So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  1 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  3 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  1 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  8 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  8 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

APL. "Manchester Siti" "Arsenal"ni mag'lub etib, londonliklarning chempionlik imkoniyatini keskin pasaytirdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" "Arsenal"ni mag'lub etib, londonliklarning chempionlik imkoniyatini keskin pasaytirdi

Angliya Premer-ligasining 33-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" - "Arsenal" uchrashuvi yakunlandi.

Manchester Siti – Arsenal 4:1

Gol: 1:0 – 7 de Bryuyne, 2:0 – 45 Stounz, 3:0 – 54 de Bryuyne, 3:1 – 86 Xolding, 4:1 – 90 Xoland.

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Ruben Diash, Akandji, Gyundogan (Marez, 72), de Bryuyne (Alvares, 80), Rodri, Grilish (Foden, 87), Bernardu Silva, Xoland.

Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Xolding, Gabriel, Zinchenko, Djaka (Jorjino, 60), Parti, Edegor (Smit-Rou, 71), Saka (Nelson, 80), Martinelli (Trossard, 60), Gabriel Jezus (Nketia, 80).

Ogohlantirishlar: Ruben Diash (45), Grilish (75), Parti (76), Rodri (88).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bugungi uchrashuvdan so'ng turnir jadvali shunday ko'rinish oldi.

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. GOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Sochlari talabalikdagi qiz kursdoshlarimning barchasinikidan uzun bo'lgan Holand "Real Madrid" muxlislariga salom yo'lladi!


90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. GOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! "Arsenal" osmonida quyosh lip etdi. Holding uyquga ketmagan sodiq muxlislari hurmati uchun gol tuhfa etdi.


83. Nketianing zarbasiga aniqlik etishmadi.

80. Sakaning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan sakrab ketdi.

75. "Razbor" boshlandi. Hakam o'yinchilarni tinchlantirish maqsadida cho'ntagida zerikib o'tirgan kartochkasini yordamga chaqirdi.

71. Uchrashuv tempi kechki ob-havo singari haroratga kelmoqda.

Bugungi o'yinda Jezus...

64. Uch raqibi qarshisida qolgan Rodri ularni uyaltiradigan holatga solib qo'ydi.

60. "Arsenal" yangi kuchlarni maydonga tashladi. Ko'ramiz, ular jamoani kuchaytirarmikan yoki kuchan...

54. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! De Bryuyne Holandning pasidan keyin gol urish bo'yicha mahorat darsi o'tib berdi.


53. Uolker qanotda sobiq jamoadoshi Zinchenkoning o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi. Keyingi hujumda esa Remsdeyl yakkama-yakka vaziyatda jamoasini navbatdagi goldan qutqarib qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Tanaffusda "Arsenal" futbolchilari maktabdan ikki baho olganimdagi eshitganlarimdan badtarrog'ini qulog'iga quyib olishgan bo'lsa, ajabmas.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+5. Janjal shaydolari kutgan lahza boshlandi, oqibatda Ruben Diash ogohlantirildi.

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Stounz De Bryuynening jarimadan uzatmasiga bosh bilan zarba yo'llab, ko'pgina "Arsenal" ishqibozlarining ertaroq hordiq chiqarishi hamda ishga kechikmasligini taminlaydigan bo'ldi.


45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

Zarbalar: 7-2, aniq zarbalar: 5-0

41. Remsdeyllllll! Holandning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini mehmonlar posboni oyoqlari orasidan o'tishiga yo'l qo'ymadi.

36. Endi esa Holand ham De Bryuyne bo'lolmasligi ayon bo'ldi.

35. Parti zarba berishda De Bryuyne bo'lolmasligi ayon bo'ldi. Ikkisining ham tepgan nuqtasi va uslubi o'xshash edi.

Bizning murabbiylar nega Gvardioladek bo'la olmaydi. CHunki ko'p o'ylayverib, tashqi ko'rinishdan ham o'xshash bo'lib qolishini istamaydi. Siz o'ylayotgan kishi esa faoliyatini Gvardioladan avvalroq boshlagan.

28. Hazillashmanglar-ey. De Bryuyne uchinchi marotaba juda qulay imkoniyatga ega bo'lmoqda. "Arsenal" tayanch zonasi qayoqqa qarab angrayib turibdi.

26. De Bryuyne uchrashuv taqdirini hal qilib qo'yishiga bir bahya qoldi, Remsdeylning qo'l bilan bajaradigan harakatini Uayt oyog'i bilan amalga oshirdi.

22. Bernarduning zarbasini Remsdeyl egallab oldi.

21. Parti maydon markazida Rodrining kir yuvish mashinasiga ish hozirlab qo'ydi.

19. "Siti" o'z yarim mobaynida "sobachka" o'yinini ijro etishmoqda.

15. Mezbonlar pressing natijasida raqibni to'p yo'qotishga majbur qildi.

9. Katta tezlikda borayotgan Zinchenkoni "Siti" himoyachilari to'xtatishga qiynalayotgandi, biroq maydon chetida turgan yon hakam birgina bayroqchasi bilan uni "stop" qilishga erishdi.

7. GOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! De Bryuyne hisobni ochdi! Belgiyalik yarim himoyachi markazdan yurish qildi va raqib posbonining yaqin burchagini aniq nishonga oldi.


2. Mezbonlar dastlabki daqiqadan xavfli hujum amalga oshirdi, qanotdan oshirilgan to'pdan so'ng Remsdeyl to'pni qo'lidan chiqarib yubordi, qaytgan to'pga esa De Bryuyne zarba bera olmadi va qo'pollik ishlatdi.

1. Hakam yo'l-patrul xizmati xodimlari ko'p bora qo'llaydigan harkatlardan birini amalga oshirdi va uchrashuv boshlandi. Bugun "Siti" ko'k-oq, "Arsenal" qizil-oq rangli libosda harakat qiladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Uchrashuvga shaylaning.


Mana bu ishqibozlar stadiondan turib matnli translyaciyani kuzatib bormoqchi.

To'rt kun qoldi...

Bugungi uchrashuvni Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. To'g'ri, bugun u diqqat markazida turmasligi mumkin. Uning aybi O'zbekistonda tug'ilmaganida. Agarda Superliganing markaziy uchrashuvi ushbu hakamga topshirilganda, ertasiga nomi ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan bo'lardi ehtimol.


Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari va muxlisalari! Bugun Angliyadagi dahshatli to'qnashuv guvohiga aylanamiz. Buning uchun ortiqcha yumushlarni yig'ishtirib, ekran qarshisiga yaxshilab o'rnashib oling. So'nggi yillarda oynayi jahonda namoyish etiladigan futbolga etibor judayam oshdi. Mana, masalan, o'tgan yili APLni televizor orqali ko'rgan bo'lsak, endilikda internet orqali tomosha qilyapmiz. Uzr, uzr, televizordagi roliklarga ko'zim tushaverib, undagi bazi jumlalarni beixtiyor o'zlashtirib olibman. APL yakunlanishiga oz vaqt qoldi. "Arsenal" uchun bugun chempionlik yo'lidagi eng jiddiy va eng og'ir kurash bo'lib o'tadi. Qolaversa, Mikel Artetani ham jiddiy imtihon kutib turibdi. Agarda bugun uning jamoasi g'alaba qozonsa, tom manoda murabbiy qahramonga aylanadi. Agar aksi bo'lsa, "to'pchilar" ustozi ertadan ko'chada naushnik bilan yurishiga to'g'ri keladi.

Men ham sizlarni zeriktirmaslik va o'yin muhiti bilan tanishtirib borish maqsadida uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rdim va yarim soat avval zo'rg'a ko'zimni ochdim. O'ylaymanki, siz bu ishni bellashuv yakuniga qadar takrorlamaysiz. Uchrashuv atrofida dahshatli atmosfera hukm surmoqda. Energiyaga boy muxlislar tomoshabinlar hushtaklar bilan o'yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Yana bir bor uzr, dahshatli atmosfera markazini topdim. SHerigim ko'zlarini yumib, o'zini Manchester shahrida his qilgancha, xurrak otayotgan ekan. Nma bo'lgan taqdirda ham "Ettihad Arena"da shunday muhit bo'lishini sezib turibman.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика