So’nggi yangiliklar

13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  4 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  8 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5

APL "Liverpul"ga klublar o'rtasidagi JCH belgisi bilan o'ynashga ruxsat bermaydi Yangiliklar

APL "Liverpul"ga klublar o'rtasidagi JCH belgisi bilan o'ynashga ruxsat bermaydi

O'tgan haftada "Liverpul" o'z tarixida birinchi marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'ldi.

Finalda Firminoning goli "Flamengo"ni mag'lub etdi. 

Endi Yurgen Klopp jamoasi futbolchilari maxsus belgi (klublar o'rtasidagi JCH g'olibi logosi) bor formada o'ynashlari mumkin. Bu keyingi finalgacha amal qiladi.


Ammo Premer-liga "Liverpul"ga chempionat o'yinlarida ushbu belgidan foydalanishga ruxsat bermadi. Qoida bo'yicha, mavsum davomida faqat bitta holatda forma dizaynida o'zgarish bo'lishi mumkin - bu xayriyaga bog'liq voqea bo'lsa. "Liverpul" ligadan qoidalarni qayta ko'rib chiqishni so'radi. Klub rahbariyatga murojaat qilib, bu ingliz jamoasining klublar o'rtasida JCHdagi so'nggi 10 yillikdagi dastlabki g'alabasi ekanini aytib, Premer-liga bundan g'ururlanishi kerakligini malum qildi.


2008 yilda Premer-liga "Manchester Yunayted"ga ham belgi yopishtirishga ruxsat bermagan. O'shanda ingliz klubi klublar o'rtasidagi JCHda "Kito"ni 1:0 hisobida taslim etgan edi.


"Liverpul" xatto Angliya Kubogi bahslarida ham bu belgidan foydalanishi qiyin bo'ladi. Buning uchun Futbol Associaciyasi maxsus rasmiy ruxsat berishi kerak. Klub 5 yanvar kuni "Everton"ga qarshi JCH belgisi bilan maydonga chiqish uchun associaciyaga murojaat qildi.


"Liverpul" muxlislari hozircha belgini faqat Instagramda ko'rishlari mumkin.

Ushbu logo bilan CHempionlar ligasida o'ynashga ruxsat berilgan. UEFA bunga qarshi emas.


Bungacha "Bavariya" Bundesligada, "Inter" A Seriyada maxsus belgi bilan o'ynagan. SHunga o'xshash logo terma jamoalar o'rtasidagi jahon chempionlari formasida bor. Birinchi marta ushbu belgi 2007 yilda taqdim etilgan va Italiya terma jamoasi formasiga tikilgan edi. Hozir bu logo Franciyada.


"Liverpul" uchun bu muhim g'alaba Mersisaydliklar Kloppgacha uch marta (Bob Peysli, Jo Fegane va Rafa Benites qo'l ostida) klublar o'rtasidagi JCH finalida mag'lub bo'lgan (avvallari bu turnir Qitalararo kubok deb nomlanardi). Jorjino Veynaldum bu logo bilan o'ynashni istayotganini ochiqchasiga aytdi. "Turnir haqida oilam va do'stlarim bilan suhbatlashsam, ularning barchasi belgi haqida gapirishadi. Ular futbolkaga qarashganda ushbu logoni ko'rishni xohlashmoqda. Bu belgi klublar o'rtasidagi JCHda g'alaba qozonganimizni bildiradi" - deydi gollandiyalik. Yurgen Klopp ushbu muvaffaqiyatni oyga qo'nish bilan tenglashtirdi.


Biroq hozir jamoaning muhimroq ishlari bor. Mavsumning eng qiyin qismi boshlanyapti. Oldinda "Lester", "Vulverxempton" (ikki marta), "SHeffild", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted"ga qarshi bahslar bor.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика