APL klublari transfer oynasi kunlari uchun ovoz berishadi
24 mar 23:05
Yangiliklar


APL klublari transfer oynasi kunlari uchun ovoz berishadi
The Telegraph xabariga ko'ra, payshanba kuni liga yig'ilishida 14 avgustni transferlar uchun so'nggi muddat sifatida belgilash masalasi ovozga qo'yilishi rejalashtirilgan. Chempionat 16 avgustda boshlanadi.
O'zgarishlar qabul qilinishi uchun 14 ta klubning roziligi talab qilinadi. Agar klub egalari va direktorlar ishtirokidagi oldinroq o'tkaziladigan muzokaralarda bu g'oya katta qiziqish uyg'otmasa ovoz berish umuman bo'lmasligi ham mumkin.
Takidlanishicha, boshqa Evropa ligalarini ham mavsum boshlanishidan oldin transfer oynasini yopishga ko'ndirishda muammolar mavjud. Shuningdek, so'nggi yillarda yulduzlarga ulkan xarajatlar qilayotgan Saudiya Arabistoni klublari bilan bog'liq masala hal etilmay qolmoqda. Agar boshqa chempionatlarda vaziyat o'zgarmasa, APL dedlaynni o'zgartirgandan so'ng noqulay ahvolga tushib qolishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar