APL klubi koronavirus sabab "Liverpul"ga qarshi yoshlar tarkibi bilan o'ynashi mumkin
08 jan 2021 08:36
Yangiliklar


APL klubi koronavirus sabab "Liverpul"ga qarshi yoshlar tarkibi bilan o'ynashi mumkin
"Aston Villa"ning asosiy tarkib futbolchilari va bosh murabbiy Din Smit Angliya Kubogi 3-bosqich doirasida "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan o'yinda ishtirok eta olishmaydi.
Sabab, klubning ko'plab futbolchi va xodimlarida koronavirus aniqlangan.
The Daily Telegraph jurnalisti Jon Pirsining malum qilishicha, agar vaziyat yanada yomonlashadigan bo'lsa birmingemliklar ushbu o'yinga yoshlardan iborat U-23 tarkibini tushirishlari mumkin. Ushbu o'yinda "Aston Villa"ni U-23 jamoasi ustozi Mark Dileyni maydonga olib tushishi ehtimoli mavjud.
O’xshash yangiliklar
18:06
Deku va Flik hozirda Reshford transferini ko'rib chiqmayapti. "Barsa" Diasga etibor qaratmoqda 2

Fikrlar