APL klubi skauti: "Xolandni 70 ming evroga xarid qilishimiz mumkin edi"
16 may 2022 12:31
Yangiliklar
APL klubi skauti: "Xolandni 70 ming evroga xarid qilishimiz mumkin edi"
Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland ancha oldinroq Angliya Premer-ligasiga o'tishi mumkin edi.
Bu haqda "Everton" skauti Brayan King aytib o'tdi.
"Biz 15 yoshida uni kuzatgandik. "Everton" Erling bilan 70 ming evro evaziga shartnoma imzolashi mumkin edi. Ammo, yoshi sabab biz ulg'ayganidan so'ng o'zining samaradorligini yo'qotadi deb o'yladik. Bu esa sodir bo'lmadi. Aksincha, Xoland tezroq va kuchliroq bo'ldi", - deydi "ko'klar" skauti.
Xoland yozda "Manchester Siti"ga o'tadi. "SHaharliklar" skandinaviyalik uchun "Borussiya" (Dortmund)ga 75 mln evro to'lashadi.
Fikrlar