APL. "Liverpul" safarda irodali g'alabaga erishdi va yana peshqadam bo'lib oldi. Salah nihoyat gol urdi
06 apr 2019 02:36
Yangiliklar


APL. "Liverpul" safarda irodali g'alabaga erishdi va yana peshqadam bo'lib oldi. Salah nihoyat gol urdi
Uchrashuvda dastlab mezbonlar hujumchisi SHeyn Long hisobni ochdi. Ammo, chempionlik uchun jiddiy kurashayotgan Yurgen Klopp shogirdlari o'zlariga kela olishdi va qolgan daqiqalarda uchta gol urib irodali g'alabaga erishishdi. Etiborli tomoni, mersisaydliklar tarkibida ikkinchi golni anchadan beri gol ura olmay kelayotgan Muhammad Salah kiritdi. Bu misrlikning "Liverpul" tarkibidagi 50-goli bo'ldi.
Southampton Shane Long - 9' |
Premier League . 33-tur 06/04/2019, 01:00 3
:
1
Tugadi
|
Liverpool Naby Keita - 36', Mohamed Salah - 80', Jordan Henderson - 86' |
Stadion: St. Mary's Stadium, 31797 tomoshabin
Bosh hakam: Paul Tierney
SHu tariqa, Klopp shogirdlari 82 ochko bilan yana peshqadam bo'lib olishdi. Ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"da esa 80 ochko bor, ammo Gvardiola shogirdlarining zaxirasida bitta o'yin bor.
APL
33-tur, 05.04.2019
"Sent-Meris" stadioni
"Sautgempton" - "Liverpul" 1:3
Bosh hakam: Pol Tirney
Gollar: SH.Long 9 - N.Keyta 36, M.Salah 80, J.Xenderson 86
"Sautgempton": Gann, Valeri, Bednarek, Bertran, Vestergor (Ostin, 83), Uord-Prouz, Romeu (Armstrong, 83), Redmond, Xeyberg, Yoshida, Long (Sims, 62).
"Liverpul": Alisson, Matip, Robertson, van Deyk, Aleksander-Arnold (Xenderson, 59), Keyta (Lovren, 88), Fabino, Veynaldum (Milner, 59), Mane, Firmino, Salah.
Ogohlantirishlar: Bednarek (48), Bertran (75), Salah (81), Robertson (89), Xenderson (90), Mane (90).
Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL
O’xshash yangiliklar

Fikrlar