So’nggi yangiliklar

16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  0 15:38Роналду – энг яхши!  3 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  7 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  0 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  6 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  28 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  4 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  4 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  7

APL. "Lids" "Elland Roud"da "CHelsi"ga javobsiz 3ta gol urdi Yangiliklar

APL. "Lids" "Elland Roud"da "CHelsi"ga javobsiz 3ta gol urdi

Teglar :  CHelsi APL Lids
APL 3-tur doirasidagi "Lids" - "CHelsi" o'yini bo'lib o'tdi.

"Lids" — "CHelsi" 3:0

Gollar: Aaronson (33), Moreno (37), Xarrison (69)

"Lids": Mele, Kristensen, Lorente, Kox, Streyk, Jeyms, Roka, Adams, Xarrison, Aaronson, Rodrigo.

"CHelsi": Mendi, Tiago Silva, Kulibali, Jeyms, Kukurelya, Loftus-CHik, Jorjino, Maunt, Gallaxer, Xavertc, Sterling.


APL TURNIR JADVALI

Leeds United

Brenden Aaronson - 33', Rodrigo - 37', Jack Harrison - 69'

Premier League . 3-tur

21/08/2022, 19:00

0
:
3
Tugadi

Chelsea

Stadion: Elland Road, 36372 tomoshabin

Bosh hakam: Stuart Attwell

45'
90'
33'  Brenden Aaronson
37'  Rodrigo
37'  Jack Harrison
61'  Marc Roca (Adam Forshaw)
69'  Jack Harrison
69'  Rodrigo
70'  Daniel James (Luis Sinisterra)
83'  Jack Harrison (Sam Greenwood)
83'  Brenden Aaronson (Mateusz Klich)
83'  Rodrigo (Joe Gelhardt)
9'  Kalidou Koulibaly
36'  Raheem Sterling
64'  Conor Gallagher (Christian Pulisic)
64'  Jorginho (Hakim Ziyech)
77'  Mason Mount (Ben Chilwell)
84'  Kalidou Koulibaly
87'  Raheem Sterling (Cesar Azpilicueta)


O'YIN YAKUNLANDI.


88. Ha, Tomas Tuxel bugun "Elland Roud"da barchasini yutqazdi. "Lids" bugun raqibidan ko'ra vaziyatlardan yaxshiroq foydalandi.


84. Kulibali ikkinchi sariq kartochkani olgan holda, maydondan chetlatildi. U raqibning qarshi hujumini ochiqchasiga to'xtatib qoldi.

82. "CHelsi" hujumlarni davom ettirmoqda va ko'plab zarbalar bermoqda, ammo Tuxel jamoasiga samaradorlik etishmayapti.

69. Jek Xarrison katta ehtimol bilan o'yindagi g'olibni aniqlab berdi. Endi "CHelsi"ga bir ochko olish ham qiyin bo'ladi. 3:0 (!)

65. "CHelsi" o'yinchisi Jeymsning zarbasini Mele biroz qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

61. "Lids"da o'zgarish: Rokani Forshou almashtirdi.

57. Zarbalar bo'yicha statistikada deyarli tenglik. Mezbonlar 10ta, "CHelsi" esa 9ta zarba bergan.

50. "CHelsi"da qarshi hujumda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo Xavercning zarbasini himoya to'sib qoldi.

48. Kukurelyaning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi, ispan o'zi uchun noqulay oyoqda zarba bergan edi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS


45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

37. GOOOOOOOOOL!!! Ispaniyalik Rodrigo Moreno jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo'naltirdi.

36. Navbatdagi sariq kartochka Rahim Sterlingga ko'rsatildi. U o'z jarima maydonchasi yaqinida raqibini chalib yiqitdi.

33. GOOOOOOL! "Lids" hisobni ochmoqda! Aaronson Mendining qo'pol xatosidan so'ng gol urib ketdi. Senegallik darvozasi oldida raqibni aldamoqchi bo'ldi, ammo...

32. Rodrigo qarshi hujum davomida yana raqib darvozasini nishonga oldi. Ammo, bu safar Mendi to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

27. "CHelsi" o'yinda ustunlikka erishmoqda. Qulay vaziyatlar yuzaga kelganiga qaramay, hozircha o'yinda hisob ochilmadi.

22. Maunt! Angliyalik o'tkir burchakni nishonga oldi, ammo Mele ajoyib seyv ijro etdi.

20. Rodrigo jarima maydonchasi ichiga kirib, Mendi darvozasi tomon zarba berdi, biroz noaniq.

15. GOOOOOOL! Sterling ajoyib gol urmoqda, ammo angliyalikning ushbu ajoyib goli ofsayd sabab bekor qilindi.

9. O'yindagi ilk sariq kartochka Kalidu Kulibaliga ko'rsatildi. Senegallik raqib o'tib ketganidan so'ng, uning libosidan tortib qoldi.

5. "CHelsi" hujumlar qilishda davom etmoqda. Bu safar Loftuk-CHik o'z omadini sinab ko'rdi. Biroq to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

1. Ilk daqiqadanoq o'ta xavfli vaziyat! Sterling jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va zarba berdi, biroq zarbaga aniqlik etishmadi.

1. O'yin boshlandi!

O'YINNI JONLI EFIRDA KO'RISH VIDEO

— Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

— Tez orada APL 3-tur doirasida "Lids" va "CHelsi" o'rtasidagi o'yin start oladi. Ushbu o'yinni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика