So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

Jangovar tarzda kechgan o'yinda "Liverpul" "Kristal Pelas"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Jangovar tarzda kechgan o'yinda "Liverpul" "Kristal Pelas"ni mag'lubiyatga uchratdi

Angliya Premer-ligasi 13-tur doirasidagi "Kristal Pelas" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

"Kristal Pelas" - "Liverpul" 1:2

Gollar: Zaa (82) - Mane (49), Firmino (85).

"Kristal Pelas": Guaita, Uord, Keyxill, van Anxolt, Tomkins, Taunsend, Makartur, Milivoevich, Kuyate, Zaa, Ayyu.

"Liverpul": Alisson, Robertson, van Deyk, Lovren, Aleksander-Arnold, Veynaldum, Fabino, Oksleyd-CHemberlen, Xenderson, Mane, Firmino.


Crystal Palace

Wilfried Zaha - 82'

Premier League . 13-tur

23/11/2019, 20:00

2
:
1
Tugadi

Liverpool

Sadio Mane - 49', Roberto Firmino - 85'

Stadion: Selhurst Park, 25486 tomoshabin

Bosh hakam: Kevin Friend

45'
90'
43'  James Tomkins
70'  Joel Ward (Martin Kelly)
72'  Cheikhou Kouyate (Jeffrey Schlupp)
76'  Jordan Ayew (Christian Benteke)
82'  Wilfried Zaha
82'  Andros Townsend
49'  Sadio Mane
49'  Andrew Robertson
54'  Fabinho
64'  Alex Oxlade-Chamberlain (Divock Origi)
79'  Jordan Henderson (James Milner)
85'  Roberto Firmino
89'  Roberto Firmino (Joseph Gomez)


O'YIN YAKUNLANDI.

90+2. Zaa juda ham qulay imkoniyatdan gol ura olmadi. Uning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasi darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi.

90+1. Bosh hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi.

89. "Liverpul" himoyaga ko'proq urg'u bermoqda. Jo Gomez Firminoning o'rniga maydonga tushdi.

85. GOOOOOOOOL!! Jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to'pga Van Deyk zarba berdi, qaytarilgan to'pni esa Firmino darvozaga aniq yo'lladi.

82. GOOOOOOOOOOL!!! Jarima maydonchasi ichida ajoyib o'ynagan Zaa to'pni Alisson darvozasiga joylab qo'ydi.

78. Uxxxxxxx!! Bentekening ilk zarbasidanoq hisob tenglashishi mumkin edi. Deyarli qaychi uslubida zarba bergan Kristianga ozgina aniqlik etishmadi.

76. O'yinni qutqarish uchun maydonga Kristian Benteke tushdi. U Ayyuni almashtirdi.

72. Yana bir o'zgarish: SHlupp Kuyateni almashtirdi.

71. "Kristal Pelas"da o'zgarish. Jarohatlangan Uord o'rniga Kelli tushirildi.

69. To'pga egalik qilish bo'yicha yaqqol ustunlik mehmonlarda: 35%-65%

64. "Liverpul"da o'zgarish: Oksleyd-CHemberlen o'rniga Origi tushdi.

59. "Liverpul"ning goldan so'ng o'ziga bo'lgan ishonchi ortgandek ko'rinmoqda. "Kristal Pelas" ham vaqti-vaqti bilan hujumlar tashkil etishga urinmoqda.

54. Fabino raqib ortidan qo'pollik ishlatdi. Hakam esa uni sariq kartochka bilan "siyladi".

49. GOOOOOOOOOOOOOOL!!!! Mane hisobni ochdi. "Kristal Pelas" futbolchilarining jarima maydonchasi ichidagi xatosidan so'ng to'p Manega kelib tushdi. Uning yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tekkan holda darvozaga kirib ketdi.

46. Hakam ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtakni chaldi.

TANAFFUS

46. Bosh hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi.

45. Yo'q. VARdan so'ng Ayyu jarima maydonchasi ichida raqibni itargangani malum bo'lmoqda.

43. GOOOOOOOOOOOL!!! Burchakdan uzatilgan to'pni Tomkins boshi bilan darvozaga yo'lladi. Alisson esa bu vaziyatda to'pga ulgurmadi.

41. Ortda qolgan daqiqalarda to'liq ustunlik "Kristal Pelas"da bo'ldi. To'pga ko'proq egalik qilgan "Liverpul" esa deyarli hech narsa qila olmayapti.

34. Darvozaga zarba berish bo'yicha ustunlik "Kristal Pelas" tarafida: 5-1

29. Ustunlik "Kristal Pelas"da. Mezbonlar "Liverpul" darvozasi tomon hujumlar uyushtirishda davom etishyapti.

24. Mezbonlardan navbatdagi xavfli hujum. Gari Keyxillning boshi bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi.

22. Yaqqol xavfli vaziyatlar sodir bo'lmayapti. "Liverpul" to'pni ko'proq nazorat qilayotgan bo'lsa, mezbonlar qarshi hujumlarda xavfliroq ko'rinmoqda.

17. Uxxxxxxxx!! "Kristal Pelas" hisobni ochishga yaqin keldi. Kuyatening jarima maydonchasi ichiga tashlab bergan to'piga Ayyu zarba berdi, ammo noaniq.

12. Hozircha "Kristal Pelas" darvoza tomon zarba bermadi. Mehmonlarning bitta zarbasi ham noaniq ketdi.

7. "Liverpul" himoyachisi Aleksandr-Arnold to'pni orqaroqqa, yani Alissonga etkazib berdi. Ammo, uning zarbasi kuchli chiqdi va braziliyalik posbon to'pni maydonda olib qola olmadi.

4. Hozircha ustunlik "Liverpul" tarafida. Mersisaydliklar o'yinda 1-raqam bo'lib harakatlanishlarini ko'rsatmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Assalom aleykum "Championat.asia" o'quvchilari. Tez orada boshlanadigan APL doirasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan "Kristal Pelas" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика