So’nggi yangiliklar

00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  0 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  1 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  2 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5

APL. Firmino 90-daqiqada gol urib, markaziy uchrashuvda "Liverpul"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

APL. Firmino 90-daqiqada gol urib, markaziy uchrashuvda "Liverpul"ga g'alaba keltirdi

Angliya chempionati 13-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


"Liverpul" – "Tottenxem" 2:1 

«Enfild»

Gollar: Saloh 27', Firmino 90' - Son 33'

Liverpul – Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, Uilyams, Fabino, Veynaldum, Jons, Saloh, Xenderson, Mane, Firmino.

Tottenxem – Loris, Ore, Devis, Alderveyreld, Dayer, Lo CHelso (Moura, 58), Sissoko, Bergveyn (Regilon, 76), Xeyberg, Son Xyon Min (Alli, 87), Keyn.

Ogohlantirishlar: Lo CHelso (48), Xeyberg (54). 


Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+2. "Tottenxem" keskin hujumlarni uyushtirmoqda. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Firmino bosh bilan "Liverpul"ning ikkinchi golini urdi – 2:1! 

89. "Liverpul" hujumga shoshilyapti, Ore Maneni qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi. 

87. "Tottenxem"da o'zgarish: Alli Sonni almashtirdi. 

86. Dele Alli maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda. 

85. Xarri Keyin Veynaldum bilan to'qnashib ketdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

82. "Liverpul" durangga rozi emasligi yaqqol bilinmoqda. "Super uchlik" oldinda turli kombinaciyalarni tashkil etishyapti.

79. Uuuuxx!  Keynning aylantirma zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.  

76. "Tottenxem"da almashtirish: Bergveyn o'rniga Regilon o'yinni davom ettiradi. 

75.  To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 77% - 23%

73. Zarbaaaa!  Manening o'ta kuchli zarbasi darvoza to'sinigua tegib, maydonni tark etdi. 

71. Lukas Moura Robertsonni aldab o'tdi, ammo himoyachi braziliyalikni "podkat" bilan yiqitdi, jarima.

69. Ehhe, Salohning o'ng oyoqda bergan zarbasi juda-juda kuchsiz chiqdi. 

68. Maydonda yotgan Serj Orega tibbiy yordam ko'rsatildi. 

67. Zarbaaa!  Firminoning zarbasi rikoshet orqali biroz yo'nalishini o'zgartirdi, ammo Loris amalladi.  

65. Endi esa "Liverpul" hujumda, jamoalar tinmayapti. 

64. Uuuxx! Sonning burchakdan uzatgan pasidan so'ng Keyn bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq. 

63. Ana xolos!  Bergveyn birga-bir holatda darvoza ustunini nishonga oldi.  Bu vaziyatdan gol urmagani uchun Mour uni kechirmasa kerak. 

61. "Liverpul" qariyb 3 daqiqa to'pni o'zida saqlab turdi, Firmino, Mane kombinaciya tashkil qilishga urindi, ammo samarasiz. 

59. Mane hujumda Orega nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

58. "Tottenxem"da o'zgarish:  Lo CHelso o'rniga Moura tushirildi. 

57. Zarbaaa!  Salohning yaqin burchak tomon yo'naltirgan zarbasini Loris qaytardi, burchak to'pi. 

56. Son tezlikda himoyachilarni ortda qoldirib, birga-bir holatga chiqib borishga kirishdi, biroq Alisson o'z vaqtida darvozadan chiqib kelib, to'pni tepib yubordi.  

54. Xeyberg qoidani buzish evaziga Firminoni to'xtatib qoldi va sariq oldi. 

53. Arnoldning uzatmasini himoyachi rolidagi Keyn qaytardi. Qanday ulguryapti, bu yinit?! 

52. Zarbaaa!  Xarri Keynning chamasi 19 metrdan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

50. Uuuxx!  Alisson pas berishda xatoga yo'l qo'ydi, Keynning olisdan bergan zarbasini uning o'zi qaytarishga erishdi.

48. Robertsonga nisbatan qo'pol o'ynagan Lo CHelso ogohlantirildi.

47. Xavfli vaziyat!  Bergveyn Arnold bilan kurash olib borib, zarba yo'lladi, ammo noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob teng – 1:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Saloh Maneni to'p bilan taminladi, senegallik futbolchi esa Orening qarshiligiga duch keldi, shu bilan birga ofsayd ham qayd etildi.   

43. Mezbonlar to'pga egalik qilishmoqda, himoyachilarga yordamga kelgan  Xarri Keyn to'pni olib qo'ydi. Keyingi holatda Bergveyn Uilyamsga nisbatan qoidani buzdi.

41. Zarba!   Manening zarbasi u qadar kuchli emasdi, Loris qiyinchilikka duch kelmadi. 

40. Veynaldumning muvaffaqiyatsiz uzatmasidan so'ng Dayer to'pga ega chiqdi. U ham o'z o'rnida tushunarsiz pas ijro etdi.  

39. Jonsning uzatmasini Loris darvozadan chiqib kelib ilib oldi. 

36. Saloh hujumga o'tgan Sonni yiqitishga majbur bo'ldi, "Tottenxem" standartdan unumli foydalana bilmadi. 

35. Uuuuxx!  Firminoning kuchli zarbasini mehmonlar posboni qaytardi! 

34. Gol VARda tekshirildi va inobatga olindi. 

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!  Mehmonlar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi. Son Xyon Min hisobni tenglashtirdi – 1:1!  

30. Robertsonning uzatmasidan so'ng Saloh bosh bilan darvozani ishg'ol etishga urindi, biroq Devis undan balandroq sakrab, to'pni uzoqlashtirdi. 

29. Zarbaaa!  Kyortis Jons himoyachining xatosidan foydalanib, gol urmoqchi bo'ldi. Uning erlatib tepgan zarbasini Loris ushlab oldi. 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Muhammad Salohning zarbasidan keyin to'p rikoshet orqali darvozato'ridan joy oldi – 1:0!  

25. Arnoldning havolatib uzatgan pasi Dayer tomonidan bartaraf qilindi. 

22. Zarbaaa!  Salohning taxminan 13 metrdan yo'llagan zarbasi kutilganidek chiqmadi, Loris o'z o'rnida! 

20. "SHporlar" qarshi hujumga o'tib ketishdi. To'p "Tottenxem" to'purari Keynga etib keldi, Fabino darhol unga qarshilik ko'rsatdi. Burchak to'pi ishlandi, lekin u samara keltirmadi. 

18. Bergveyn "Liverpul" jarima maydoni yaqinida to'pni qabul qildi va shu zahoti qarshisida 3 nafar raqib paydo bo'ldi, ular niderlandiyalikni "jilovlashdi". 

15. "Liverpul" o'yinchilari omadsiz standartni amalga oshirishdi, uchinchi uzatmada Mane ofsaydda qolib ketdi. 

14. Robertson qanotda Oreni aldab o'tolmadi, "shporlar" qanot himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

13. "Qizillar" to'p nazoratini qo'lga olgan, biroq hujumchilar "yopib qo'yilgan".  Klopp tezkor harakat qilishni va bo'sh nuqtalarni izlashni buyurmoqda.

11. Uuuuuxx!  Roberston jarimadan to'pni havolatib ichkariga uzatdi, Firminoning bosh bilan yaqin burchakka yo'naltirgan zarbasini Loris ushlab olishga erishdi. 

9. "Enfild" muxlislar bilan yanada jozibali ko'rinadi-da!

7. Veynaldum Jonsni o'ng qanotdan oldinga boshladi, lekin Dayer ham o'sha erda paydo bo'lib, to'pni "aut"ga chiqarib yubordi. 

6. Lo CHelso o'z maydoni tomonda pas berishda xatoga yo'l qo'ydi, uning xatosini sherigi Erik Dayer to'g'rilashga ulgurdi.

4. "Liverpul" dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni o'z qo'liga oldi. Londonliklarda to'p uzoq saqlanmayapti, Yurgen Klopp shogirdlari kuchli bosim namoyish etishmoqda. 

2. Robertson o'yindagi birinchi burchak to'pini amalga oshirdi, Alderveyreld qaytardi, qaytgan to'p Xendersonga etib keldi, uning zarbasi esa noaniq chiqdi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi va madhiya tinglandi. 

O'yinoldi suratlar

Tarkiblar malum

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun APL 13-turida "Liverpul" o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qilmoqda. Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика