So’nggi yangiliklar

01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  3 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  1 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  0 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  0 00:20А Серия. "Кальяри" "Ювентус" дарвозасига ҳозирча иккита гол урди (онлайн ҳисоб)  32 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  0 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1 22:35Эрон. "Истиқлол" навбатдаги ғалабага эришди. Машарипов 78 дақиқа ўйнади  0

APL. "Manchester Siti" kambek qayd etib, Angliya chempioniga aylandi! Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" kambek qayd etib, Angliya chempioniga aylandi!

Angliya chempionati 38-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Aston Villa" uchrashuvi yakunlandi.
Manchester Siti – Aston Villa 3:2 (0:1, 3:1)

Gollar: 0:1 – 37 Kesh, 0:2 – 69 Koutino, 1:2 – 76 Gyundogan, 2:2 – 78 Rodri, 3:2 – 81 Gyundogan.

Manchester Siti – Ederson, Stounz, Fernandino (Zinchenko, 46), Laport, Joau Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva (Gyundogan, 68), Rodri, Foden, Marez (Sterling, 56), Gabriel Jezus.

Aston Villa – Olsen, CHembers, Mingz, Din, Koutino (Nakamba, 72), Makginn, Buendia (Yang, 88), Duglas Luis, Remzi (Ingz, 83), Kesh, Uotkins.

Ogohlantirishlar: Mingz (49), Nakamba (87).


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Siti" Angliya chempioniga aylandi! Betakror drama guvohiga aylandik.

90+3. "Siti" vaqt cho'zish bilan ovora.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Yang Buenda o'rniga maydonga tushdi.

88. "Siti" hujum qilishda davom etmoqda. Gvardiola xursand.

84. Endi "Siti"ga hech narsa to'sqinlik qilolmaydi.

82. Goooooooooooooooooollllllllllllllllllll!!! Gyundogan!!!

78. Gooooooooooooooollllllllllllllll!!! Rodri hisobni tenglashtirdi!!! Drama!!!

76. Goooooooooooollllllllll!!! Sterlingning o'ng qanotdan uzatmasini Gyundogan darvozaga joylab qo'ydi!

73.Mezbonlar hujumlari o'xshamayapti.

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! KOUTINO!!! Braziliyalik futbolchi ikki himoyachi orasidan to'pni mohirona to'xtatib, darvozaning yaqin burchagiga to'pni joylab qo'ydi.

68. Gyundogan Silva urniga o'yinga qo'shildi.

68. De Bryoynening jarima zarbasiga aniqlik qilishmadi.

67. Jezusning zarbasiga hujumchilar blok qo'yishdi. "Siti"ga yoland etishmayapti.

Nima qilish kerak...

60. Jezu tuxtatib qolindi. Jarima zarbasi belgilandi. Standart befoyda yakunlandi.

59. Kanseluning pasiga Sterling eta olmadi.

56. "Siti"da o'zgarish : Sterling Mahrez o'rniga maydonga tushdi.

55. Uotkens Ederson bilan birga-bir vazyatdan foydalana olmadi. Qarshi hujum masuli.

54. "Siti" burchak zarbasi ishladi, hujum yakunida tup Olsenga kelib tushdi.

Mane yana gol urdi, biroq ofsayd sabablarga sabab bo'ldi.

51. Xudo! Braziliyayalik futbolchi Kanseluning uzatmasini bush darvozaga joylab quya olmadi.

50. Zinchenko raqib jarima maydoniga kirib borib, markazdagi Mahrezga uzatdi, himoyachilar a-mal-labgina to'pni qaytardi.

49. Mingz tomoshalantirildi .

48. De Bryoynening zarbasi yuqorilab ketdi. "Siti" hujumlarining yakuni o'xshamayapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

"Siti"da o'zgarish: Fernandino o'rniga Zinchenko maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha mehmonlar oldinda bormoqda.

48. Laport burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida.

47. Birinchi bo'limda Olsen xatolardan galereya qilib tashladi. Faqatgina gol o'tkazmagani uning yutug'i.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

43. Uotkins birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Gol urganida Kloppdan yana bitta choyxona oshi bor edi u uchun ham.

42. "Siti" shok holatda, Koutino zarba berdi, biroz noaniq.

41. Uotkinsning zarbasiga himoyachilar to'siq qo'yishdi.

Endi Gvardiolaning sochi qayta o'sib chiqib, yana to'kilib tushsa kerak.

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Kesh qanotdan oshirilgan to'pni bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.

35. Makginn "Voy oyog'im" deb yotibdi maydonda. Ammo hozir yotadigan payt emas.

Zarbalar bo'yicha - 5:0.

33. Hujumlar faqat qora liboslilarga tarafga uyushtirilmoqda.

31. Jezusning zarbasi o'xshamadi, xavfli vaziyat yuzaga kelgandi mehmonlarning xatosi natijasida.

29. Gvardiola Silvaga shunchalik tez gapiryaptiki, portugal angrayib qoldi.

28. Jezusning zarba aralash kuchli uzatmasini Olsen amallab ushlab oldi.

24. Fodenning zarbasi raqibiga tegib, darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

"Liverpul" hisobni tenglashtiribdi. Mane gol urdi.

20. "Siti"da navbatdagi hujum, Jezus to'pga etolmadi.

17. Mahrezning uzatmasini De Bryuyne golga aylantira olmadi.

14. Olsen to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.

12. "Villa" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

11. Koutino to'pga etolmadi, aks holda hisob bu tarafdan ochilishi mumkin edi.

10. Olsen xato qilishiga sal qoldi, hayajonlanish kerak emas, o'ylab o'tirish ham. Hisob o'zgarmadi.

9. Sterlingga uzatma, Olsen chaqqonroq harakat qilib, to'pni egallab oldi.

7. Kanselu va sheriklari bir-birini tushunmadi. "Siti"da bunaqa bo'lishi kerak emas Gvardiolaning hisob-kitobi bo'yicha.

5. Kanseluning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. "Siti" to'pni qizg'anayapti raqibidan.

"Liverpul" gol o'tkazib yuboribdi.

3. Fernandino to'pga kalla qo'ydi, zarba aaaancha noaniq.

2. Dastlabki daqiqalardanoq "Siti" to'pni nazorat qilmoqda. Fodenga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

Mezbonlar ko'k, mehmonlar qora libosda o'ynaydi.

1. "Siti" o'yinni boshladi.

Nafaqat maydon, balki stadion tashqarisi ham chempionlikka tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bugun ma'na bu shapangquloqning egasi aniqlanadi.

Jamolar maydonga chiqib kelishmoqda.

Assalomu alaykum, qadrli futbol shinavandalari! Angliya chempionatining mumkingi turidan o'rin olgan markaziy o'yinlaridan biriga birlikda kuzatib borishingiz mumkin. Bugun juda ko'p narsa, jumadan chempionlik o'yinini mana shu uchrashuvga bog'liq. "City" navbatdagi chempionligini ko'rsatadimi yohud Yerrard o'zining ko'p yilligi qadrdon, jamoasiga titulni tuhfa qila ularmikan, buni 90, balki 100 daqiqa ichida bilib olamiz.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика