz zerikarli o'tgan bo'lsa-da, ko'plab vaziyatlarni yaratgani uchun ikki tomonga rahmat aytamiz.

90+5. "Liverpul" jarima zarbasiga ega bo'lmoqda. Xavfli.

O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Sterlingning Jezus tomon uzatgan to'pini Gomes qaytarib yubordi.

80. So'nggi dekada boshlandi. Ikki tomon ham gol urish ishtiyoqida.

78. "Siti"da yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Bernardu o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni Sterlingga oshirdi. Rahim zarba bera olmadi.

74. "Siti"ning bosimi davom etadi. De Bryuynening zarbasini Gomes o'ziga qabul qildi.

69. Saloh hujumga o'tib ketayotgandi. Kanselu uni kutib oldi va to'pni autga chiqarib yubordi.

65. "Siti" to'pni o'zida ushlab turibdi, hujumga o'ta olmayapti.

63. Yo'q, Trent ketdi. Uning o'rnida Milner o'ynaydi.

61. Trent jarohat oldi. Ko'ramiz, hozircha o'zgarishlar tayyorlanmayapti.

59. Kloppdan "yurish". Firmino o'rnini SHakiri egalladi.

57. ZARBAAAAAA!! De Bryuynening uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

55. JEZUSSSSSS!!! Qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

50. ZARBAAAAAAAAA!! Salohning zarbasi rikoshet hosil qildi va Ederson to'pni ishonchsiz zarba bilan urib yubordi, Firmino to'pni to'xtatib olib, zarba berdi. Ederson o'z o'rnida.

49. UXXXXXXXX!!! Firminoning zarbasini Ederson qaytardi va "Siti" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. De Bryuynening qanotdan oshirgan to'pini Alisson ushlab oldi.

48. Ikkinchi bo'lim ketma-ket ikki kichik jarohat bilan boshlandi. Avvaliga KDB, endi esa Jota maydonda biroz yotdi.

- Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Biz ham biroz dam olamiz va tez qaytamiz.

45+2. Arnoldning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

45+1. "Liverpul" 27-28 metrlardan jarima to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. UXXXXXXX!!! Arnoldning zarbasidan keyin Ederson ikkinchi urinishda to'pni ushlab oldi. Sal qoldi!

42. YO'O'O'QQQQ!!! De Bryuyne adashdi!!!

41. PENALTIIIII!!! Pouson penalti belgilamoqda.

40. Pousonning o'zi vaziyatni VARda ko'rib chiqmoqda.

39. UXXXX!! "Liverpul" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. To'p Gomesning qo'liga tegdi!

37. "Siti" to'pni o'zida ushlab turib, pozicion hujum uyushtirmoqda.

35. Jotaning zarbasi noaniq ketdi.

31. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! De Bryuynening chiroyli pasidan keyin Jezus hisobni tenglashtirmoqda!
28. "Siti"ning hujumi xavfli tus olayotgandi. Mane himoyachilarga yordamga kelib, to'pni olib qo'ydi.

25. STERLINNNGGGGG!!!! QIZG'ANCHIIIIQQQQQ!!! De Bryuynening ajoyib pasidan keyin Rahim o'zidan qulay holatda turgan Gyundoganga to'pni oshirmasdan Alissonni nishonga oldi.

22. "Liverpul"ning bosimi davom etmoqda. Burchak zarbasidan mehmonlar unumli foydalana olmadi.

20. "Siti" juda-juda sekin o'ynamoqda. Gvardiolaning B rejasi yo'qqa o'xshaydi.

18. Xendersonning 26 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

16. Sterling birinchi urinishda Trentdan o'tib ketgandi. Biroq to'p Sterlingning o'ziga tegib, maydondan chiqib ketdi.

14. "Liverpul" yana hujumga o'tishga harakat qilmoqda. "Siti"da oldinga siljish yo'q.

13. GOOOOOOOOOLLLLL!! Saloh penaltidan unumli foydalanmoqda!

11. PENALTI!!!! Mane "Siti" jarima maydonchasi ichida Uoker tomonidan yiqitildi! Ha, 100 foizlik penalti!

10. O'yin tempi biroz pasaydi. Dastlabki daqiqalardan hujumkorlikka berilgani "Liverpul"ning zarariga ishlamoqda. "Siti" sekinlik bilan hujum tashkillashtirmoqda.

8. "Liverpul"ning hujumi Manening offsaydda qolib ketgani sababli to'xtab qoldi.

6. Ilk daqiqalardan kichik tashabbus mersisaydliklar tomonida. 

4. Jezusning pasi Robertson orqali Alissonga borib tushdi.

2. Ilk daqiqadanoq xavfli vaziyat! Veynaldumning pasidan keyin Firmino Ederson bilan birga bir holatga chiqib bordi. Posbon xavfni bartaraf etdi.

1. Daxshatli o'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Bir daqiqalik sukut saqlayapmiz.

- Ikki jamoa futbolchilari o'yinoldi mashg'ulotlarini o'tkazib bo'lishdi. O'yin startiga barcha narsa tayyor!

- Hurmatli futbol ishqibozlari. "Etixad" stadionida turning markaziy bahsi start olishi arafasida. Sizlar bilan o'yinni Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика