So’nggi yangiliklar

14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  0 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  0 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  6 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  12

APL kuchlimi yoki klublar o'rtasidagi JCH? Kayl Uokerning bunga javobi Yangiliklar

APL kuchlimi yoki klublar o'rtasidagi JCH? Kayl Uokerning bunga javobi

Matbuot anjumanida Gvardiolaga himoyachi Kayl Uoker hamrohlik qildi.

- Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'oliblik sen uchun nimani anglatadi?

- "Manchester Siti" o'z tarixida birinchi bor ushbu musobaqada ishtirok etmoqda. Bu titul biz uchun ko'p narsa degani. Trebldan so'ng ushbu sovrin biz uchun yakunlovchi qism bo'lib xizmat qiladi. 

- "Man Siti" himoya chizig'i avvalgidek emas, degan fikrga qanday qaraysiz?

- Bilmadim, himoya chizig'imizda o'zgarishlar bo'ldi. Ertaga g'alaba qozonamiz deb o'ylayman.



- "Manchester Siti" ertaga g'alaba qozonadigan bo'lsa, bu faoliyatingdagi eng zo'r onlar bo'ladimi?

- Bunga amin emasman. Sababi, faoliyatim davomida juda ajoyib onlarni o'tkazganman. Trebl qayd etganimizda his qilgan tuyg'ularimni tasvirlab bera olmayman. Bu musobaqa, albatta, biz uchun muhim, ammo faoliyatimdagi eng zo'r on bo'lishiga amin emasman. Katta sovrin bo'lishi aniq. 


- Yarim final o'yinida juda stadionda ko'p insonlar "Man Siti"ga muxlislik qilishdi. SHu haqida fikring...

- Bu ajoyib bo'ldi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ajoyib his. Albatta, g'alaba qozonishda davom etsak, biz yanada ko'proq muxlis orttiramiz. Stadionga kelgan barchaga rahmat aytamiz. 



- APL va bu musobaqaning farqi haqida gapirsangiz?

- Angliya chempionati boshqacha musobaqa. "Luton"ga hurmat saqlagan holda aytamanki, masalan shu jamoa bilan o'yinda ham osonlikcha g'alaba qozonmaymiz. Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida esa har bir qitaning eng kuchli jamoalari harakat qilishmoqda. Har bir qitaning o'yin uslubini his qilib ko'rmoqdamiz.


Jalolxon Inog'omxo'jaev yozib oldi, Zoir Tursunboev surati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика