APL klubi Emeriga taklif bilan chiqdi
09 dek 2019 18:17
Yangiliklar


APL klubi Emeriga taklif bilan chiqdi
"Everton" jamoa bosh murabbiyligiga Unai Emerini taklif qildi.
Mersisaydliklar Londonda ispaniyalik mutaxassis bilan uchrashuv o'tkazishdi.
Qayd etish kerakki, Emeri yangi jamoasida ish boshlashga hali tayyor emas. Ispaniyalik mutaxassis "Arsenal"dan istefoga chiqarilgandan so'ng bir oz dam olmoqchi, ammo ko'p emas.
Eslatib o'tamiz, "Everton" "Liverpul" (2:5)ga qarshi o'yindan so'ng Marku Silvani istefoga chiqargan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar