APL. Manchester derbisi va boshqa 29-tur o'yinlari uchun prevyu
07 mar 2020 10:30
Yangiliklar


APL. Manchester derbisi va boshqa 29-tur o'yinlari uchun prevyu
Ushbu turda Manchester derbisi, “CHelsi” – “Everton” va boshqa qiziqarli bahslar guvohi bo'lamiz.
07.03 17:30 (Toshkent vaqti) “Liverpul” - “Bornmut”
"Liverpul" oxirgi 4 ta o'yindan 3 tasida mag'lub bo'ldi. Ular shuningdek, mag'lubiyatli bahslarda gol ura olmagan.
"Bornmut"ning holati chatoq. Ular hozir 18-o'rinda. O'zaro kechgan so'nggi 5 uchrashuvda "Liverpul"ga gol ura olishmagan.
Tarkiblar bo'yicha
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson hamon harohatini davolash bilan band.
Trent Aleksander-Arnold, Muhammad Salah va Roberto Firmino shanba kuni asosiy tarkibda o'ynaydi.
Xendersonga o'rinosar sifatida Aleks Oksleyd-CHemberlen yashil maydonga tushirilishi mumkin.
Xarri Uilson ("Liverpul"dan ijaraga kelgan) ijara shartlari tufayli "Liverpul"ga qarshi to'p tepmasligi mumkin. Uning o'rniga Rayan Freyzer o'ynasa kerak.
O'yinga oid faktlar:
- "Liverpul" oxirgi 21 o'yinida g'alaba qozongan (Premer-liga).
- "Liverpul" so'nggi 21 uchrashuvdan 20 tasida kamida 2 ta gol urgan.
- "Liverpul" barcha musobaqalarda "Bornmut"ga qarshi so'nggi 5 uchrashuvda kamida 3 ta gol urgan.
- "Liverpul" barcha turnirlarda "Bornmut"ga qarshi oxirgi 5 to'qnashuvida o'z darvozasini "quruq" saqlagan.
- "Bornmut" safardagi 9 uchrashuvidan 8 tasida yutqazgan (Premer-liga).
- "Bornmut" oxirgi 7 mehmon o'yinidan 5 tasida raqib darvozasiga to'p kirita olmagan (Premer-liga).
- "Bornmut" so'nggi 3 o'yinda kamida 2 ta gol o'tkazib yuborgan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Liverpul" (4-3-3): Alisson, Arnold, Gomes, Van Deyk, Robertson, CHemberlen, Fabino, Veynaldum, Mane, Firmino, Salah
"Bornmut" (4-3-3): Ramzdeyl, Smit, Kuk, Ake, Steysi, Billing, Lerma, Kuk, Freyzer, K. Uilson, King
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Klayn, Xenderson, SHakiri ("Liverpul), Deniels, Mefam, Bruks (“Bornmut”)
So'roq ostida: Keyta ("Liverpul"), Kelli, Kuk, Gruneveld ("Bornmut")
Liverpool Mohamed Salah - 25', Sadio Mane - 33' Premier League . 29-tur 07/03/2020, 17:30
AFC Bournemouth Callum Wilson - 9' Stadion: Anfield, 53323 tomoshabin Bosh hakam: Paul Tierney
07.03 20:00 “Arsenal” - “Vest Xem”
"Arsenal" APLda 2015 yildan buyon "Vest Xem"ga uy o'yinida engilmagan. Agar ular kuchli to'rtlikka harakat qilayotgan bo'lsa, bugun mag'lub bo'lmasliklari kerak.
"Vest Xem" o'tgan dam olish kunida "Sautgempton"ni 3:1 hisobida yutgandi. "Arsenal"ga qarshi bahs ular uchun yaxshigina jangga aylanadi.
Tarkiblar bo'yicha
Lukas Torreyra "Portsmut" bilan o'yinda jiddiy jarohat oldi va u bugun maydonda ko'rinish bermaydi.
Mikel Arteta Angliya Kubogida ko'plab asosiy o'yinchilariga dam bergandi. Bu gal unday bo'lmasa kerak.
Eddi Nketia "Arsenal" uchun bir nechta gollar urdi va Artetani o'ylantirib qo'yishga majbur qila oldi.
Devid Moyes "Sautgaemton"ni mag'lub etgan tarkibdan foydalanish ehtimoli yuqori. Bu degani Felipe Anderson va Robert Snodgrass zaxirada qoladi.
Yanvarla klubga kelgan Jarrod Bouen ham bahsga tayyor.
Jek Uilshir deysizmi? U jarohati tufayli maydonga tushmaydi.
O'yinga oid faktlar:
- "Arsenal" barcha musobaqalarda "Vest Xem" bilan so'nggi 10 o'yindan 9 tasida g'alabaga erishgan.
- "Vest Xem" APLda oxirgi 5 mehmon o'yinida yutqazgan.
- "Vest Xem" 3 safar o'yinida kamida 2 ta gol o'tkazib yuborgan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
“Arsenal” (4-2-3-1): Leno, Belerin, Mustafi, Luiz, Saka, Sebalos, Jaka, Pepe, Ozil, Obameyang, Nketia
"Vest Xem” (4-2-3-1): Fabyanskiy, Ngakia, Dop, Ogbonna, Kressuell, Rays, Nobl, Bouen, Fornals, Antonio, Alle
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: CHembers, Tirni, Sedrik, Torreyra ("Arsenal"), Frederiks, Uilshir, Souchek, Yarmolenko ("Vest Xem")
So'roq ostida: Mustafi ("Arsenal"), Silva ("Vest Xem")
Arsenal Alexandre Lacazette - 78' Premier League . 29-tur 07/03/2020, 20:00
West Ham United Stadion: Emirates Stadium, 60335 tomoshabin Bosh hakam: Martin Atkinson
07.03 22:30 “Byornli” - “Tottenxem”
"Byornli" Premer-ligada oxirgi 6 uchrashuvda mag'lub bo'lmadi (4 g'alaba, 2 durang). Ular "Lester" va "Manchester Yunayted"ni yutishga hamda "Arsenal" bilan durang o'ynashga erishdi.
"Tottenxem"ning ahvoli tang holatga kelib qoldi, ular Angliya Kubogidan chiqib ketdi, ketma-ket APL o'yinlarida yutqazdi.
Tarkiblar bo'yicha
Hujumda Kris Vud va Jey Rodriges asosiyda o'ynashlari mumkin.
Eshli Barns ham safga qaytdi, ammo oldindagi bahsga hali tayyor bo'lmasa kerak.
Mettyu Louton safga qaytishga yaqin, o'yindagi ishtiroki esa nomalum.
Joze Mourinyuning aytishicha, darvozaga Ugo Loris turishi mumkin.
Stiven Bergveyn, Lukas Moura va Erik Lamela asosiy tarkibda o'ynashlari ehtimoli yuqori.
O'yinga oid faktlar:
- "Tottenxem" ishtirokidagi so'nggi 3 o'yinida o'rtacha 2 ta gol urilgan.
- Tottenxem" barcha turnirlarda oxirgi 11 o'yindan 10 tasida yutqazmagan.
- "Byornli" so'nggi 6 uchrashuvda mag'lub bo'lmagan (Premer-liga).
- "Tottenxem" oxirgi 3 o'yindan 2 tasida (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Byornli" (4-4-2): Poup, Bardsli, Tarkovski, Mi, Teylor, Xendrik, Uestvud, Kork, Maknil, Rodriges, Vud
"Tottenxem" (4-3-3): Loris, Ore, Alderveyreld, Sanches, Devis, Alli, Uinks, Lo CHelso, Lamela, Bergveyn, Moura
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Louton, Gibson, Gudmundsson, Barns (“Byornli”), Foyt, Sissoko, Son, Keyn ("Tottenxem")
So'roq ostida: Loris, Sessenon ("Tottenxem")
Burnley Chris Wood - 13' Premier League . 29-tur 07/03/2020, 22:30
Tottenham Hotspur Dele Alli - 50' Stadion: Turf Moor, 20496 tomoshabin Bosh hakam: Jonathan Moss
08.03 19:00 “CHelsi” - “Everton”
"CHelsi" Angliya Kubogida "Liverpul"ni mag'lub etib, 29-turga ishonchli tarzda etib keldi.
"Everton" o'tgan turda MYU bilan 1:1 hisobida durangga imzo chekkandi.
"Irislar" dahshatli statistika sohibi. CHunki, ular mehmonda "kuchli 6 lik"ni 38 o'yindan beri enga olmagan.
Tarkiblar bo'yicha
"CHelsi" seshanba kuni "Liverpul"ni Ankliya Kubogidan chiqarib yuborgan o'yida Villian va Kovachich jarohatlanishdi.
Jorjino diskvalifikaciyaga uchragan, N’Golo Kante jarohatda. "CHelsi" yarim himoyasi tang ahvolda qolmoqda.
Ross Barkli va Meyson Maunt asosiyda to'p tepishadi.
Pedro va Olive Jiru asosiy tarkibdagi o'rinlarini saqlab qolishsa kerak.
Kepa "Everton"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda bo'ladimi? Bu hammamiz uchun qiziq.
O'ng qanot himoyasiga SHeymus Koulman joylashadimi yoki Sidibemi?
Lyuka Din jarohatda bo'lganligi sababli Leyton Beyns maydonga tushadi.
Hujumda Kalvert-Lyuin va Risharlison juftligi harakatlanadi.
O'yinga oid faktlar:
- "CHelsi" barcha musobaqalarda "Everton"ga qarshi o'z uyidagi so'nggi 26 bahsda yutqazmagan.
- "CHelsi" so'nggi 7 uy o'yinidan 5 tasida darvozani "quruq" saqlagan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"CHelsi" (4-3-3): Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Ryudiger, Alonso, Gilmur, Barkli, Maunt, Pedro, Villian, Jiru
"Everton” (4-4-2): Pikford, Sidibe, Mina, Xolgeyt, Beyns, Uolkott, Gomesh, Devis, Sigurdsson, Kalvert-Lyuin, Richarlison
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Kante, Van Ginkel, Pulishich, Xadson-Odoi, Abraxam ("CHelsi"), Gbamen, SHnederlen ("Everton")
So'roq ostida: Kristensen, Loftus-CHik, Kovachich, Villian ("CHelsi"), Din, Koulman ("Everton")
Chelsea Mason Mount - 14', Pedro Rodriguez - 21', Willian - 51', Olivier Giroud - 54' Premier League . 29-tur 08/03/2020, 19:00
Everton Stadion: Stamford Bridge, 40694 tomoshabin Bosh hakam: Kevin Friend
08.03 21:30 “Manchester Yunayted” - “Manchester Siti”
"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" Angliya Kubogi chorak finaliga chiqdi.
"Manchester Yunayted" barcha musobaqalarda oxirgi 9 o'yinda yutqazmaganini inobatga olsak, Manchester derbisi ancha qiziydigan ko'rinadi.
Tarkiblar bo'yicha
Pol Pogba va Markus Rashford Manchester derbisida aniq ishtirok etishmaydi.
Uan-Bissaka va Deniel Jeyms maydonga qaytishlari mumkin.
Odion Igalo "Derbi" darvozasiga 2 ta to'p kiritdi, lekin bu navbatdagi uchrashuvda u asosiy tarkibda bo'ladi degani emas.
Kevin De Bryoynening ishtiroki so'roq ostida turibdi.
Emerik Lyaport jarohati borligi bois uchrashuvda qatnashmaydi.
Derbida har ikki Silva (Bernardu Silva, David Silva) asosiy tarkibda qatnashishi mumkin.
O'yinga oid faktlar:
- "Manchester Siti" oxirgi 4 o'yinda o'rtacha 2 ta gol urgan (Premer-liga).
- MYU so'nggi 6 o'yinda o'rtacha 2 ta gol urgan.
- MYU oxirgi 12 uy o'yinidan 11 tasida yutqazmagan (Premer-liga).
Taxminiy tarkiblar
"Manchester Yunayted" (4-3-1-2): De Xea, Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, SHou, Matich, Fred, Maktominey, Fernandesh, Grinvud, Marsyal
"Manchester Siti” (4-3-3): Ederson, Uoker, Fernandino, Otamendi, Mendi, Rodri, D. Silva, B.Silva, Maxrez, Aguero, Sterling
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Fosu-Mensa, Pogba, Rashford ("Manchester Yunayted"), Lyaport, Sane ("Manchester Siti")
So'roq ostida: Uan-Bissaka, Maguayr, Jeyms ("Manchester Yunayted"), Kevin De Bryoyne ("Manchester Siti")
Manchester United Anthony Martial - 30', Scott McTominay - 90' Premier League . 29-tur 08/03/2020, 21:30
Manchester City Stadion: Old Trafford, 73288 tomoshabin Bosh hakam: Mike Dean
SHuningdek, bu turda quyidagi bahslar o'tkaziladi:
07.03 20:00 "Vulverxempton" - "Brayton"
07.03 20:00 "Kristal Pelas" - "Uotford"
07.03 20:00 “Sautgempton” - "Nyukasl"
07.03 20:00 "SHeffild Yunayted" - "Norvich"
10.03 01:00 "Lester" - "Aston Villa"
SHerzod Nurmatov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar